Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқаришнинг иқтисодий самарадорлигини ошириш


II bob. Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning hozirgi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#204333
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
mustaqillik yillarida ozbekiston aholisi turmush sharoitlarini yaxshilanishi

II bob. Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning hozirgi 

holati va uning iqtisodiy tahlili 

 

2.1. Namangan viloyatida qishloq xo’jalik mahslotlari ishlab chiqarishning o’ziga xos 

xususiyatlari 

 

Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  qishloq  xo’jaligi  tarmoqlari  shakllanishi  va 

samarali  faoliyat  ko’rsatishi  qator  omillarga  bog’liq.  Avvalo,  tabiiy  omillar,  ya’ni  yer-suv 

resurslari,  hayvonot  va  o’simliklar  dunyosi  talab  etiladi.  SHuningdek,  ijtimoiy-iqtisodiy 

sharoitlarning  ahamiyati  katta.  Jumladan,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishi,  aholi  va  mehnat 

resurslari,  agrotexnik  jarayonlar  va  bozor  infratuzilmasi  tarmoqlari  yanada  kuchliroq  ta’sir 

ko’rsatadi. Bunga o’xshash shart-sharoitlar mamlakatning turli mintaqalarida bir xil emas.  

Namangan viloyatining umumiy  yer maydoni 7,44 ming kv.km. Viloyat  chegaralarining 

muhim  xususiyatlaridan  biri  ularning  aksariyati  tekislik-lar  orqali  o’tishidir.  Hatto  qo’shni 

respublikalar  (Qirg’iziston  va  Tojikiston  Respublikalari)  o’rtasidagi  chegaralar  ham  qulaydir. 

Ularni  bog’lab  turuvchi  transport  yo’llari  ham  tarixiy-iqtisodiy  jihatdan  yaxshi  o’zlashtirilgan 

hududlar  orqali  o’tadi.  Umuman  olganda,  viloyatning  geografik  o’rni  uning  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishiga qulayliklar yaratadi. 

Tabiiy omillar Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi tarmoqlari shakllanishi va faoliyati 

samaradorligi  uchun  ijobiy  baholanadi.  Viloyat  hududining  geologik  tuzilishi  ancha  murakkab 

bo’lib, vertikal mintaqalilik (tekislik-tog’) yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Yer yuzasi shimoldan 

janubga  va  g’arbdan  sharqqa  tomon  pasayib  boradi.  Tekislik  mintaqasida  (Mingbuloq  tumani) 

g’arbiy  shamollarning  sekundiga  15  metrdan  ortiq  harakatlanishi  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari 

ishlab  chiqarishga  sezilarli  darajada  zarar  yetkazadi.  Bug’lanishning  yuqori  bo’lishi  (120-150 

mm)  va  qish  oylarida  ham  (10  mm)  davom  etishi  sho’rlanish  va  ikkilamchi  sho’rlanishning 

oldini olishga qaratilgan meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirishni taqozo etadi. 

 

Qishloq  xo’jaligining  ixtisoslashuvida  yer  va  suv  resurslari  muhim  o’rin  tutadi.  Pop 



tumanidan Uychi tumanining sharqiy hududlariga qadar uziq-uziq ko’tarilib turgan och tusli bo’z 

tuproqlar  egallab  yotadi.  Viloyat  hududining  60  foizida  sug’orma  dehqonchilik  rivojlangan. 

Sug’orma  dehqonchilikda  intensiv  rivojlangan  adirlar  mintaqasi  –  Pop,  CHust,  To’raqo’rg’on 

(shimoliy hududlarida), Kosonsoy tumanlari alohida o’rinda turadi. SHuningdek, XX asrning 70-

yillari  o’rtalaridan  boshlab  adirlarning  intensiv  o’zlashtirilishi  oqibatida  tuproqning  yuqori 

unumdorlik  qoplami  yuvilib,  shag’alli  qismlari  ochilib  qolishdan  tashqari,  suv  urib  ketgan 

o’pirilmalar yuzaga kelmoqda. Sug’orish eroziyasiga qarshi tadbirlar majmuasini, ya’ni paxta va 

g’allani  almashlab  ekish  asosida  tuproq  tarkibini  yaxshilash,  uning  yuvilishga  chidamlilik 

darajasini  oshirish,  turli  polimerlardan  foydalanish  va  sug’orish  agrotexnikasini  tubdan 

yaxshilash kabilarni amalga oshirishni taqozo etadi. Namangan viloyati aynan shu jihatlari bilan 

ham qo’shni Farg’ona va Andijon viloyatlaridan farq qiladi.  

Mintaqa hududini tashkil etgan daryo va soylar muhim xo’jalik ahamiyatiga molikdir. Bu 

yerda  20  ga  yaqin  daryo  va  mavsumiy  soylar  bor.  Mavjud  suv  resurslari  qadimdan  sug’orma 

dexqonchilikni  rivojlantirish  va  aholi  joylashuvining  asosi  bo’lib  xizmat  qilgan.  1920-1930 

yillarda  Norin,  G’ovasoy,  Podshootasoy,  Yangiariq,  Kosonsoy,  CHortoqsoy  hamda  bir  necha 

sun’iy  sug’orish  tizimlaridan  foydalanish  orqali  minglab  gektar  yerlarni  o’zlashtirish  va  suv 

ta’minotini  yaxshilashga  erishildi.  SHuningdek,  1942  yilda  Kosonsoy  va  CHust  tumanlari 

hududidan  40  km.dan  iborat  CHust  kanalini  o’tkazilishi  viloyatning  adir  mintaqasida  4,4  ming 

gektarga  yaqin  yerlarni  o’zlashtirishga  sabab  bo’ldi.  Bundan  tashqari,  Xodikent  kanalini 

kengaytirilishi va uzaytirilishi ham ushbu hududda qo’shimcha yerlarning o’zlashtirish imkonini 

berdi. 

 

Viloyatda  1966-1970  yillarda  irrigatsiya  qurilishlari  va  artezian  quduqlar  barpo  etilishi 



natijasida 16,7 ming gektarga yaqin yerlar o’zlashti-rildi va 6,0 ming gektar adir yerlarning suv 


 

17 


ta’minoti  yaxshilandi.  Katta  Namangan  kanalining  barpo  etilishi  ham  qishloq  xo’jaligida  20,0 

ming gektar yerni kengaytirishga sabab bo’ldi

1



Namangan  viloyatidan  2  ta  daryo  oqib  o’tadi.  Norin  daryosining  uzun-ligi  viloyat 



hududida 38 km.ni tashkil etib, suv o’tkazish qobiliyati 3000 kubometrga va Qoradaryo uzunligi 

20 km., suv o’tkazish qobiliyati 8000 kubometrga teng. Bu daryolar qo’shilib, O’rta Osiyoning 

asosiy  suv  havzalari-dan  biri  Sirdaryoni  (viloyat  hududida  uzunligi  96  km.,  suv  o’tkazish 

qobiliyati  4000  kubometr)  hosil  qiladi.  Tyan-SHanь  tog’  tizimiga    kiruvchi  tog’lardan  ko’plab 

daryo  va  soylar  viloyatning  adir,  adirorti  tekisliklari  va  tog’  oldi  hududlarini  intensiv 

o’zlashtirishga  xizmat  qiladi.  Bugungi    kunda  ularning  aksariyati  Sirdaryoga  deyarli  yetib 

bormaydi va tamomila sug’orishga sarflanadi. 

Umuman, Namangan viloyati umumiy yer maydoni jihatidan Farg’ona vodiysi viloyatlari 

orasida  yetakchi  o’rinda  turadi  va  mamlakatning  boshqa  viloyatlariga  nisbatan  suv  bilan 

ta’minlanganlik darajasi yuqori bo’lishi-ga qaramay, mintaqaning shimoliy hududlaridagi daryo 

va  soylar  Andijon,  Farg’ona  viloyatlariga  qaraganda  kamsuvligi  bilan  ajralib  turadi. 

SHuningdek,  Toshkent  va  Jizzax  viloyatlari  kabi  tabiiy  resurslar  salohiya-tining  nisbatan 

kattaligi hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarki-bida dehqonchilik mahsulotlari o’rtacha 

56,0 foizni tashkil etishi bilan ma’lum bir afzalliklarga ega.  

Ayni  vaqtda  Namangan  viloyati  agroiqlimiy  xususiyatlar  natijasida  shakllangan  qishloq 

xo’jaligi  mintaqasi  hisoblanib,  mavjud  tabiiy  hamda  ichki  omillar  paxta  sanoat  majmuasi, 

bog’dorchilik,  uzumchilik,  sabzavot-polizchilik  va  shu  bilan  bir  qatorda  chorvachilikning 

rivojlanishiga ijo-biy ta’sir etadi.  

1960  yillardan  boshlab  Namangan  shahri  atrofida  va  tog’oldi  hududi-da  ixtisoslashgan 

xo’jaliklar  (qishloq  xo’jaligini  xalqasimon  joylash-tirish  –  «Tyunen  xalqalari»

1

)  yuzaga  keldi. 



1970  yilning  o’rtalaridan  boshlab  CHortoq,  Yangiqo’rg’on,  Kosonsoy  tumanlarining  tog’oldi 

hududlarida  «oziq-ovqat»  mintaqasini  barpo  etish  yuzasidan  amalga  oshirilgan  tadbirlar  tufayli 

paxta xomashyosini «baland tog’ mintaqasida» yetishti-rishga ham barham berildi. SHuningdek, 

sabzavot  ekinlari  deyarli  barcha  paxtachilik  va  bog’dorchilik-uzumchilik  xo’jaliklarida,  poliz 

mahsulotlari  esa  asosan  tekislik  mintaqasida  –  Mingbuloq,  Pop  tumanlarida  yetishtiri-ladi. 

Kartoshkachilik  tog’oldi  CHust,  Kosonsoy,  Yangiqo’rg’on,  CHortoq  tuman-lari  xo’jaliklarida 

yetishtiriladi. 

Bog’dorchilik  qadimiy  soha  bo’lishiga  qaramay,  1993  yildan  boshlab  bog’larning 

tarkibini  o’zgartirish,  danak  mevali  bog’larni  kengaytirish  sohasida  jiddiy  tadbirlar  amalga 

oshirildi.  Uzumchilik  mahalliy  xarak-terga  ega  bo’lib,  uning  xo’raki  navlari  asosan  aholi 

xo’jaliklarida,  vinobop  navlari  esa  tekislik,  adir  va  tog’oldi  hududlarida  joylashgan  qishloq 

xo’jaligi korxonalarida rivojlangan.  

Bugungi  kunda  qulay  agroiqlimiy  shart-sharoitlar  ta’sirida  mintaqa  qishloq  xo’jaligida 

o’ziga  xos  tarmoqlar  va  hududlar  ishlab  chiqarishi  vujudga  keldi.  Mintaqada  asosan  sug’orma 

dehqonchilik  rivojlangan  bo’lib,  paxtachilik,  donchilik,  sabzavotchilik,  bog’dorchilik  va 

polizchilik  tarmoq-lari  shakllangan.  Ayni  vaqtda,  chorvachilik  tarmog’ida  qo’ychilik  va 

echkichi-lik,  qoramolchilik,  parrandachilik  rivojlangan  bo’lib,  bu  tarmoqda  dehqon 

xo’jaliklarining ulushi yuqoriligi bois ixtisoslashgan soha hisoblan-maydi. 

 

Mustaqillik  yillarida  qishloq  xo’jaligi  ekin  maydonlari  tarkibi-ning  o’zgarishi  uning 



hosildorigiga  ham  jiddiy  ta’sir  qildi.  Jumladan,  paxta  maydonlarining  qisqarishi  hisobiga  paxta 

hosildorligi 1991 yilda 31,1 tsentnerni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilga kelib bu ko’rsatkich 26,1 

tsentnerni  yoki  16  foizga  kamaydi.  G’alla  maydonlarining  kengayishi  qishloq  xo’jaligidagi 

tarkibiy  o’zgarishlar  bilan  bog’liq  bo’ldi.  1991  yilda  g’alla  hosildorligi  35,6  tsentnerni,  2009 

yilda  50,8  tsentnerni  yoki  142,7  foizga  teng  bo’ldi.  Lekin,  meva  va  uzum  yetishtirishdagi 

hosildorlik sezilarli ravishda pasaydi (1-jadval). 

 

                                                 



1

 Abdullaev O. Namangan viloyati (tabiati, aholisi, xo’jaligi).-Namangan: NamDU, 1995. – 24-23-b. 

1

 Mintaqaviy iqtisodiyot. O’quv qo’llanma/ A.S.Soliev, E.A.Ahmedov, R.Y.Mahamadaliev va b. – T.: Universitet, 



2003. – 57-58-b.  


 

18 


 

 

 



 

1-jadval 




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling