Fanning qisqacha tarixini gapirib bering


Burovchi moment tenglamasi qanday tuziladi? Bunda ishoralash tartibini tushuntiring


Download 474.21 Kb.
bet6/10
Sana25.06.2023
Hajmi474.21 Kb.
#1654586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
qarshilik javob

1.Burovchi moment tenglamasi qanday tuziladi? Bunda ishoralash tartibini tushuntiring
2.Burovchi moment epyurasi nima?
3.Buralish deformasiyasida IKF epyurasini qurish
Brusni buralishga hisoblashda uning ixtiyoriy kesimidagi burovchi moment qiymatini bilish zarur bo‘ladi. Burovchi momentlarning val uzunligi bo‘yicha o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafik burovchi momentlar epyurasi deyiladi. Bu epyurani qurish bo‘ylama kuch epyurasini qurishga o‘xshash. Valning ixtiyoriy kesimidagi burovchi momentni topishda ham kesish usulidan foydalaniladi. Ko‘rilayotgan kesimdagi burovchi moment ko‘rilayotgan kesimdan bir tomondagi tashqi burovchi momentlarning algebraik yig‘indisiga teng. Epyurani qurish uchun ishoralar tartibi to‘g‘risida kelishib olish lozim. Umuman burovchi momentning ishorasi fizik ma’noga ega emas. Agar kesim tomondan qaraganda, tashqi burovchi moment valni soat strelkasining harakat yo‘nalishiga qarshi aylantirsa-musbat, soat strelkasining harakat yo‘nalishi bo‘yicha aylantirsa manfiy deb olinadi Burovchi momentlarning aniqlangan qiymatlari bo‘yicha burovchi momentlar epyurasi Burovchi momentlarning brus qismlaridagi qiymatlari kesim abssissasiga bog‘liq emas. Shuning uchun burovchi momentlar epyurasi uchta to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat bo‘ldi. Burovchi moment epyurasining brusning tashqi to‘plangan momentlar ta’sir qilayotgan kesimlariga tegishli nuqtalarida shu momentlar qiymati va yo‘nalishiga mos «sakrash»lar kuzatiladi. Qurilgan epyuraning to‘g‘riligini tekshirishda odatda ana shu «sakrash»larga etibor beriladi.

Bo‘ylama kuch tenglamasi qanday tuziladi? Bunda ishoralar tartibi qanday?
Bo‘ylama kuch deb, brusning ko‘ndalang kesimida hosil bo‘lgan normal kuchlanishlarning teng ta’sir etuvchisiga aytiladi: NdF.
Bo‘ylama zo‘riqish kuchini kesish usuli yordamida topiladi. Brusning ixtiyoriy kesimidagi bo‘ylama zo‘riqish kuchi brusning olib qolingan qismidagi barcha tashqi kuchlarning brus o‘qiga proyeksiyalarining algebraik yig‘indisiga teng. Bunda tashqi kuch proyeksiyasi kesimdan tashqariga yo‘nalgan bo‘lsa musbat ishora bilan tenglamaga kiritiladi va aksincha.
Bo‘ylama kuchlarning brus o‘qi bo‘ylab o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafik bo‘ylama kuch epyurasi deyiladi. Bunda abssissa o‘qi epyuraning baza chizig‘i bo‘lib xizmat qiladi va u sterjen o‘qiga parallel qilib o‘tkaziladi. Bunga tik qilib o‘tkazilgan ordinata o‘qiga tanlangan masshtabda, ishorani nazarda tutgan holda bo‘ylama kuch kattaliklari qo‘yiladi. Bo‘ylama kuch epyurasining brusning o‘qi bo‘yicha yo‘nalishda ta’sir etayotgan to‘plangan kuchga tegishli nuqtasida shu to‘plangan kuch kattaligi va yo‘nalishida bo‘ylama kuch qiymati sakrab o‘zgaradi. Agar brusga bo‘ylama yo‘nalishda tekis taqsimlangan kuch ta’sir etayotgan bo‘lsa, bo‘ylama kuch epyurasining tegishli qismi og‘ma to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda shu qismdagi epyuraning og‘ma to‘g‘ri chizig‘i ordinatalarining farqi shu qism uzunligi bilan yoppa kuch intensivligi ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Agar aniqlangan bo‘ylama kuch qiymati musbat ishorali chiqsa, ko‘rilayotgan qism cho‘zilish, aks holda siqilish deformasiyasi ostida bo‘ladi. Shartli ravishda chuzuvchi bo‘ylama kuchni musbat, siquvchi bo‘ylama kuchni esa manfiy deb ishoralash qabul qilingan.

Download 474.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling