Fanning qisqacha tarixini gapirib bering
Deformatsiyalar va ko‘chishlar
Download 474.21 Kb.
|
qarshilik javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismning deformasiyasi nima
Deformatsiyalar va ko‘chishlar. Jismlar tashqi kuchlar ta’sirida o‘zlarining shakl va o‘lchamlarini o‘zgartiradilar, ya’ni deformasiyalanadilar. Jismning yoki uning biror qismining chiziqli o‘lchamining o‘zgarishi - chiziqli, burchak o‘lchamining o‘zgarishi - burchak dyeformasiyasi deb yuritiladi. Agar deformasiya jism hajmi bo‘yicha sodir bo‘lsa, jismning ma’lum yo‘nalishda mazkur nuqtasidagi deformasiyasi to‘g‘risida gap boradi. Chiziqli deformasiya o‘lchovi sifatida nisbiy uzayish yoki nisbiy qisqarish qo‘llanadi. Burchak deformasiyasining o‘lchami siljish burchagi hisoblanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha chiziqli va burchak deformasiyalari yuk olinganidan keyin to‘la yoki qisman yo‘qolishlari mumkin.
Jismdan tashqi kuch ta’siri olingandan keyin yo‘qoladigan dyeformasiya qayishqoq yoki elastik deformasiya, jismlardan kuch olinganidan keyin o‘zining dastlabki o‘lchamlarini va shaklini saqlash qobiliyati qayishqoqlik deyiladi. Kuch olinganidan keyin ham saqlanadigan deformasiya qoldiq yoki plastik deformasiya, jismlarning yemirilmasdan qoldiq dyeformasiya berish xususiyati plastiklik deb yuritiladi. Jismning barcha nuqtalaridagi deformasiya va jismning mahkamlanish shartlari ma’lum bo‘lsa, uning nuqtalarining ko‘chishlarini, ya’ni ularning deformasiyadan keyingi vaziyatlarini (ya’ni koordinatlarini) aniqlash mumkin. Jismning deformasiyasi nima? Muhandislik tuzilmalarining me'yoriy ishlashlarini ta'minlash uchun ularning qismlarining deformasiyasini, ya’ni tashqi kuchlar ta’sirida shakl va o‘lchamlarining o‘zgarishini, chegaralash zarur bo‘ladi. Deformatsiya (lotincha: deformatio — buzilish) (Mehanik kuchlanish): fizikada — tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Chuqurroq o'rganilganda cho'zilish-siqilish, buralish, egilish va siljish turlariga bo'linadi. Jismga tasir qiluvchi kuchlarning turiga qarab deformatsiya turlarini kuzatish mumkin. Tashki kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin deformatsiya yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik deformatsiya, saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik deformatsiya yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism deformatsiyasiga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi. Elastik deformatsiyalanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastik deformatsiyalanadi. Plastik deformatsiya temperatura, tashki kuch va deformatsiya tezligiga bogʻliq. Tashki kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, deformatsiya vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura koʻtarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi deformatsiya aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi deformatsiya passiv (sust) deformatsiya deyiladi. Deformatsiyaning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjud. Mutlaq deformatsiyaning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy deformatsiya deyiladi. Deformatsiya qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h.k.ni hisoblashda tatbiq qilinadi Download 474.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling