Ishning maqsadi: Ochiq kon ishlari elementlari to‘g‘risida tushunchaga EGA bo‘lish va ularning grafik tasvirlanishi bilan tanishish
Download 34.1 Kb.
|
Amaliy ish №2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Pog‘ananing asosiy elementlari
- Ekskavator kovjoyi (zaboy
1.2. Pog‘ona va uning elementlari
Foydali qazilmalarni, qoplovchi va o‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslarini qazish ishlari tabaqalangan holda yuqoridan pastga qarab olib boriladi. Natijada qazish ishlari olib borilayotgan tog‘ jinslari massivi pog‘ona shaklini egallaydi. Alohida qazish, yuklash va tashish vositalariga ega bo‘lgan (ta’minlangan) va pog‘ona shaklidagi ishchi yuzaga ega bo‘lgan tog‘ jinsi qatlamining bir qismiga pog‘ona deyiladi. Pog‘onaning qazib olingan tomoni bo‘yicha burchak ostida chegaralovchi qiyalik pog‘ona qiyaligi deyiladi. Pog‘ona qiyaligini uning ostki va ustki maydonchalari bilan kesishgan chizig‘iga mos ravishda ustki va ostki qirralar deyiladi. Pog‘ona balandligi Nu ish olib borish havfsizligini hisobga olgan holda o‘rnatiladi va ekskavator o‘lchamlari hamda tog‘ jinslarining fizika-texnik xususiyatlariga bog‘lik bo‘ladi. Ko‘plab karerlarda pog‘ona balandligi 10-15 m ni tashkil etadi, ba’zan esa 20-40 m ga etadi. Ish olib boriladigan pog‘onani uning balandligi bo‘yicha chegaralovchi gorizontal yuzaga ustki va ostki maydonchalar deyiladi. Qazib olish uchun mo‘ljallangan jihozlar (burg‘ulash dastgohlari, ekskavatorlar, transport vositalari va b.) joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydon kengligi SHr.p. 40-70 m ni tashkil etadi. Agar maydonda kon ishlari to‘xtatilsa, u holda ish olib borilmaydigan maydon deyiladi. 3-rasm. Pog‘ananing asosiy elementlari: 1,2 - pog‘onaning ustki va ostki maydoni; 3,4,5,6 – kirma (zaxodka)lar; 7 - pog‘ona qiyaligi; 8 - pog‘ona ustki qirrasi; 9 - pog‘ona ostki qirrasi; 10,11 – ko‘mir va qoplama jinslar kovjoyi (zaboy); 12 - ish frontining siljish yo‘nalishi; 13 – kovjoy kirmasining siljish yo‘nalishi; 14 - portlashdan keyingi jinslar uyumi; 15 – temiryo‘l transportiga ekskavator yordamida tog‘ jinslarini yuklash; 16 – kirmani portlatishga tayyorlash. Ekskavator kovjoyi (zaboy). Pog‘ona odatda ketma-ket ravishda parallel tasmalar (polosa), 10-20 m kenglikdagi ba’zan esa undan kengrok bo‘lgan kirma (zaxodka)lar A bilan qaziladi. Kirmalarning boshi berk (torets) qismi kovjoy 1 (zaboy) deyiladi. Kovjoyda bevosita foydali qazilma yoki qoplovchi jinslarni qazish-yuklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada kovjoy siljib boradi va kirma (zaxodka) qazib olinadi, so‘ngra esa yangi kirmaga (zaxodka) o‘tiladi. a Юмшоқ тоғ жинсларида экскаватор ковжойи. Download 34.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling