Ishning nazariy mazmuni
Download 1.47 Mb.
|
Amaliy ish
ISHNING AMALIY MAZMUNI
Arduino Uno platasi Arduino Uno - bu kontroller ATmega328 mikrokontrolleri asosida yaratilgan bo'lib, platforma 14 ta raqamli kirish/chiqish,(ulardan 6 tasi Keng implusli modulyatsiya sifatida foydalanish mumkin), 6 analog kirish, 16MGsli kvarsli generator, USB porti, kuchlanish porti, ICSP porti va qayta yuklash tugmasidan iborat. 1-rasm. Arduino Uno platasi "Uno" so'zi italyanchada bir degan ma'noni anglatadi.Bu bejis emas, Arduino Uno yaratuvchilari bu yangi kontroller Arduino kontrollerlar oilasida yangi burilish va yangi flagman yara tishga harakat qilishgan va buni uddalaganlar. Sababi, Arduino Uno Arduino kontrollerlar oilasidagi boshqa "aka"lariga nisbatan ancha ixcham, qulay, tez, oddiy va albatta arzonroq hisoblanadi. Bundan tashqari, Arduino Uno qurilmasi unga ulangan USB yoki tashqi manbadan kuchlanish olishi mumkin.Bunda, agar manba bir nechta bo'lsa, ulardan biri avtomatik tanlanadi. Arduino Uno kontrolleri asosi ATmega328 mikrokontrolleridan tashkil topgan.Bu mikrokontroller 32 kB flesh xotiraga, undan 0.5 kB qismi yuklovchi uchun ajratilgan, bundan tashqari 2 kB tezkor xotiraga va 1 kB EEPROMga ega. 14 ta raqamli chiqishning har biri yoki kirish yoki chiqish uchun sozlash mumkin. Bunda pinMode(), digitalWrite() va digitalRead() funksiyalaridan foydalaniladi. Bunda har bitta chiqish joyi 20-50 kOm qarshilikka va 40 mAgacha tok kuchi o'tkazishi mumkin. Platada mikrokontrollerni qo’llab quvvatlash uchun hamma imkoniyatlar mavjud.U bilan ishlashda mikro-USB orqali kompyuterga ulansa bo’ladi, yo’ki AC/DC orqali elektr ta’minot bilan yo’ki batareyka bn ulash mumkin. DMA kontroller, markaziy protetssorni intensiv operatsiyalardan yuklaydi. O'rnatilgan tizimlarda Proteus dasturiy ta'minoti asosan sxemalarni loyihalash, komponentlarning to'g'ri joylashishi va ulanishi, tenglikni joylashuvi, simulyatsiya va boshqalar uchun ishlatiladi. Bizning muhitimizda o`rnatillgan tizimlarda ishlatiladigan dasturiy ta'minot juda ko'p, Proteuslar oilasida ko'plab versiyalar mavjud, bugungi kundagi so'nggi versiyalar Proteus 8.6, 8.7, so'ngra Proteus 8.8 ning so'nggi versiyasi. Proteus 8.8 dasturi kuchliroq, yangi xususiyatlarga ega va oldingi versiyalarga nisbatan takomillashtirilgan, masalan, barcha turdagi OS (Windows XP / 7/8/10) bilan ishlaydi, 2 Gb tezkor va boshqa ko'plab funktsiyalar bilan ishlaydi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling