Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқаришнинг иқтисодий самарадорлигини ошириш


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#204333
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
mustaqillik yillarida ozbekiston aholisi turmush sharoitlarini yaxshilanishi

м

Об

Об

Об

Хм

Ях

Эх



;

 



Bunda: E

x

 – ekin turlarining hosildorligi, ts/ga; 



O

– bir gektardan olingan oziqa birligi, ts/ga; 



Ya

– yalpi olingan hosil, tonna yoki tsen; 




 

10 


∑O

b

 – jami olingan oziqa birligi, tonna yoki tsen; 



X

m

, Ob



m

 – hosil, oziqa birligi olingan maydon, ga. 

Bir  gektar  ekin  maydoniga,  olingan  bir  tsentner  hosil  uchun  sarflangan  ishlab  chiqarish 

xarajatlari  (mehnat,  mablag’),  ularning  jami  sarflangan  mehnat  va  mablag’  xarajatlarini  hosil 

olingan  maydon  yoki  jami  hosil  miqdoriga  taqsimlash  natijasida  aniqlash  mumkin.  Buning 

uchun ushbu formuladan foydalanish lozim: 



Хм

Мх

ёки

Хм

ИЧх

Хга



;



 

Bunda: X


ga

 – 1 gektarga sarflangan ishlab chiqarish, mehnat xarajatlari, so’m/ga, k

k

/ga; 


∑Ich

– ekin turlari bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlari, mln. so’m; 



∑M

x

 – ekin turlari bo’yicha sarflangan mehnat sarfi, ming kishi-kuni. 



Ekinlarning  turlari  bo’yicha  ishlab  chiqarish  tannarxi  jami  ishlab  chiqarish  xarajatlar 

summasining  olingan  mahsulot  miqdoriga  nisbati  bilan,  ya’ni  quyidagi  formula  yordamida 

aniqlash mumkin: 

Ях

ИЧх

Мтн



 

Bunda:  M

tn

  –  mahsulot  turini  yetishtirish  tannarxi,  so’m/tsen.  Bu  ko’rsatkich 



yetishtirilgan  har  bir  mahsulotning  bir  tsentneri  necha  so’mga  tushganligini  ko’rsatadi.  Ular 

mahsulotlarni  sotish  baholari  bilan  taqqoslanishi  natijasida  har  bir  tsentner  mahsulotni 

yetishtirish evaziga erishilgan natijalarni hisoblash, ya’ni shu mahsulotni yetishtirishdan xo’jalik 

foyda  oldimi  yoki  zarar  qilganligini  aniqlash  imkoniyatini  yaratadi.  Natijada  har  bir  mahsulot 

turining rentabellilik darajasi aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 

100




ИЧх



СФ

Р

 

Bunda: R – har bir mahsulot turining, dehqonchilikning rentabellik darajasi, foizda; 



S

f

 – olingan foyda. 



Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  samaradorligi  nafaqat 

yuqori unumli mashina va uskunalar miqdori, ilg’or texnologiya, ishlab chiqarishning kompleks 

mexanizatsiyalashganligi  va  ilmiy-texnika  taraqqiyotining  boshqa  omillari  bilan,  balki  ko’p 

jihatdan  ishlab  chiqarishning  ijtimoiy  iqtisodiy  sharoitlari  bilan  ham  belgilanadi.  Kadrlarning 

sifati  ularning  malakasini  oshirish,  moddiy  rag’batlantirish  tizimini  takomillashtirish,  mehnatni 

me’yorlash,  ilg’or  texnikadan  foydalanishni  yo’lga  quyish  va  boshqa  omillar  inson  omilini 

faollashtirish,  ishlab  chiqarish  jarayonining  ijtimoiy  yo’naltirilgan  darajasini  oshirish  orqali 

qishloq  xo’jaligi  tarmoqlari  samaradorligini  yuksaltirish  imkoniyatlaridan  to’liqroq  foydalanish 

mumkin. 

Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  samaradorligi  ko’p  jihatdan  iqtisodiy-

ishlab  chiqarish  salohiyatidan  samarali  foydalanish  bilan  bog’liq  bo’lib,  ushbu  salohiyatlar 

natural-buyum va qiymat ko’rinishdagi tarkibigi ega. 

Ishlab chiqarish salohiyatining natural-buyum tarkibi uning alohida unsurlari o’rtasidagi 

nisbati sifatida tavsiflanadi va nisbiy, natural va shartli-natural ko’rsatkichlarda ifodalanadi. 

Natural-buyum  tarkibidan  farqli  o’laroq,  ishlab  chiqarish  salohiyatining  qiymat  tarkibi 

birmuncha  yuqori  murakkablik  darajasi  bilan  tavsiflanadi  va  ishlab  chiqarish  resurslarining 

natural-qiymat tarkibini aks ettiradi. 

Korxonalar ishlab chiqarish salohiyatining tarkibiy unsurlari majmuini o’simlikchilik va 

chorvachilik tarmoqlari misolida ko’rib chiqish mumkin. 

Ta’kidlash  lozimki,  korxona  ishlab  chiqarish  salohiyati  unsurlari  majmuini  ishlab 

chiqarishning  tabiiy-iqlim  va  xo’jalik  omillariga  ko’ra  tasniflash  mumkin.  Boshqarilish 

darajasiga  ko’ra  salohiyatlar  unsirlari  majmui  boshqarilmaydigan  (tabiiy  iqlim  sharoitlari), 

qisman boshqariladigan (tuproq, o’simlik va hayvon organizmlari) va boshqariladigan omillarga 

bo’linishi mumkin.  




 

11 


Ishlab  chiqarish  salohiyatidan  foydalanish  samaradorligi  alohida  faoliyat  turlari 

bo’yicha va nisbiy ko’rsatkichlarda, tarmoq bo’yicha natural va shartli-natural ifodada (jismoniy 

massada, ozuqa birligi va boshqalar) va umuman qishloq xo’jaligi bo’yicha qiymat ko’rinishida 

va natural birliklarda xarakterlanadi. 

Ishlab  chiqarish  salohiyatidan  foydalanish  imkoniyatlarini  absolyut  va  nisbiy 

ko’rsatkichlarda  mahsulot  ishlab  chiqarish  salohiyati  va  haqiqiy  hajmi  o’rtasidagi  tafovut 

sifatida, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishda mumkin bo’lgan mehnat va moddiy resurslarni 

iqtisod qilish miqdorlari orqali ifodalanadi. 

Hozirgi  davrda  qishloq  xo’jalik  ekinlarini  joylashtirishda  tabiiy-iqtisodiy  sharoit,  davlat 

siyosati  hamda  bozor  talabi  e’tiborga  olinmoqda.  Agrar-iqtisodiy  islohotlar  amalga  oshirila 

borishi natijasida paxta yetishtirishda nodavlat sektorining ulushi ortmoqda.  

Aksariyat  paxta  ekinlari  hosildorligining  pasayishiga  ekin  maydonlari  unumdorligi 

pasayganligi  sabab  bo’lmoqda.  Hozirgi  davrda  respublika  miqyosida  jami  sug’oriladigan 

yerlarning  50  foiziga  yaqini  u  yoki  bu  darajada  sho’rlangan.  Bunday  holat  shu  yerlarning 

meliorativ holati yomonlashishi oqibatida yuz bermoqda. 

So’nggi  yillarda  kimyoviy  vositalar  baholarining  keskin  oshganligi  sababli  ularni  talab 

etilgan miqdorda sotib olish va ekin maydonlariga zarur darajada solish imkoni bo’lmayapti. Bu 

ekinlarning  hosildorligiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatmoqda.  Respublika  viloyatlarida  ekinlarning 

serhosil,  samarali  navlarini  to’g’ri  joylashtirishga  erishilmaganligi  ham  hosildorlik  oshishi 

yo’lidagi to’siqlardan biridir. 

Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  usullariga  tannarx,  narx, 

foyda,  rentabellik,  xo’jalik  hisobi,  moddiy  rag’batlantirish  fondi  kiradi.  Iqtisodiy  usullarining 

asosiy  vazifasi  ishlab  chiqarishda  har  bir  mahsulot  birligiga  sarflanadigan  xarajatlar  miqdorini 

kamaytirishga  imkon  beruvchi  xo’jalik  mexanizmlarining  yangi  usullarini  vujudga  keltirish  va 

undan samarali foydalanishdir. Xo’jalik faoliyati negizini uchta asosiy masala: ishlab chiqarishni 

boshqarish,  rejalashtirish  va  rag’batlantirish  tashkil  etadi.  Ular  xo’jalik  mexanizmida  umumiy 

qilib  birlashtirilganda,  davlat  iqtisodini  tutib  turadi.  Xo’jalik  mexanizmi  o’z  ichiga 

boshqaruvning asosi bo’lgan rejalashtirishni, xo’jalikni boshqarishda amaliyotda qo’llaniladigan 

iqtisodiy  tizimlarni,  xo’jalik  tashkilotlarining  tashkiliy  tizimini,  ularning  ish  usullarini,  mehnat 

jamoalarining ishlab chiqarishni boshqarishda qatnashishini o’z ichiga oladi. 

Masalan, ish haqi fondlarini oldindan rejalashtirish o’rniga ish haqi normalarini qo’llash 

jamoaning  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirishidan  manfaatdor  qiladi,  imtiyozli  shartlar 

asosida  qarz  berish  bilan  xalq  iste’moli  mollarini  ishlab  chiqarishning  yangi  quvvatlarini 

yaratishga qiziqtiradi.  

Mazkur  usullardan  ishlab  chiqarishda  foydalanish  har  bir  xodim  va  jamoaning  moddiy 

manfaatlarini  qondirish  darajasi  ularning  umumiy  pirovard  natijalarga  erishishga  qo’shgan 

hissasi bilan belgilanishini ta’minlaydi. 

Korxona  ishchi-xodimlarining  yuksak  pirovard  natijalarga  erishganligi  uchun  moddiy 

rag’batlantirish  mehnat  jamoasining  xo’jalik  hisobi  daromadidan  hosil  qilingan  iqtisodiy 

rag’batlantirish  jamg’armasi  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Iqtisodiy  rag’batlantirish 

jamg’armasiga moddiy rag’batlantirish, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, fan va texnikani 

rivojlantirish jamg’armalari kiradi. 

Xodimlar,  mehnat  jamoalari  qanchalik  unumli  mehnat  qilsalar,  ularning  xo’jalik  hisobi 

daromadi  shunchalik  ko’p  bo’ladi.  Bu  xodimlarning  ijtimoiy  va  moddiy  talablarini  qondirishga 

keng yo’l ochib beradi. Iqtisodiy qonunlarni chuqur bilish va ulardan samarali foydalanish bozor 

munosabatlarining  afzalliklarini  ro’yobga  chiqarish,  mamlakat  iqtisodiy-ijtimoiy  taraqqiyotini 

jadallashtirishning zarur shartidir. 

Ishlab  chiqarishda  yangi  xo’jalik  mexanizmidan  samarali  foydalanish  mehnat  jamoalari 

va  xar  bir  xodimdan  fan-texnika  taraqqiyotini  jadallashtirish,  ishlab  chiqarish  samaradorligini 

oshirish va xo’jalik mexanizmini takomillashtirish usullarini qidirib topishni talab etadi. 

Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishning  asosiy 

yo’nalishlari - fan va texnika taraqqiyoti erishgan barcha yutuqlardan foydalanish; yangi texnika 




 

12 


va texnologiyalarni joriy etish; mehnat unumdorligini o’stirish sur’atlarini tezlashtirish; mahsulot 

sifatini yaxshilash; yer va uning xosildorligidan yaxshi foydalanish, qishloq xo’jalik korxonasida 

ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish manbaidir. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligining  taxlili  uning  ko’rsatkichlarini  tanlashning  hamda  ularni 

hisoblash tartibining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatmokda. 

“Ishlab chiqarish samaradorligi”ni ishlab chiqarishning u yoki bu usuli amal qilayotgan 

ijtimoiy  munosabatlar  tizimni  hamda  tarmoq  ishlab  chiqarishini  butunligicha  asoslash  uchun 

keng va tor ma’noda qarab chiqish mumkin. Bunday holatda u nafaqat moddiy ishlab chiqarish 

sohasi  natijalarini,  ya’ni,  ijtimoiy  mehnat  hamda  ishlab  chiqarishda band  bo’lgan  xodimlarning 

moddiy va ma’naviy turmush darajasi oshirish va shunga o’xshash boshqa sohalarni ham qamrab 

oladi. 

Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  samaradorligining  asosiy  yo’nalishi  uni 

har tomonlama intensivlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iboratdir. 

 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling