Fanning qisqacha tarixini gapirib bering


Download 474.21 Kb.
bet1/10
Sana25.06.2023
Hajmi474.21 Kb.
#1654586
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
qarshilik javob


Fanning qisqacha tarixini gapirib bering. «Materiallar qarshiligi» faniga oid dastlabki ishlarni tarixda 638 yildagi G.Galiley (Italiyaning Paduye shahridagi o‘quv yurtining matematika pro-fessori) ishlari bilan bog‘lashadi. Ba’zi manbalarda Italiyan olimi Leonardo Da Vinchi (1452-1519) ham ba’zi hisoblarni bajarganligi ko‘rsatiladi. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga R.Guk, E.Mariott, Dyugamelp, Sh.Kulon, Ya.Bernulli, T.Yung, O.Koshi, A.Sen Venan, O.Mor, L.Eyler, D.Juravskiy, F.Yasinskiy, S.Timoshenko, A.Belyayev, S.Ponomarev, V.Feodospyev, o‘zbek olimlaridan M.O‘razboyev, X.Raxmatullin, K.Mansurov, T.Rashidov, Q. Abdurashidov va boshqalarning tadqiqotlari va yaratgan adabiyotlari katta ahamiyatli bo‘ldi. Materiallar qarshiligidan dastlabki kitob Fransiyada 1826 yilda nashr qilindi. Ayni paytda ham ushbu fanning hal qilishi zarur bo‘lgan masalalarining yetarliligini ta’kidlash lozim. Bu fan o‘z masalalarini boshqa fanlarga asoslanib,ularbilan uzviy aloqada hal qiladi. Materiallar qar-shiligi fani, ayniqsa, nazariy mexanikafani bilan bog‘liq. Shu bilan birga ular orasida ba’zi masalalarga turlichayondoshish ham mavjud. Masalan, nazariy mexanika jismlarni absolyut qattiq deb hisoblasa ,materiallar qarshiligi fanida ularning deformasiyalanishlari ham nazarda tutiladi.Ushbu asosiy ziddiyat oqibatida nazariy mexanikaning to‘plangan kuchni ta’sir chizig‘i bo‘yicha ,juft kuchni o‘z ta’sir tekisligida ko‘chirish qoidalarini deformasiyalanuvchi jismlar mexanikasida qo‘llab bo‘lmaydi
1.Materiallar qarshiligi» fani haqida asosiy tushunchalar.
2.Materiallar qarshiligi» fani nimalarni o‘rganadi? Mustahkamlik, bikrlik va ustvorlik tushunchalari haqida so‘zlang.
3.Mustahkamlik, bikrlik va ustvorlik tushunchalari haqida so‘zlang.
«Materiallar qarshiligi» fani umum muhandislik fani hisoblanib, konstruksiyalar (tuzilmalar), inshootlar, mashina va mexanizmlar qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustvorlikka hisoblash usullarini o‘rgatadi. Mustahkamlik - muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida yemirilishiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir. Ma’lumki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni deformasiyalanmaydigan va yemirilmaydigan jismlar mavjud emas. Muhandislik tuzilmalarining meoyoriy ishlashlarini taominlash uchun ularning qismlarining deformasiyasini, ya’ni tashqi kuchlar ta’sirida shakl va o‘lchamlarining o‘zgarishini, chegaralash zarur bo‘ladi. Bikrlik-muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida deformasiyalanishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir. Muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida o‘zlariningdastlabki muvozanat holatlarini saqlash qobiliyatlari ustvorlik deyiladi. Tuzilma qismining tashqi kuchlar a’sirida o‘zining dastlabki muvozanat shaklini va deformasiyalanish tarzini sifatan o‘zgartirmasligi uning meoyoriy ishlashida nihoyatda muhimdir.


Download 474.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling