Ishning maqsadi: ms power Pointda ishlash ko’nikmalarini hosil qilish va taqdimot tayyorlash. Ishning vazifalari


Download 40.9 Kb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi40.9 Kb.
#215277
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5208417719287809979

Versiyalari


Yil

Versiya

Nom

Izoh

1990

2.0

PowerPoint 2.0 Windows 3.0 uchun

MS Office 1.x tarkibida

1992

3.0

PowerPoint 3.0 Windows 3.1 uchun

MS Office 3.0 tarkibida

1993

4.0

PowerPoint 4.0

MS Office 4.x tarkibida

1995

7.0

PowerPoint Windows 95 uchun

Office 95 tarkibida

1997

8.0

PowerPoint 97

Office 97 tarkibida

1999

9.0

PowerPoint 2000

Office 2000 tarkibida

2001

10

PowerPoint 2002

Office XP tarkibida

2003

11

PowerPoint 2003

Office 2003 tarkibida

2007

12

PowerPoint 2007

Office 2007 tarkibida

2010

14

PowerPoint 2010

Office 2010 tarkibida

2013

15

PowerPoint 2013

Office 2013 tarkibida

2016

16

PowerPoint 2016

Office 2016 tarkibida

2018

17

PowerPoint 2019

Office 2019 tarkibida

Formatlari


Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi mumkin:

  • .ppt — PowerPoint taqdimoti

  • .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti

  • .pot — PowerPoint modeli

PowerPoint 2007 o'zining MacOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar .pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi. Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.

PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa  PowerPointga taqdimot yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga jo'natilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni ta'minlash zaruriyatini bildiradi. PowerPointning ba'zi taqdimotlari Windows tizimiga o'rganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yo'q. Shu sababli Microsoft ochiq standartlarga o'tishga qaror qildi.

Reklama prezentastiyasini yaratish bu ko'p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va masʻuliyatli jarayondir. Bu o'rinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animastiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni oʻylab topish. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, taqdimotlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Prezentastiyalarni tayyorlash natijasida:


  • qatnashuvchilarga tarkatish uchun chop qilingan hujjat;

  • kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;

  • slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;

  • cho'ntak daftarchasi;

  • elektron prezentastiyalarni olish mumkin.

Microsoft Power Point dasturi 1987-yildan boshlab paydo boʻlgan boʻlsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o'rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo'shimcha fikrlar va prezentastiyalarni qoʻllashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi boʻlsa, xoh tajribali boʻlishidan qatʻiy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish uchun moʻljallangan boʻlib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin. Prezentastiya – maʻruza, biznez reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin.
Misrosoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.

Slaydlarga rasm va boshqa ob’ektlarini qo‘yish

Power Point dasturida ham MS Word dasturidagi kabi rasmlar bilan ishlash paneli mavjud. Ushbu panelda rasmlar bilan ishlash oynasini chiqarish, fayldan rasm qo‘yish, shakllar chizish va turli xil avtofiguralarda foydalanish kabi bo‘limlari bor. “Avtofiguri” bo‘limida MS Word dasturinikidan farqli ravishda “Upravlyayushie knopki”, ya’ni boshqaruvchi tugmalar qismi ham joylashgan. Ushbu bo‘limdan biz o‘zimizga kerakli bo‘lgan boshqarish tugmalarini o‘rnatishimiz mumkin. Boshqarish tugmalari deganda bir slayddan navbatdagisiga o‘tkazish yoki oxirgi slaydga o‘tkazish kabi ishlarni bajarish tugmalari tushuniladi. Bundan tashqari bu dasturda ham “Vstavka” menyusida “Risunok” bo‘limi joylashgan.



Ovoz yoki filmlar o‘rnatish. Power Point dasturining imkoniyatlaridan biri unda prezentatsiyalarga ovoz va filmlarni biriktirishdir. Buning uchun “Vstavka” menyusiga kiramiz va bu menyudan

bo‘limini tanlaymiz. Natijada o‘ng tomonida yangi menyu ochiladi. Bu menyuda quyidagi bo‘lim va buyruqlar joylashgan:Film i zvuk

Rasmlar kolleksiyasidan film o‘rnatish;

Fayldan film o‘rnatish;

Rasmlar kolleksiyasidan ovoz o‘rnatish;

Fayldan ovoz o‘rnatish;

Kompakt diskka ovoz yozish;

Ovoz yozish.

Misol tariqasida fayldan ovoz o‘rnatishni ko‘rib chiqaylik. Buning uchun Film i zvuk bo‘limini tanlaymiz. Natijada ovozli fayllarni qidirib topish muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu oynadan biror bir ovozli faylni tanlab “OK” tugmasini bosamiz. Natijada so‘rov muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Agar ushbu so‘rov oynasidan “Avtomaticheski” tugmachasini tanlasak qo‘yayotgan ovozli faylimiz namoyish boshlanishi bilan avtomatik tarzda ishlaydi. Agar “Po щelchku” tugmachasini tanlasa qo‘ygan ovoz faylimiz sichqoncha yordamida ishga tushirilmaguncha ishlamaydi. Sichqoncha yordamida ishga tushirish degani ovoz znachogi ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosishdir.

Giperssilkalar o‘rnatish

Giperssilka (Giperbog‘lanish) o‘rnatish mumkinligi Power Point dasturi imkoniyati yanada oshiradi. Giperbog‘lanishni oddiy matnga yoki ixtiyoriy shakllarga bog‘lashimiz mumkin. Misol sifatida oddiy matnga “Giperssilka” o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun biror-bir so‘zni blokka olamiz va sichqonchaning o‘ng tugmachasini bir marta bosamiz. Natijada kontekst menyusi ochiladi. Bu kontekst menyudan buyrug‘ini tanlaymiz yoki “Vstavka” menyusiga kirib xuddi shunday buyruq yoki standart uskunalar panelida joylashgan uskunani tanlashimiz mumkin.Giperssilka. Ushbu tugmachani tanlaganimizdan so‘ng giperbog‘lanish muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot oynasida bog‘lanish uchun faylni ko‘rsatamiz.



Agar joriy faylni o‘zidan biror-bir slaydga bog‘lamoqchi bo‘lsak, slayd nomi va joyini belgilaymiz. Buning uchun “Zakladka...” bo‘limini tanlaymiz. Natijada slayd nomini tanlash imkoniyatini beruvchi yangi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot oynasidan bog‘lanishi kerak bo‘lgan slaydni sichqonchaning chap tugmachasi yordamida aktivlashtiramiz va OK tugmachasini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi yo‘qoladi va oldingi oynaga qaytib qoladi. Boshqa hech narsani o‘zgartirmoqchi bo‘lmasak, bu yerda ham OK tugmachasini tanlaymiz.

Animatsiyalar kiritish

 Power Point dasturida prezentatsiyalarga sodda animatsiyalar biriktirish mumkin. Animatsiya kiritish uchun dastlab animatsiyalar panelini ochib olish kerak. Buning uchun “Pokaz slaydov” menyusidan buyrug‘ini tanlash kerak. Ushbu buyruqni tanlashimiz bilan Power Point dasturining topshiriqlar paneli bo‘limining ko‘rinishi o‘zgaradi. Ya’ni u yerda animatsiyali effektlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan istagan ko‘rinishdagi animatsion effektlarni tanlashimiz mumkin. Eslatma sifatida shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki, biror-bir effektni tanlashimiz bilan uning qanday ko‘rinishdagi animatsiya ekanligi darrov namoyish etiladi va belgilangan yoki aktiv slaydlar uchun qo‘llaniladi. Animatsiyalar ro‘yxatining pastki qismida joylashgan “Primenit ko vsem slaydam” tugmachasini bosish bilan tanlagan animatsiyamizni hamma slaydlar uchun qo‘llashimiz mumkin. “Prosmotr” tugmachasini bosish bilan yana bir bora slaydimizga kiritgan animatsiyani ko‘rishimiz mumkin. “Pokaz slaydov” tugmachasining vazifasi esa qilingan ishlarni namoyish etish, ya’ni katta ekranda ko‘rsatishdir. Ushbu amalni klaviaturada [Shift+F5] tugmachasi bajaradi. E’tibor beradigan bo‘lsak, oynaning pastki qismida joylashgan “Avtoprosmotr” bo‘limiga belgi qo‘yilgan holatda turibdi. Agar biz ushbu belgini olib qo‘yadigan bo‘lsak, animatsiyani tanlashimiz bilan uning qanday animatsiya ekanligi bizga namoyish etilmaydi.
Download 40.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling