Laboratoriya ishi №1
Mavzu: Matnli, grafik, audio va video axborotlar hajmini hisoblash.
Ishning maqsadi:
1.Matnli, ovozli va grafikli axborotlar xususiyatlarini o`rganish.
2.Matnli, ovozli va grafik ma’lumotlarni saqlovchi fayllarni formatlari
kengaytmasi va tuzilishini o`rganish.
3.Matnli, ovozli va grafik axborotlarni hajmlarini aniqlash va o`zaro
solishtirishni o`rganish.
Kerakli jihoz va materiallar: Ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar,
ma’ruza daftarlari.
Qisqacha nazariy ma’lumot:
Axborotlarni kodlash
Inson axborotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa
ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga
tovushlarni harf
va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik
qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin.