Қишлоқ ҚЎжалигида инвестициялар


Download 22.13 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi22.13 Kb.
#100158
Bog'liq
2 Qishloq xo'jaligi


ҚИШЛОҚ ҚЎЖАЛИГИДА ИНВЕСТИЦИЯЛАР

  1. “Инвестиция” сўзинг синквейнини тузинг

  2. ”Инновация” сўзинг синквейнини тузинг

  3. ”Инфратузилма” сўзинг синквейнини тузинг

  4. “Рақамлаштириш” сўзинг синквейнини тузинг

  5. Қишлоқ хўжалиги инвестицияларнинг жалб қилиниши зарурияти

  6. Тўғридан-тўғри инвестицияларнинг моҳияти нимадан иборат?

  7. Портфель инвестициялар нима?

  8. Инвестицион муҳитга таъсир этувчи омиллар нималардан иборат?

  9. Инвестицион жозибардорлик нима?

  10. 2017-2019 йилларда вилоятингиз қишлоқ хўжалигига киритилган инвестициялар ҳақида маълумотлар аниқланг ва қуйидаги жадвалга жойлаштиринг.



тармоқлар

2017 йил

2018 йил

2019 йил

200... йилни 200... йилга нисбати %

Чорвачилик













Деҳқончилик













Боғдорчилик













Узумчилик













Бошқалар













Келтирилган маълумотлар асосида инвестиция салмоғи ўзгариш динамикасини аниқланг.



Javoblar:

1.”Investitsiya” so’zi sinkveyi:

1)Foyda


2)Daromadli,foydali

3)Sarmoya qilish,pul tikish,foyda olish

4)Daromadni oshirishni bir yo’li

5)Sarmoya



2)”Innovatsiya” so’zi sinkveyi:

1)Ixtiro


2)Samarali,foydali

3)Yangilik kiritish,samaradorlikni oshirish,foydani ko’paytirish

4)Ishlab chiqarishni oshirish yo’li

5)Yangilik


3)”Infratuzilma” so’zi sinkveyi:

1)Tuzilma

2)Innovatsion,informatsion

3)Tuzadi,vazifalarini bajaradi,hal qiladi

4)Zaruriy hayotiy ehtiyojlarni qondiradi

5)Kompleks (jamlanma)



4)”Raqamlashtirish” so’zi sinkveyi:

1)Kompyuterlashtirish

2)Tezkor,ishonchli

3)Ma’lumotlarni tezkor jo’natish,ishonchli jo’natish,harajatsiz jo’natish

4)Taraqqiyotning eng maqbul yo’li

5)Elektronlashtirish



5) Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag'lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo‘jaligi korxonalarining

moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini

mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, avtomatlashtirish

natijasida mehnat unumdorligi oshadi, xarajatlar esa tejaladi. Natijada

yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko‘payadi va sifati yaxshilanadi, olinadigan

foyda summasi oshadi. Bu investitsiyalami amalga oshirishning tub

maqsadidir.

Barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham

investitsiyalaming ahamiyati juda katta. Chunki tarmoqni ustuvor shaklda

rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy bino-inshootlar, barcha turdagi zarur

texnikalar, qishloq xo'jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya

inshootlari, serunum, tezpishar navlar, mahsuldor chorva mollari zotlari hamda

aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash lozim.

Hozirgi davrda investitsion mablagiar yangi, samarali texnologiyaga

hamda intellektual mulkni barpo etishga sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu

masalaning to‘g‘ri, samarali hal etilishi malum miqdordagi investitsiyalar

sarflanishini obyektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablagiari

tarmoqda doimiy va o‘zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va

ulami rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa

muddatlarga moijallab sarflanishi mumkin. Qishloq xo'jaligining asosiy

vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ulami kapital ta'mirlashga sarflansa,

unda bu sarflar uzoq muddatga moijallangan boiadi. U asosiy kapitalga

sarflangan investitsiyalar deb ataladi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar

qishloq xo'jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi, ular odatda qisqa

muddatga sarflanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo‘jaligining

ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ulaming ishga yaroqliligi tubdan

yaxshilanadi.

Investitsiyalaming mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo'jaligidagi ahamiyati ulkan.



Birinchidan, investitsiyalar jami xarajatlaming asosiy qismi

hisoblanadi. Investitsiyalardagi o‘zgarishlar jami talabga yetarlicha ta'sir ko'rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad hajmining

ham o‘zgarishini ta’minlaydi.

Ikkinchidan, investitsiyalar korxonaning asosiy fondlari

jamg'arilishiga, ya’ni ko‘payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish

kuchlarini kengaytirishga sarf qilinganpul mablag‘lari boshlang‘ich bosqichda

korxona faoliyati natijalariga ta’sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy

o'sish uchun zarur bazani yaratadi.

Uchinchidan, investitsiyalaming noratsional sarf qilinishi ishlab

chiqarish resurslari, xarajatlar o'sishiga olib keladi, natijada yalpi milliy

daromad qisqaradi. Misol uchun, tugallanmagan qurilishning ko'payishi,

moddiy resurslar sarfi oshishi, toianadigan ish haqining ko‘payishi hamda

ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir. Ular sarflanayotgan

investitsiyalaming qiymati o‘sishiga hamda samaradorligi pasayishiga ta’sir

etadi.

6) To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar – kapitalning to’g’ridan-to’g’ri eksporti bo’lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi.

7) Portfel investitsiyalar (portfoIio investments) shunday investitsiyalarki, bunda kapital daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatish huquqini bermaydi. 

8) Investitsion muhitga quyidagilar ta'sir qiladi:

1.Investitsiya sarflaridan kutiladigan foyda normasi;

2.Foiz stavkasi;

3.Mashina va uskunalarni harid qilish,ishlatish va ularga xizmat ko'rsatish harajatlari;

4.Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;

5.Texnologik o'zgarishlar.



9) Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi - investitsiya iqlimi, investitsiya infratuzilmasining rivojlanish darajasi, investitsiya manbalarini jalb qilish qobiliyati va investitsiyalarning daromadliligi va investitsion xavflarni oshirishga ta'sir etuvchi boshqa omillar nuqtai nazaridan mamlakatning ayrim hududlarining ajralmas xususiyatidir. Mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligi investitsiyalarning ob'ektiv shartidir va mintaqaga o'ziga xos investitsiya potentsiali va notijorat investitsiya xavflari darajasiga qarab jalb qilinishi mumkin bo'lgan kapital qo'yilmalar miqdorida belgilanadi. Shu bilan birga, investitsion jozibadorlik darajasi investitsiya salohiyati va investitsiya tavakkalchiligi ko'rsatkichlarining ko'p qirrali ta'sirini umumlashtiruvchi ajralmas ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi.
10)

тармоқлар

2017 йил(mln.dol)

2018 йил(mln.dol)

2019 йил(mln.doll)

2019 йилни 2018 йилга нисбати %

Чорвачилик

15

16

18

112.5%

Деҳқончилик

10

12

15

125%

Боғдорчилик

12

14

17

121.5%

Узумчилик

8

10

12

120%

Бошқалар

14

15

16

106.5%

Download 22.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling