Ishning maqsadi: Ochiq kon ishlari elementlari to‘g‘risida tushunchaga EGA bo‘lish va ularning grafik tasvirlanishi bilan tanishish


Download 34.1 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi34.1 Kb.
#1620291
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy ish №2


amaliy mashg‘ulot №2.
Mavzu: Tabiiy resurslarni qazib olishda ochiq kon ishlari elementlarining grafik tasvirlanishi.
Ishning maqsadi: Ochiq kon ishlari elementlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish va ularning grafik tasvirlanishi bilan tanishish.
Bevosita er yuzasidan foydali qazilmalarni qazib olish uchun bajariladigan kon qazish ishlari majmui ochiq kon ishlari deb yuritiladi.
1.1 Ochiq kon ishlarining tabiiy sharoitlarga bog‘liqligi
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish iqtisodiy samaradorligini asoslashga qator tabiiy, kon-texnik, iqlimiy kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan asosiylari: kon er yuzasining relefi, konning er yuzasiga nisbatan qanday chuqurlikda joylashganligi, ruda tanasining yotish burchagi, foydali qazilma yotqizig‘ining qalinligi, shakli, gidrogeologik sharoitlari va boshqalar.

1-rasm. Foydali qazilma koni xududi relefining ko‘rinishlari: a-tekislik; b-nishab; d - ko‘tarilma; e - baland-pastlik; f- suv yuzali (yotqiziq suv ostida).
Konlar er yuzasiga nisbatan yuzaki (qoplama jinslar qalinligi 20 - 30 m gacha), chuqurlikda (qoplama jinslar qalinligi 40 m dan ko‘p), balandlikda va chuqurlik-balandlikda joylashgan bo‘lishi mumkin.
YOtish burchagi bo‘yicha foydali qazilma yotqiziqlari gorizontal, yotiq, qiya va o‘ta qiya bo‘ladi. YOtish burchagi 10° gacha bo‘lgan yotqiziqlar gorizontal va yotiq deb yuritiladi. Gorizontal va yotiq kon yotqiziqlarini qazib olishda qazishdan bo‘shagan maydonlardan qoplama jinslarni joylashtirish uchun foydalaniladi
(2 - a rasm).

2- rasm. Karerning ko‘ndalang kesim sxemalari.
YOtish burchagi 10°-30° bo‘lgan yotqiziqlar qiya kon deyiladi. Bunday konlarni qazib olishda yotqiziqning yotish yoni karerning ishlamaydigan yonbag‘irini (bort) tashkil qiladi va qazishdan bo‘shagan maydonga qoplama jinslar to‘kilmaydi. YOtish burchagi 30° dan katta bo‘lgan yotqiziqlar o‘ta qiya konlar deb ataladi va yotqiziqning har ikkala yonini tashkil qilgan qoplama jinslar qazib olinib, foydali qazilma zaxirasi qazishga tayyorlanadi. Bunday konlarni qazib olishda qazishdan bo‘shagan maydonga qoplama jinslar to‘kilmaydi (2-b,d rasm).

Download 34.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling