Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқаришнинг иқтисодий самарадорлигини ошириш
II bob. Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning hozirgi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik yillarida ozbekiston aholisi turmush sharoitlarini yaxshilanishi
II bob. Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning hozirgi
holati va uning iqtisodiy tahlili 2.1. Namangan viloyatida qishloq xo’jalik mahslotlari ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qishloq xo’jaligi tarmoqlari shakllanishi va samarali faoliyat ko’rsatishi qator omillarga bog’liq. Avvalo, tabiiy omillar, ya’ni yer-suv resurslari, hayvonot va o’simliklar dunyosi talab etiladi. SHuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati katta. Jumladan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, aholi va mehnat resurslari, agrotexnik jarayonlar va bozor infratuzilmasi tarmoqlari yanada kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Bunga o’xshash shart-sharoitlar mamlakatning turli mintaqalarida bir xil emas. Namangan viloyatining umumiy yer maydoni 7,44 ming kv.km. Viloyat chegaralarining muhim xususiyatlaridan biri ularning aksariyati tekislik-lar orqali o’tishidir. Hatto qo’shni respublikalar (Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari) o’rtasidagi chegaralar ham qulaydir. Ularni bog’lab turuvchi transport yo’llari ham tarixiy-iqtisodiy jihatdan yaxshi o’zlashtirilgan hududlar orqali o’tadi. Umuman olganda, viloyatning geografik o’rni uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qulayliklar yaratadi. Tabiiy omillar Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi tarmoqlari shakllanishi va faoliyati samaradorligi uchun ijobiy baholanadi. Viloyat hududining geologik tuzilishi ancha murakkab bo’lib, vertikal mintaqalilik (tekislik-tog’) yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Yer yuzasi shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Tekislik mintaqasida (Mingbuloq tumani) g’arbiy shamollarning sekundiga 15 metrdan ortiq harakatlanishi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga sezilarli darajada zarar yetkazadi. Bug’lanishning yuqori bo’lishi (120-150 mm) va qish oylarida ham (10 mm) davom etishi sho’rlanish va ikkilamchi sho’rlanishning oldini olishga qaratilgan meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirishni taqozo etadi.
Qishloq xo’jaligining ixtisoslashuvida yer va suv resurslari muhim o’rin tutadi. Pop tumanidan Uychi tumanining sharqiy hududlariga qadar uziq-uziq ko’tarilib turgan och tusli bo’z tuproqlar egallab yotadi. Viloyat hududining 60 foizida sug’orma dehqonchilik rivojlangan. Sug’orma dehqonchilikda intensiv rivojlangan adirlar mintaqasi – Pop, CHust, To’raqo’rg’on (shimoliy hududlarida), Kosonsoy tumanlari alohida o’rinda turadi. SHuningdek, XX asrning 70- yillari o’rtalaridan boshlab adirlarning intensiv o’zlashtirilishi oqibatida tuproqning yuqori unumdorlik qoplami yuvilib, shag’alli qismlari ochilib qolishdan tashqari, suv urib ketgan o’pirilmalar yuzaga kelmoqda. Sug’orish eroziyasiga qarshi tadbirlar majmuasini, ya’ni paxta va g’allani almashlab ekish asosida tuproq tarkibini yaxshilash, uning yuvilishga chidamlilik darajasini oshirish, turli polimerlardan foydalanish va sug’orish agrotexnikasini tubdan yaxshilash kabilarni amalga oshirishni taqozo etadi. Namangan viloyati aynan shu jihatlari bilan ham qo’shni Farg’ona va Andijon viloyatlaridan farq qiladi. Mintaqa hududini tashkil etgan daryo va soylar muhim xo’jalik ahamiyatiga molikdir. Bu yerda 20 ga yaqin daryo va mavsumiy soylar bor. Mavjud suv resurslari qadimdan sug’orma dexqonchilikni rivojlantirish va aholi joylashuvining asosi bo’lib xizmat qilgan. 1920-1930 yillarda Norin, G’ovasoy, Podshootasoy, Yangiariq, Kosonsoy, CHortoqsoy hamda bir necha sun’iy sug’orish tizimlaridan foydalanish orqali minglab gektar yerlarni o’zlashtirish va suv ta’minotini yaxshilashga erishildi. SHuningdek, 1942 yilda Kosonsoy va CHust tumanlari hududidan 40 km.dan iborat CHust kanalini o’tkazilishi viloyatning adir mintaqasida 4,4 ming gektarga yaqin yerlarni o’zlashtirishga sabab bo’ldi. Bundan tashqari, Xodikent kanalini kengaytirilishi va uzaytirilishi ham ushbu hududda qo’shimcha yerlarning o’zlashtirish imkonini berdi.
Viloyatda 1966-1970 yillarda irrigatsiya qurilishlari va artezian quduqlar barpo etilishi natijasida 16,7 ming gektarga yaqin yerlar o’zlashti-rildi va 6,0 ming gektar adir yerlarning suv 17
ta’minoti yaxshilandi. Katta Namangan kanalining barpo etilishi ham qishloq xo’jaligida 20,0 ming gektar yerni kengaytirishga sabab bo’ldi 1 .
hududida 38 km.ni tashkil etib, suv o’tkazish qobiliyati 3000 kubometrga va Qoradaryo uzunligi 20 km., suv o’tkazish qobiliyati 8000 kubometrga teng. Bu daryolar qo’shilib, O’rta Osiyoning asosiy suv havzalari-dan biri Sirdaryoni (viloyat hududida uzunligi 96 km., suv o’tkazish qobiliyati 4000 kubometr) hosil qiladi. Tyan-SHanь tog’ tizimiga kiruvchi tog’lardan ko’plab daryo va soylar viloyatning adir, adirorti tekisliklari va tog’ oldi hududlarini intensiv o’zlashtirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ularning aksariyati Sirdaryoga deyarli yetib bormaydi va tamomila sug’orishga sarflanadi. Umuman, Namangan viloyati umumiy yer maydoni jihatidan Farg’ona vodiysi viloyatlari orasida yetakchi o’rinda turadi va mamlakatning boshqa viloyatlariga nisbatan suv bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo’lishi-ga qaramay, mintaqaning shimoliy hududlaridagi daryo va soylar Andijon, Farg’ona viloyatlariga qaraganda kamsuvligi bilan ajralib turadi. SHuningdek, Toshkent va Jizzax viloyatlari kabi tabiiy resurslar salohiya-tining nisbatan kattaligi hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarki-bida dehqonchilik mahsulotlari o’rtacha 56,0 foizni tashkil etishi bilan ma’lum bir afzalliklarga ega. Ayni vaqtda Namangan viloyati agroiqlimiy xususiyatlar natijasida shakllangan qishloq xo’jaligi mintaqasi hisoblanib, mavjud tabiiy hamda ichki omillar paxta sanoat majmuasi, bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik va shu bilan bir qatorda chorvachilikning rivojlanishiga ijo-biy ta’sir etadi. 1960 yillardan boshlab Namangan shahri atrofida va tog’oldi hududi-da ixtisoslashgan xo’jaliklar (qishloq xo’jaligini xalqasimon joylash-tirish – «Tyunen xalqalari» 1 ) yuzaga keldi. 1970 yilning o’rtalaridan boshlab CHortoq, Yangiqo’rg’on, Kosonsoy tumanlarining tog’oldi hududlarida «oziq-ovqat» mintaqasini barpo etish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar tufayli paxta xomashyosini «baland tog’ mintaqasida» yetishti-rishga ham barham berildi. SHuningdek, sabzavot ekinlari deyarli barcha paxtachilik va bog’dorchilik-uzumchilik xo’jaliklarida, poliz mahsulotlari esa asosan tekislik mintaqasida – Mingbuloq, Pop tumanlarida yetishtiri-ladi. Kartoshkachilik tog’oldi CHust, Kosonsoy, Yangiqo’rg’on, CHortoq tuman-lari xo’jaliklarida yetishtiriladi. Bog’dorchilik qadimiy soha bo’lishiga qaramay, 1993 yildan boshlab bog’larning tarkibini o’zgartirish, danak mevali bog’larni kengaytirish sohasida jiddiy tadbirlar amalga oshirildi. Uzumchilik mahalliy xarak-terga ega bo’lib, uning xo’raki navlari asosan aholi xo’jaliklarida, vinobop navlari esa tekislik, adir va tog’oldi hududlarida joylashgan qishloq xo’jaligi korxonalarida rivojlangan. Bugungi kunda qulay agroiqlimiy shart-sharoitlar ta’sirida mintaqa qishloq xo’jaligida o’ziga xos tarmoqlar va hududlar ishlab chiqarishi vujudga keldi. Mintaqada asosan sug’orma dehqonchilik rivojlangan bo’lib, paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik va polizchilik tarmoq-lari shakllangan. Ayni vaqtda, chorvachilik tarmog’ida qo’ychilik va echkichi-lik, qoramolchilik, parrandachilik rivojlangan bo’lib, bu tarmoqda dehqon xo’jaliklarining ulushi yuqoriligi bois ixtisoslashgan soha hisoblan-maydi.
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi ekin maydonlari tarkibi-ning o’zgarishi uning hosildorigiga ham jiddiy ta’sir qildi. Jumladan, paxta maydonlarining qisqarishi hisobiga paxta hosildorligi 1991 yilda 31,1 tsentnerni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilga kelib bu ko’rsatkich 26,1 tsentnerni yoki 16 foizga kamaydi. G’alla maydonlarining kengayishi qishloq xo’jaligidagi tarkibiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ldi. 1991 yilda g’alla hosildorligi 35,6 tsentnerni, 2009 yilda 50,8 tsentnerni yoki 142,7 foizga teng bo’ldi. Lekin, meva va uzum yetishtirishdagi hosildorlik sezilarli ravishda pasaydi (1-jadval).
1 Abdullaev O. Namangan viloyati (tabiati, aholisi, xo’jaligi).-Namangan: NamDU, 1995. – 24-23-b. 1 Mintaqaviy iqtisodiyot. O’quv qo’llanma/ A.S.Soliev, E.A.Ahmedov, R.Y.Mahamadaliev va b. – T.: Universitet, 2003. – 57-58-b. |
ma'muriyatiga murojaat qiling