Fanning qisqacha tarixini gapirib bering


«Materiallar qarshiligi» hisoblarida qabul qilingan asosiy farazlar va cheklanishlar nimalardan iborat?


Download 474.21 Kb.
bet10/10
Sana25.06.2023
Hajmi474.21 Kb.
#1654586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
qarshilik javob

«Materiallar qarshiligi» hisoblarida qabul qilingan asosiy farazlar va cheklanishlar nimalardan iborat? «Materiallar qarshiligi» usullarida bajarilayotgan hisoblarda ko‘rilayotgan jismlarning barcha xususiyatlarini nazarda tutib bo‘lmaydi. Hisob usullari sodda va hisoblarda qo‘llanilishi qulay bo‘lishlari lozim. Ular yetarli aniqlikda va tuzilmaga qo‘yiladigan asosiy talablarni qanoatlantiridigan bo‘lishlari zarur. Shu maqsadlarda quyidagi asosiy umumiy farazlar nazarda tutiladi. 1 - faraz. Jism materialining tuzilishi uzluksiz. Bunda jismning atom tuzilishi hisobga olinmaydi, material jism hajmini bo‘shliqlarsiz to‘ldiradi deb qaraladi. 2 - faraz. Jism materiali bir jinsli va izotrop, ya’ni jismning xususiyatlari uning barcha nuqtalarida va yo‘nalishlarida bir xil. 3 - faraz. Jismga tashqi kuch qo‘yilgunga qadar uning tashkil qiluvchilari orasida o‘zaro ta’sir kuchlari bo‘lmaydi (zo‘riqmaganlik). 4 - faraz. Kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasi (prinsipi). Bu farazga ko‘ra kuchlar tizimining jismga ta’sirlarining umumiy natijasi har qaysi kuchning alohida - alohida ta’sirlari natijalarining yig‘indisiga teng. 5-faraz. Sen-Venan qoidasi (prinsipi). Bu farazga ko‘ra tashqi kuchlarning qo‘yilish nuqtalaridan yetarlicha uzoqlikda joylashgan nuqtalardagi ichki kuchlarning xarakteri bu kuchlarning ta’sir usuliga bog‘liq emas. Bu farazga asoslanib, kichik yuzalardagi taqsimlangan kuchlarni, hisoblarni soddalashtirish maqsadlarida,to‘plangan kuch bilan almashtirish mumkin Ushbu asosiy umumiy farazlardan boshqa cheklanishlar fanning tegishli bo‘limlarida ko‘rsatiladi.
Download 474.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling