Ishni maqsadi: LaTeX tizimi orqali matn tarkibiga tablitsa kiriting. Kerakli adabiyotlar: S. M. Abduraxmonov “LaTeX ga kirish” darslik. Poligraf super servis. 2021 y., Lvovskiy S. M, «Nabor I verstka V sisteme LaTeX»


Download 0.76 Mb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1613768
  1   2
Bog'liq
Laboratoriya ishi17-18


Laboratoriya ishi №17
Mavzu: Tablitsalarni kiritish
Ishni maqsadi: LaTeX tizimi orqali matn tarkibiga tablitsa kiriting.
Kerakli adabiyotlar: 1.S.M.Abduraxmonov “LaTeX ga kirish” darslik. Poligraf
super servis. 2021 y.,
2. Lvovskiy S.M, «Nabor i verstka
v sisteme LaTeX», Sankt-Peterburg, 2003, 448 s.,
3. George Grätzer, Math into TeX: A Simple Guide to Typesetting Math Using AMS-LaTex, Springer Science & Business Media, 2013, p.296.
1.Nazariy qisim.
Jadvallar bilan ishlash
tabular muhitini(okrujeniya) LaTeX da foydalanish jadvallarni tashkil etishda muhim axamiyatni kasb etadi. U avtomatik tarzda tekislash, ustunlarga bo‘lish simmetriyani saqlash imkoniyatini beradi. Agar jadval formulalardan iborat bo‘lsa array muhitidan foydalaniladi.
Oddiy jadvallar
tabular muhiti jadvalni yaratadi. Muhitni umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
\begin{tabular}{}
Uni majburiy argumenti bo‘lib, u ustunni qaysi chegara bo‘yicha tekslanishi kerakligini ko‘rsatadi.
l ustunni chap tomonga tekslanishini;
r ustunni o‘ng tomonga tekslanishini;
c ustunni markazga tekslanishini.
Buyruq ta’sir zonasini chegaraviy buyruqsi \end{tabular}. Jadvalni tashkil etishda keyingi satrni xosil etish \\ buyrug’i bilan, ustunlar esa &, simol, «ampersen-dom» buyrug’i bilan tashkil etiladi.
Misol:



\documentclass[12pt]{article}
\usepackage[T2A]{fontenc}
\usepackage[russian]{babel}
\begin{document}
\begin{tabular}{lc}
Белгилаш тури & нумерация \\[5pt]
\ttfamily itemize & бор\\
\ttfamily enumerate & йўқ\\
\ttfamily description & йўқ\\
\end{tabular}
\end{document}


Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating, \begin{tabular}{lc} buyrug’ida{lc} majburiy argument berilgan bo‘lib, u l, c xarflarini o‘z ichiga oladi. Ular jadval ikki ustundan iborat ekanligini, birinchi ustun chap tomonga tekislanishini, ikkinchi ustun markazga tekislanishini bildiradi va u misolda ko‘rinib turibdi. Buyruq \ttfamily chop etuvi mashinka shriftini tanlash uchun ishlatilgan.
Misolda o‘zgartirish qilamiz, {lc} argumentni {sc} ga o‘zgartiramiz:
\documentclass[12pt]{article}
\usepackage[T2A]{fontenc}
\usepackage[russian]{babel}
\begin{document}
\begin{tabular}{cc}
Белгилаш тури & нумерация \\[5pt]
\ttfamily itemize & бор\\
\ttfamily enumerate & йўқ\\
\ttfamily description & йўқ\\
\end{tabular}
\end{document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:





E’tibor qarating, birinchi ustun markazga tekslandi. Misolda yana o‘zgartirish amalga oshiramiz. Ustunlar sonini uchtaga yetkazamiz. Buning uchun buyruq argumenti{cc}ni , {llc} deb o‘zgartiramiz, xamda matnga qo‘shimcha kiritamiz:

\documentclass[12pt]{article}


\usepackage[T2A]{fontenc}
\usepackage[russian]{babel}
\begin{document}
\begin{tabular}{llc}
Белгилаш тури & нумерация \\[5pt]
\ttfamily itemize & бор & бор\\
\ttfamily enumerate & йўқ\\
\ttfamily description & йўқ\\
\end{tabular}
\end{document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:





E’tibor qarating, jadvalda uchinchi ustun xosil bo‘ldi va u markazga tekislangan.
Jadvallarni xosil qilishda murakkab tuzilmalarni ham xosil qilish mumkin:
\documentclass[12pt]{article}
\usepackage[T2A]{fontenc}
\usepackage[russian]{babel}
\begin{document}
сўз
\begin{tabular}{rr}
А & Б\\В & Г
\end{tabular}
сўз
\end{document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating, matnni tashkil etishda ixtiyoriy jadvalni olish mumkin.
Jadval buyrug’ini majburiy bo‘lmagan argumenti “b” yordamida jadval kattaligi pastki qatorga, “t” parametr bilan esa yuqorigi qatorga tekslanishi mumkin:

\documentclass[12pt]{article}


\usepackage[T2A]{fontenc}
\usepackage[russian]{babel}
\begin{document}
сўз
\begin{tabular}{rr}
А & Б\\В & Г
\end{tabular}
\begin{tabular}[t]{rr}
А & Б\\В & Г
\end{tabular}
\begin{tabular}[b]{rr}
А & Б\\В & Г
\end{tabular}
\end{document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

E’tibor qarating, \begin{tabular}[t]{rr}buyruqsi dagi [t] majburiy bo‘lmagan argument jadval elementini yuqori qatorgan tekslamoqda, [b] parametr esa pastki qatorga tekslamoqda.

Jadvallarni kiritishda ularni ramkalarini ham xosil qilish mumkin. Buning uchun \hline buyrug’i yordamida gorizontal chiziq, “|” simvoli yordamida vertikal chiziqni tashkil etish mumkin. Chiziqlarni ikkilangan, uchlangan va xokozo ham qilish mumkin. Buning uchun buyruqlar shuncha marotaba takrorlanadi. Мisol:


\documentclass[12pt]{article}


\usepackage[T2A]{fontenc}
\usepackage[russian]{babel}
\begin{document}
\begin{tabular}{||l|l||}
\hline
фил & zilonis\\
бегемот & nilzirgs\\
шер & lauva\\
\hline
\end{tabular}
\end{document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyruqsini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating, \begin{tabular}{||l|l||}buyruqsida, jadval ikki ustundan iborat ekanligini, jadval elementlari chap tomonga tekslanishini, jadval tashqi tomondan gorizontal ikkilangan chiziq bilan o‘ralganligini belgilangan. Satrlar \\ buyrug’i bilan tashkil etilgan.
Misol:
\begin{document}
\begin{tabular}{|c|c|}
\hline
Северо-Запад & Северо-Восток\\
\hline
\hline
Юго-Запад & Юго-Восток\\
\hline
\end{tabular}
\end{document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating, \begin{tabular}{|c|c|}buyrug’i vertikal chiziq xosil qilish bilan birgalikda, jadval elementini markazga tekslamoqda. \hline buyrug’ini ikki marta qo‘llanilishi ikkita gorizontal chiziqni bermoqda.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling