Ishning maqsadi: Polimer materiallar ishlab chiqarishda ekologik muammolar va ularning yechimini izlashdan iboratdir


Download 14.43 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.43 Kb.
#1623734
Bog'liq
Ishning maqsadi


Ishning maqsadi: Polimer materiallar ishlab chiqarishda ekologik muammolar va ularning yechimini izlashdan iboratdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi va yechildi:
- Polimer kompozitsion materiallardan oziq-ovqat sanoatida qo`llashning ekologik muammolari va ularning echish yo`llari;
- Plastmassa chiqindilarining atrof-muhitga ta’siri;
- Sun’iy tolalar ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnologik va ekologik muammolar va ularni hal etish yo`llari;
- Suvda eruvchan polimerlar, ularning xossalari va qo`llanish soxalarida yuzaga keladigan ekologik muammolar va ularning echimi;
Ishning yangiligi: Polimer materiallar ishlab chiqarishda ekologik muammolar va ularning yechimini topoish bo’yicha ishlarni o’rganish va undan hayot davomida foydalanish ishning yangiligi sanaladi
Ishning amaliy ahamiyati: Hozirgi vaqtda davlatimiz ta’lim uzliksizliga va takomillashuvi uchun asosiy kafil bo`lib turgan vaqtda raqobatdosh ta’lim tizimini joriy etmoq zarur. Shu bois hozirgi kimyo o`qituvchisining bugungi kunda dars berish samaradorligi davrning muhim masalalarini hal etishda kimyo fanining roli, tabiiy resurslarni asrash, suv, havo va tuproqning sifatini asrash, ekologik normalar va ularga rioya qilish, qisqasi ekologik bilim, tarbiyani qo`shib olib borishdir. Buning uchun o`qituvchi o`z fanini sevishi, ekologiyaga oid adabiyotlar bilan yaqindan tanish bo`lishi kerak.
Ekologik normalarga rioya qilish o`quvchilarni tabiiy boyliklardan tejabtergab foydalanish ma’suliyatini oshirishga, bu boyliklarni saqlash va ko`paytirish ruhida tarbiyalashga undaydi. Har bir o’quvchi ozi yashayotgan tuman, o`lka 6 ekologiyasi bilan tanishadi. O`z joyining tabiiy kompleksi uchun ekologik normalarga amal qilishga harakat qiladi. Boshqalardan ham shu normalarga amal qilishini talab eta boshlaydi. Shu bilan birga o`quvchi oz Vataniga mehr, uning tabiiy boyliklariga hurmat hissi bilan qarashga tarbiyalashda bitiruv malakaviy ishda o`rganilgan va to’plangan ma’lumotlardan kimyogar pedagogning foydalanishi muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Ishning hajmi va tuzilishi Bitiruv malakaviy ishi 65 betdan iborat bo’lib, kirish, 3 ta bob, xulosa hamda foydananilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Birinchi bo’limda O`zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolari.
Ikkinchi bo’limda Polimer materiallar ishlab chiqarishda ekologik muammolar va ularning yechimi, yani polimer kompozitsion materiallardan oziqovqat sanoatida qo`llashning ekologik muammolari va ularning echish yo`llari, plastmassa chiqindilarining atrof-muhitga ta’siri, sun’iy tolalar ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnologik va ekologik muammolar va ularni hal etish yo`llari, suvda eruvchan polimerlar, ularning xossalari va qo`llanish soxalarida yuzaga keladigan ekologik muammolar va ularning bayon etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining oxirida bajarilgan ishlar bo’yicha xulosa qilingan. Shu bilan birga foydanilgan adabiyotlar ro’yxati ko’rsatilgan.
Download 14.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling