Fanning qisqacha tarixini gapirib bering
Cho‘zilish - siqilish deformasiyasida IKF epyurasini qurish
Download 474.21 Kb.
|
qarshilik javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ummumiy tushunchalar. Kuchlarni dinamik tasiri.
Cho‘zilish - siqilish deformasiyasida IKF epyurasini qurish.
Cho‘zilish yoki siqilish deformasiyasida brus ko‘ndalang kesimlarida faqat bo‘ylama zo‘riqish kuchlari hosil bo‘ladilar. Bo‘ylama zo‘riqish kuchini kesish usuli yordamida topiladi. Brusning ixtiyoriy kesimidagi bo‘ylama zo‘riqish kuchi brusning olib qolingan qismidagi barcha tashqi kuchlarning brus o‘qiga proyeksiyalarining algebraik yig‘indisiga teng. Bunda tashqi kuch proyeksiyasi kesimdan tashqariga yo‘nalgan bo‘lsa musbat ishora bilan tenglamaga kiritiladi va aksincha. Bo‘ylama kuchlarning brus o‘qi bo‘ylab o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafik bo‘ylama kuch epyurasi deyiladi. Bunda abssissa o‘qi epyuraning baza chizig‘i bo‘lib xizmat qiladi va u sterjen o‘qiga parallel qilib o‘tkaziladi. Bunga tik qilib o‘tkazilgan ordinata o‘qiga tanlangan masshtabda, ishorani nazarda tutgan holda bo‘ylama kuch kattaliklari qo‘yiladi. Bo‘ylama kuch epyurasining brusning o‘qi bo‘yicha yo‘nalishda ta’sir etayotgan to‘plangan kuchga tegishli nuqtasida shu to‘plangan kuch kattaligi va yo‘nalishida bo‘ylama kuch qiymati sakrab o‘zgaradi. Agar brusga bo‘ylama yo‘nalishda tekis taqsimlangan kuch ta’sir etayotgan bo‘lsa, bo‘ylama kuch epyurasining tegishli qismi og‘ma to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda shu qismdagi epyuraning og‘ma to‘g‘ri chizig‘i ordinatalarining farqi shu qism uzunligi bilan yoppa kuch intensivligi ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Agar aniqlangan bo‘ylama kuch qiymati musbat ishorali chiqsa, ko‘rilayotgan qism cho‘zilish, aks holda siqilish deformasiyasi ostida bo‘ladi. Shartli ravishda chuzuvchi bo‘ylama kuchni musbat, siquvchi bo‘ylama kuchni esa manfiy deb ishoralash qabul qilingan. Ummumiy tushunchalar. Kuchlarni dinamik ta'siri. Konstruksiya elementlari ko‘pincha dinamik kuchlar ta'sirida bo‘ladi. bunday kuchlarga Inersiya kuchlari Zarb kuchlari Davriy o‘zgaruvchan kuchlar kiradi. Dinamik kuchlar ta'siridan konstruksiya elementlari tezlanish oladi. Bu paytda inersiya kuchlari vujudga keladi. Demak, bu paytda hosil bo‘ladigan inersiya kuchlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. (R ga inersiya kuchini qo‘shib hisoblash kerak bo‘ladi). Dinamik kuchlar tahsiriga hisoblashni umumiy metodi bu nazariy mexanikadagi Dalanber prinsipiga asoslanadi. (Bu prinsipga asosan: Har qanday harakatdagi jism juda qisqa vaqt ichida (oniy vaqtda) muvozanatda bo‘ladi – inersiya kuchlarini hisobga olganda.) Inersiya kuchi – bu tezlik yo‘nalishiga teskari massa bilan tezlik ko‘paytmasidan iborat bo‘ladi. bunday masalalar quyidagi tartibda yoziladi: 1. Avvalo bu ta’sir kuchini statik ta’sirini aniqlaymiz. 2. Dinamik koeffisiyentni aniqlaymiz. 3. Istalgan kattalitikni aniqlaymiz. Misol:Gq=Kgst., g=Kg ct. Bundan tashqari dinamik kuchlar ta’sirida plastik bo‘lgan materiallar mo‘rt material bo‘lib qoladi va buning natijasida uning mustaokamligi bir necha marta kamayib ketishi mumkin. Jism oniy muvozanat holatida bo‘ladi deyiladi. Bunda ta'sir etuvchi tashqi kuchga inersiya kuchi ham qo‘shiladi mahlumki inersiya kuchi – jism massasi bilan tezlanish ko‘paytmasiga teng. Faqat yo‘nalishi tezlanish yo‘nalishiga teskari bo‘ladi. Demak agar bizga inersiya kuchi mahlum bo‘lsa kesish usulidan foydalanib ichki kuchlarni aniqlashimiz mumkin bo‘ladi. Zarb kuchlarini tahsirida esa gvag ni aniqlashda energiyani saqlash qonunidan foydalaniladi. Download 474.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling