Laboratoriya ishi №5
Mavzu. Matlab dasturi haqida tushunchalar.
Ishning maqsadi. Matlab dasturida matematik modellar yaratish va grafiklar bilan ishlash.
Ishning vazifalari:
1. Matlab amaliy dastur paketi va uning asosiy imkoniyatlari.
2. Matlab dasturida matrisalar bilan ishlash.
3. Matlab dasturida grafiklar ustida amallar bajarish.
Nazariy qism:
MATLAB amaliy dastur paketi va uning asosiy imkoniyatlari
MATLAB tizimi fan va texnikaning ixtiyoriy sohasi modellashtirish masalalarini yechishga imkon beruvchi interfaol tizimdir.Odatda MATLAB matematik hisoblashlarni avtomatlashtirish tizimi sifatida qaraladi. MATLAB tizimi AQSh ning The MathWorks, Inc., kompaniyasi tomonidan 20-asrning 80-yillarida ishlab chiqilgan.
Matlab bu:
Matematik algoritmlarni yaratish.
Modellashtirish
Tahlil qilish
Ma’lumotlarga ishlov berish
Dastur grafikasi bilan ishlash
GUI ilovalarini ishlab chiqish
Kabilar dastur paketlarning umumiy sonini belgilab beradi.
Matlabda paketlar to‘plami.
Tizimning qo‘shimcha pog’onasini toolbox kengaytmalar paketi tashkil etadi
U tizimni turli sohalardagi masalalarni yechishga yo‘naltirish imkoniyatini beradi. Bunday sohalarga misol tariqasida
Matematikaning mahsus bo‘limlari ,
Fizika va astronomiya,
Telekommunikatsiya vositalari, matematik modellash,
Hodisaviy boshqariluvchi tizimlarini loyihalash va boshqa sohalarni keltirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, MATLAB foydalanuvchilarning masalalarini yechish uchun yuqori darajadagi moslashuvchanlikka ega.
Matlabni besh qismlarga ajratash mumkin:
Matlab tili.
Matlab muhiti.
Mahsus boshqarish .
Matematik vazifalar kutubxonasi.
Dastur interfeysi .
C va Paskal kabi ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlarni ajralmas vazifalari sifatida katta to‘plamni o‘z ichiga oladi. Kengaytiriladigan foydalanuvchilardan foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |