Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқаришнинг иқтисодий самарадорлигини ошириш
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik yillarida ozbekiston aholisi turmush sharoitlarini yaxshilanishi
м
Об Об Об Хм Ях Эх ;
Bunda: E x – ekin turlarining hosildorligi, ts/ga; O b – bir gektardan olingan oziqa birligi, ts/ga; Ya x – yalpi olingan hosil, tonna yoki tsen; 10
∑O b – jami olingan oziqa birligi, tonna yoki tsen; X m , Ob m – hosil, oziqa birligi olingan maydon, ga. Bir gektar ekin maydoniga, olingan bir tsentner hosil uchun sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari (mehnat, mablag’), ularning jami sarflangan mehnat va mablag’ xarajatlarini hosil olingan maydon yoki jami hosil miqdoriga taqsimlash natijasida aniqlash mumkin. Buning uchun ushbu formuladan foydalanish lozim: Хм Мх ёки Хм ИЧх Хга ; Bunda: X
ga – 1 gektarga sarflangan ishlab chiqarish, mehnat xarajatlari, so’m/ga, k k /ga;
∑Ich x – ekin turlari bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlari, mln. so’m; ∑M x – ekin turlari bo’yicha sarflangan mehnat sarfi, ming kishi-kuni. Ekinlarning turlari bo’yicha ishlab chiqarish tannarxi jami ishlab chiqarish xarajatlar summasining olingan mahsulot miqdoriga nisbati bilan, ya’ni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Bunda: M tn – mahsulot turini yetishtirish tannarxi, so’m/tsen. Bu ko’rsatkich yetishtirilgan har bir mahsulotning bir tsentneri necha so’mga tushganligini ko’rsatadi. Ular mahsulotlarni sotish baholari bilan taqqoslanishi natijasida har bir tsentner mahsulotni yetishtirish evaziga erishilgan natijalarni hisoblash, ya’ni shu mahsulotni yetishtirishdan xo’jalik foyda oldimi yoki zarar qilganligini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Natijada har bir mahsulot turining rentabellilik darajasi aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 100
СФ Р
Bunda: R – har bir mahsulot turining, dehqonchilikning rentabellik darajasi, foizda; S f – olingan foyda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi nafaqat yuqori unumli mashina va uskunalar miqdori, ilg’or texnologiya, ishlab chiqarishning kompleks mexanizatsiyalashganligi va ilmiy-texnika taraqqiyotining boshqa omillari bilan, balki ko’p jihatdan ishlab chiqarishning ijtimoiy iqtisodiy sharoitlari bilan ham belgilanadi. Kadrlarning sifati ularning malakasini oshirish, moddiy rag’batlantirish tizimini takomillashtirish, mehnatni me’yorlash, ilg’or texnikadan foydalanishni yo’lga quyish va boshqa omillar inson omilini faollashtirish, ishlab chiqarish jarayonining ijtimoiy yo’naltirilgan darajasini oshirish orqali qishloq xo’jaligi tarmoqlari samaradorligini yuksaltirish imkoniyatlaridan to’liqroq foydalanish mumkin. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan iqtisodiy- ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish bilan bog’liq bo’lib, ushbu salohiyatlar natural-buyum va qiymat ko’rinishdagi tarkibigi ega. Ishlab chiqarish salohiyatining natural-buyum tarkibi uning alohida unsurlari o’rtasidagi nisbati sifatida tavsiflanadi va nisbiy, natural va shartli-natural ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Natural-buyum tarkibidan farqli o’laroq, ishlab chiqarish salohiyatining qiymat tarkibi birmuncha yuqori murakkablik darajasi bilan tavsiflanadi va ishlab chiqarish resurslarining natural-qiymat tarkibini aks ettiradi. Korxonalar ishlab chiqarish salohiyatining tarkibiy unsurlari majmuini o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari misolida ko’rib chiqish mumkin. Ta’kidlash lozimki, korxona ishlab chiqarish salohiyati unsurlari majmuini ishlab chiqarishning tabiiy-iqlim va xo’jalik omillariga ko’ra tasniflash mumkin. Boshqarilish darajasiga ko’ra salohiyatlar unsirlari majmui boshqarilmaydigan (tabiiy iqlim sharoitlari), qisman boshqariladigan (tuproq, o’simlik va hayvon organizmlari) va boshqariladigan omillarga bo’linishi mumkin. 11
Ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligi alohida faoliyat turlari bo’yicha va nisbiy ko’rsatkichlarda, tarmoq bo’yicha natural va shartli-natural ifodada (jismoniy massada, ozuqa birligi va boshqalar) va umuman qishloq xo’jaligi bo’yicha qiymat ko’rinishida va natural birliklarda xarakterlanadi. Ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini absolyut va nisbiy ko’rsatkichlarda mahsulot ishlab chiqarish salohiyati va haqiqiy hajmi o’rtasidagi tafovut sifatida, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishda mumkin bo’lgan mehnat va moddiy resurslarni iqtisod qilish miqdorlari orqali ifodalanadi. Hozirgi davrda qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishda tabiiy-iqtisodiy sharoit, davlat siyosati hamda bozor talabi e’tiborga olinmoqda. Agrar-iqtisodiy islohotlar amalga oshirila borishi natijasida paxta yetishtirishda nodavlat sektorining ulushi ortmoqda. Aksariyat paxta ekinlari hosildorligining pasayishiga ekin maydonlari unumdorligi pasayganligi sabab bo’lmoqda. Hozirgi davrda respublika miqyosida jami sug’oriladigan yerlarning 50 foiziga yaqini u yoki bu darajada sho’rlangan. Bunday holat shu yerlarning meliorativ holati yomonlashishi oqibatida yuz bermoqda. So’nggi yillarda kimyoviy vositalar baholarining keskin oshganligi sababli ularni talab etilgan miqdorda sotib olish va ekin maydonlariga zarur darajada solish imkoni bo’lmayapti. Bu ekinlarning hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Respublika viloyatlarida ekinlarning serhosil, samarali navlarini to’g’ri joylashtirishga erishilmaganligi ham hosildorlik oshishi yo’lidagi to’siqlardan biridir. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy usullariga tannarx, narx, foyda, rentabellik, xo’jalik hisobi, moddiy rag’batlantirish fondi kiradi. Iqtisodiy usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir. Xo’jalik faoliyati negizini uchta asosiy masala: ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish va rag’batlantirish tashkil etadi. Ular xo’jalik mexanizmida umumiy qilib birlashtirilganda, davlat iqtisodini tutib turadi. Xo’jalik mexanizmi o’z ichiga boshqaruvning asosi bo’lgan rejalashtirishni, xo’jalikni boshqarishda amaliyotda qo’llaniladigan iqtisodiy tizimlarni, xo’jalik tashkilotlarining tashkiliy tizimini, ularning ish usullarini, mehnat jamoalarining ishlab chiqarishni boshqarishda qatnashishini o’z ichiga oladi. Masalan, ish haqi fondlarini oldindan rejalashtirish o’rniga ish haqi normalarini qo’llash jamoaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishidan manfaatdor qiladi, imtiyozli shartlar asosida qarz berish bilan xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini yaratishga qiziqtiradi. Mazkur usullardan ishlab chiqarishda foydalanish har bir xodim va jamoaning moddiy manfaatlarini qondirish darajasi ularning umumiy pirovard natijalarga erishishga qo’shgan hissasi bilan belgilanishini ta’minlaydi. Korxona ishchi-xodimlarining yuksak pirovard natijalarga erishganligi uchun moddiy rag’batlantirish mehnat jamoasining xo’jalik hisobi daromadidan hosil qilingan iqtisodiy rag’batlantirish jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy rag’batlantirish jamg’armasiga moddiy rag’batlantirish, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish jamg’armalari kiradi. Xodimlar, mehnat jamoalari qanchalik unumli mehnat qilsalar, ularning xo’jalik hisobi daromadi shunchalik ko’p bo’ladi. Bu xodimlarning ijtimoiy va moddiy talablarini qondirishga keng yo’l ochib beradi. Iqtisodiy qonunlarni chuqur bilish va ulardan samarali foydalanish bozor munosabatlarining afzalliklarini ro’yobga chiqarish, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishning zarur shartidir. Ishlab chiqarishda yangi xo’jalik mexanizmidan samarali foydalanish mehnat jamoalari va xar bir xodimdan fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xo’jalik mexanizmini takomillashtirish usullarini qidirib topishni talab etadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari - fan va texnika taraqqiyoti erishgan barcha yutuqlardan foydalanish; yangi texnika 12
va texnologiyalarni joriy etish; mehnat unumdorligini o’stirish sur’atlarini tezlashtirish; mahsulot sifatini yaxshilash; yer va uning xosildorligidan yaxshi foydalanish, qishloq xo’jalik korxonasida ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish manbaidir. Ishlab chiqarish samaradorligining taxlili uning ko’rsatkichlarini tanlashning hamda ularni hisoblash tartibining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatmokda. “Ishlab chiqarish samaradorligi”ni ishlab chiqarishning u yoki bu usuli amal qilayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimni hamda tarmoq ishlab chiqarishini butunligicha asoslash uchun keng va tor ma’noda qarab chiqish mumkin. Bunday holatda u nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohasi natijalarini, ya’ni, ijtimoiy mehnat hamda ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning moddiy va ma’naviy turmush darajasi oshirish va shunga o’xshash boshqa sohalarni ham qamrab oladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligining asosiy yo’nalishi uni har tomonlama intensivlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling