„ishlovga moyillik ) tashqi kuch yoki zoʻrikish (kuchlanish) taʼsirida qattiq


Download 17.98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2023
Hajmi17.98 Kb.
#1748218
Bog'liq
Plastiklik - Vikipediya



Plastiklik
Plastiklik (qadimgi yunoncha: plastikos —
„ishlovga moyillik“) — tashqi kuch yoki
zoʻrikish (kuchlanish) taʼsirida qattiq
jismlarning oʻlchamlari va shakli
dastlabki holiga qaytmaydigan boʻlib
oʻzgarish (plastik deformatsiyalanish)
xossasi. Materiallarga bosim bilan ishlov
berish (bolgʻalash, presslash va
boshqalar) imkonini belgilaydi. Tashqi
kuch taʼsirida kristall panjara atomlari
orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlari oʻzgaradi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam.
Ko‘proq o‘rganish


(deformatsiyalanadi). Plastik
deformatsiyalanishda panjara atomlari
bir-biriga nisbatan koʻchadi, oqibatda
kristall qatlamlarning bir-biriga nisbatan
siljishi, kristall panjara buzilishi, issiqiik
harakati tufayli jism atom tuzilishining
oʻzgarishi kuzatiladi. Jismning moʻrtligi,
plastikligi sharoitga bogʻliq. Maʼlum bir
sharoitda (mas, yuqori temperaturada)
uning bunday xossalari butunlay
yoʻqoladi. Metallarning plastiklik holatiga
oʻtishi maʼlum sharoitda roʻy beradi, bu
holat chegaraviy holat deb yuritiladi.
Jismlarning plastiklikgi
deformatsiyalanish tezligi, temperatura
va jismning tuzilishiga bogʻliq.


Plastiklikning turli xillari mavjud.
Oʻzdiffuzion va diffuzion plastiklikda
tashqi siquvchi kuch taʼsirida
kristallarning atom qatlamlari shu kuch
taʼsir etayotgan sirtdan boshqa joyga
siljiydi. Bunda massa koʻchishi sirt
boʻyicha yoki kristall hajmi boʻyicha
oʻzdiffuziya tufayli amalga oshadi.
Dislokatsion plastiklikda kristallografik
tekislikdagi sirpanish kristallning plastik
deformatsiyalanishiga sabab boʻladi.
Sirpanish har xil sodir boʻladi: dastlab, u
tekislikning bir zonasida yuz berayotgan
boʻlsa, bu zonaning chegarasi butun
tekislikka yoyiladi. Sirpanishning yoyish
chegarasi dislokatsiya chizigʻi yoki
dislokatsiya deyiladi. Kraudion plastiklik


kristalddagi zich joylashgan atom
katorlari boʻylab atomlar quyuqlanmasi
(kraudinlar) hosil boʻlishiga asoslangan.
Kristall sirtiga tig botirilsa, atomlar shu
sohadan uzoqlashadi, natijada tigʻ
botirilayotgan sirtdan maʼlum masofada
atom konsentratsiyasi oshadi —
Kristallda tugunlararo atomlar hosil
boʻladi.
Kraudion plastiklik: I — tigʻ botirilguncha;
II — tigʻ botirilganda atomlar
kuyuklanmasi hosil boʻladi; III —
shaklning uzil-kesil oʻzgarishi. Kristallda
tugunlararo atomlar hosil boʻladi.
Plastiklikni baʼzi jismlarda eʼtiborga
olmaslik mumkin, bunday jismlar mutlaq


elastik (qayishqoq) jismlar hisoblanadi.
Har bir jismning xossalari plastiklik
boʻyicha guruhlarga ajratib oʻrganiladi.
Masalan, kristallar, polikristallar,
monokristallar, amorf jismlar plastikligi
va boshqa Jismlarning qovushqokdigi
ham ularning plastikligini belgilaydi.
Tutash muhitlar mexanikasida jismlar bir
jinsli, uzluksiz deb faraz qilinadi, mas,
kristall panjara atomlari orasidagi
masofa hisobga olinmaydi. Plastiklik
materiallarning buzilmasdan katta qoldiq
deformatsiya (plastik deformatsiya) hrsil
qilishidir. Materiallarning plastiklikligi
ularning choʻzilgandagi uzayishiga qarab
baholanadi. Qattiq jismlar plastikligini
oʻrganish amaliy ahamiyatga ega.


Detallarni tayyorlash texnologiyasida,
inshootlar qurishda, metallarni bosim
bilan qayta ishlash va kesishda
plastiklikning asosiy qonun-qoidalariga
rioya qilinadi
[1]
.
1. Xojimetov, Gʻoibnazar. OʻzME. Birinchi jild.
Toshkent, 2000-yil.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 14-Yanvar 2023, 03:42 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Plastiklik&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Plastiklik&oldid=3551682" 
dan olindi 


boʻlsa).

Download 17.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling