Is’hoq Abdulla she’rlari onamga umr olaman


Download 99.72 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi99.72 Kb.
#1307460
Bog'liq
Is\'hoq Abdullayev she\'rlari


Is’hoq Abdulla she’rlari

1.ONAMGA UMR OLAMAN


Betobi bo'lmagan, qariligi yo'q,


Darmoni mustahkam bozor boraman.
Koyimang, birodar, o'zim uchunmas,
Onamga chiroyli umr olaman.

Bormikan bozorda umr sotguchi,


Har kimdan so'rayman, topmay qolaman,
Narhi qimmat bo'lsa, jonim berayin,
Onamga chiroyli umr olaman.
Oyog'i bukilib, munkib qolibdi,
Sezmayin yurgan-a, qanday bolaman.
Gar bugun bo'lmasa, erta topilar,
Onamga chiroyli umr olaman.

Bir bo'lak nonga ham tishi o'tmaydi,


Ko'rganda qayg'urib, itday tolaman,
Tishlari mustahkam, tanda kuchi bor,
Onamga chiroyli umr olaman.

Qandayin umrdir, beringiz, mayli,


Ichiga mehrni to'kib solaman.
Yashasin otamning sirdoshi bo'lib,
Onamga chiroyli umr olaman.

"Chopon bo'lsaydim-a, kiyib ko'r, bolam,


Qismatim bilarding, qanday onaman".
Shu so'zni aytguncha soat o'tadi,
Onamga chiroyli umr olaman.

Yo xudo, o'zingmi umr berguchi,


Duoda o'lguncha so'rab qolaman.
Ozgina umr ber mehribonimga,
Onamga chiroyli umr olaman.

Bir bo'lak nonga ham tishi o'tmaydi,


Ko'rganda qayg'urib, itday tolaman,
Tishlari mustahkam, tanda kuchi bor,
Onamga chiroyli umr olaman.
2.DO'STIM, SIZ HAM YASHAYAPSIZ

Qaro ko'zlar kutib-kutib,


Uzun yo'lda qolib ketsa,
Izlayverib kimlarnidir
Bu oyoqlar tolib ketsa,
Daydi shamol nelarnidir
Ko'nglingizga solib ketsa,
Demak, biling,
Do'stim, siz ham yashayapsiz.

Birda yig'lab, bir navbatda suyunsangiz,


Beburdlarning taqdiriga kuyunsangiz,
Kimga yaxshi, kimga yomon tuyulsangiz,
Demak, biling,
Do'stim, siz ham yashayapsiz.

G'iybatlarga arziydigan zot bo'lsangiz,


Nodonlarning davrasiga yod bo'lsangiz,
Qanoti yo'q, ammo uchqur ot bo'lsangiz,
Demak, biling,
Do'stim, siz ham yashayapsiz.

Baxt bor joyda bekor g'avg'o qilmasangiz,


Naqd bor joyda o'lik savdo qilmasangiz,
Avval kechib, o'ksik navo qilmasangiz,
Demak, biling,
Do'stim, siz ham yashayapsiz.

Bir kun kulsa orzudagi bulbulingiz,


Uzoq chopsa, og'ildagi duldulingiz,
So'zim tinglang, yaratganga bo'ysuningiz,
Biling, do'stim bu dunyoda yashayapsiz.

Har xil sinov chiqib qolsa yo'lingizdan,


Iymoni yo'q tutib olsa qo'lingizdan,
Dard quvlasa o'ng tomon yo so'lingizdan,
Demak, biling,
Do'stim, siz ham yashayapsiz.

Osh-taomga suqulguvchi sherik chiqsa,


Vada bergan do'stlaringiz o'lik chiqsa,
Yov-dushmanlar tegirmondan tirik chiqsa,
Demak, biling,
Do'stim, siz ham yashayapsiz.

Onangizdan o'zga sizni tushunmasa,


Suyukli yor siz tomonga qayishmasa,
To'y bo'lsa gar, ismingizni aytishmasa,
Demak, biling,
Do'stim, siz ham yashayapsiz.

Taqdir kulsa ustingizdan tarasha deb,


Arzon kiyim qomatiga yarasha deb.
Yuzingizni yerga ursa qoracha deb,
Demak, biling,
Do'stim, siz ham yashayapsiz.

Eng buyuk ish: ne bo'lsa ham yashamoqdir...


3."SHOIR BO'LDIK SIZDAN AYRILIB"

Ishq mozorda bir gap aytdingiz,


Tikka boshlar ketdi qayrilib.
Shu ketishda zo'r alam bilan
"Shoir bo'ldik sizdan ayrilib".

Musht yurakni yulib o'rnidan,


Ilib qo'ydik mozor toqiga.
Toki ko'rib o'rnak olishsin,
Saboq bo'lsin odam sog'iga.

Biz bilmabmiz, bilmay kiribmiz.


Alaf bosgan sevgi bog'iga.
Tarallo deb dilni quvnatib,
Go'sht bo'libmiz issiq yog'iga.

Endi nima bo'lsa bo'lsin-u,


Sizning baxtga g'ubor tegmasin.
Bizga kelsin barcha kulfatlar,
Sizning boshni sarob egmasin.

Shunday yashang qismat yonida,


O'zga kaslar qovrilib ketsin.
Bizday beburd bo'lmang hech qachon,
Tugallikka, axir, ne yetsin!

Ishq mozorda bir gap aytdingiz,


Tikka boshlar ketdi qayrilib.
Shu ketishda zo'r alam bilan
"Shoir bo'ldik sizdan ayrilib"
4.Poyezd....
Chopqilab boradi, to'htamas bir zum,
Ortidan yugurmam, foydasi yo'q hech.
Uzun na'rasini tortib qo'yadi,
Aytganday bo'ladi: endi juda kech.

Ichida oydayin dildor ketadi,


Chap qo'lin barmog'i tillolarga boy.
Bir ko'zda kulgu-yu bir ko'zida yosh,
Aytganday bo'ladi, oshig'imga voy.

Poyezd ortlaridan yelib boraman,


Hoy temir og'ajon, to'htagil bir zum.
Bir so'zim qoldiku, sevaman degan,
Endi qabr uchun kovlayinmi qum?!

Men sodda, no'noqman bir bor aytmadim,


Ayta olmadim ham suyganligimni.
Tor ko'cha bo'yida birov gap otsa,
Ayta olmadim ham kuyganligimni.

Sevgimni qog'ozga muhrlab yurdim,


Joning yo'qmidi-ya, aytolsang, Is'hoq?
U ham suygandiku telbalar bo'lib,
Har kuni yo'lingga bo'lganku mushtoq.

Onamga suratin ko'rsatgan edim,


Erta boraymi, deb so'ragandilar.
Laylingning siyrati kamnamoku, deb,
Ikkimiz, duoga o'ragandilar.

Tush ko'rsang, tushingda ro'mol bergandi,


Oling, og'a, deya uyalib, kulib.
Mana kutib-kutib, ketdi uzoqlab,
Ko'zlari daryoga limmolim to'lib.
Mana temir yo'lda chopib ketyapman,
Balki, ohirgi bor chopishimdir bu!
Endi u yo'q ekan, hilqat ne kerak?
Balki, hayot yo'lin yopishimdir bu!

Poyezd......


Chopqilab boradi, to'htamas bir zum,
Ortidan yugurmam, foydasi yo'q hech.
Uzun na'rasini tortib qo'yadi,
Aytganday bo'ladi: endi juda kech.

5.IT BOLASI


Qor sebalab chiqqan sahardan,


Sergaklatdi kuchuk nolasi.
Borib ko'rsam yotar bemajol,
Jon beribdi itim bolasi.

Kecha bo'ron turgan vaqtida,


Qor ostida qolib ketibdi.
Daraxt shoxi sinib ustiga,
Qovurg'asin bosib ketibdi.

Itim bo'zlar farzand dog'ida,


Chora topmay so'ngsiz uvullab.
Endi nima qilar bilmayin,
Yurakkinam ketdi shuvullab.

O'ra qazib ko'mdik avaylab,


Belgi qo'ydik daraxt shoxidan.
Tanam titrar, sovuq sezilmas,
Itning tortgan faryod, ohidan.

Ona silab qabr ustini,


Ohirgi bor mehr berardi.
Men avvalroq mehr bersaydim,
Kuchuk hozir o'ynab yurardi.

Itim qarar menga jovdirab,


"Uycha qursang, axir, netardi?"
Shu jumlani ko'rdim yuzida,
Mendan rosa g'amg'in bo'lardi.

Mehr kerak, dedim o'zimga,


Hayvonotmi, balki odamzod.
Gar vaqtida bera olmasang,
Tirik-o'lik kelasi avlod.
Is'hoq Abdulla

6.. KO'RGIN


Ko'rmasang gar ko'r dunyoning in'omini,


Bog' aro bulbul bo'lib sayrab ko'rgin.
Shunda ham ojiz bo'lsang, peshona sho'r,
Taqdiringga yozganini naylab ko'rgin.

Bir nafaslik yo'l uchida turganingda,


Yo'q bo'lsa ham tillaringni sozlab ko'rgin.
Sharm parda oyog'ingdan tutib qolsa,
Peshonaga yozganini bo'zlab ko'rgin.

Har nuqtada bir ilinj bor deyishadi,


Ko'zing ko'rgan har qorani yo'qlab ko'rgin.
Joning bormi ilojing bor andakkina,
Chin bo'lmasa xaloyiqqa do'qlab ko'rgin.

O'lim haqdir, tovoningdan chalib ketar,


O'shangacha maqsadingni ovlab ko'rgin
Qurbing yo'qmi? Ishing nosoz, ket bu yerdan,
Bir o'zingga bir qabrni kovlab ko'rgin.
7.KABOB

Kabob tayorlandi barra go'shtidan,


Odamlar maqtashib paqqos tushirdi.
Birov yonboshladi qorin uqalab,
Birov chekib-chekib kulin uchirdi.

Kabobku barchaga ma'qul bo'lgandek,


Hammasi talashib, to'ygancha oldi.
Vale bitta ona qo'ra ichidan,
Bolasin go'shtiga termulib qoldi.
8.LATTA SHOIR

Zuhrosiga mahliyoni,


Oshiq Toir deyisharmish.
Meni ko'rgan sho'x qizchalar,
Latta shoir deyisharmish.

Men sodda, go'l, ko'z o'ynatsa,


Qaramasdan o'tarmishman.
Bir chekkada, bir bechora,
Qaysi tulni kutarmishman.

Yerga urmang, go'zal qizlar,


Tulga qiyo boqqanim yo'q.
Muhabbatning daryosida,
Hali beri oqqanim yo'q.

Sizday sanam menga nazar,


Tashlagani sharaf bo'lmish.
Qaqshatmangiz qon yurakdan,
Tanam bo'lak taraf bo'lmish.

Tog'-u toshda ot o'ynatib,


Yurganlarim yaxshi edi.
Tug'ilgandan tinglar navo,
Do'mbirada baxshi edi.

Ramantika, deysiz kelib,


Neligini bilmam uni.
Polizdagi qovunmi yo?
Ochqolmasam tilmam uni.

Uyda yangi buzog'im bor,


Ko'zi xushro'y, dum-dumaloq.
Ko'zingizga o'hshab ketar,
Sizning ko'z ham yum-yumaloq.

Ko'rganmisiz archazorda,


Qo'shaloq ot turganini?
Ikki toyga elakishib,
Ikki dildor yurganini.

Ana uni sevgi deydi,


Ikki hilqat muhabbati.
Suymoq oldin sezdingizmi?
Muhabbatning ko'p zahmati.

Yerga urmang, bo'y-bo'y qizlar,


Gulga qiyo boqqanim yo'q.
Hech go'zalning barmog'iga,
Tilla uzuk taqqanim yo'q.

9.QISHLOG'INGIZ KO'CHALARIDA...


Qalbim qishlog'ingiz ko'chalarida,


Tentirab yurganmish ashula aytib.
Go'zal xusningizni bir ko'rsam, debdi.
Shuncha imladim ham kelmadi qaytib.

Qo'lida dutori ohanraboday,


Har kimni o'ziga tortib yurganmish.
Kechasi iymanib ostonangizda,
Chodirga o'ranib yotib yurganmish.

Qalbimga berahm bo'lmang, dilorom,


Sizni gulzoriga chorlab yurganmish.
Uyingiz ichidan ro'mol o'g'irlab,
Yorim berdi, deya bog'lab yurganmish.

Shirin uyqularda yotganingizda,


Termulib-termulib uchib yurganmish.
Visol sharobidan mosivo bo'lib,
Armon sharobidan ichib yurganmish.

Sizdayin xurliqo topmay dunyodan,


Borliq jahonidan kechib yurganmish.
Sizga yetolmasam ketarman, deya,
Oq surpdan kafanin bichib yurganmish.

Qalbim qaytib kelsin qo'lingiz tutib,


Taqdir sinovlarin qayrab turganmish.
Kechikmay diydorning qo'lidan tuting,
Diydor ketarman, deb sayrab turganmish.

Keling chigallikni birga yechaylik,


Olloh ikkimizni qo'llab turganmish.
Farishta, maloik zaminga kelib,
Biz uchun iqbolni so'rab turganmish.

Is'hoq Abdulla

10.QAYRAG'OCH TAGIDA

Izg'irin shamolga ko'ksini ochib,


Qayrag'och tagida bir qiz o'tirar.
Ichidan bir to'fon toshib keladi,
Ikki ko'z kosasin namga to'ldirar.

Qo'lida nima bor? _Oddiy oq qog'oz.


Bo'sh-bayov yigitning yozgan she'rlari.
Yuziga surtadi balki, yozgan vaqt
Yuzidan tomgandir marjon terlari.

Ko'zlarini yumib sochin siypalar,


Tasavvurda bu qo'l uning qo'llari.
Qaddini cho'zadi so'qmoq yo'llarga,
Go'yoki bu yo'llar uning yo'llari.

Nohasdan bir pichoq tanga qadalar,


_Nima u? _Oq qog'oz aytgan so'zlari.
Tuproqni uqalab o'pmoqda. _Nega?
_Qarasam, birovning bosgan izlari.

_Nega jimib qoldi? _ O'yga tolmoqda,


O'y asli kimniki? _ Begonaniki.
Bu qizcha kim o'zi? Kimga tegishli
_Tangri yaratmagan devonaniki.

Oh erkam, erka qiz, qalbing bunchalar


Past bo'ldi visolning ostonasidan.
O'zingni otibsan yulqib, yulmalab,
Sarsona muhabbat koshonasidan.
11.AFRIKALIK BOLADAN...

Ajabo, tug'ildim qora o'lkada,


Suyagim terimga yopishgan ko'yi.
Ustimda kiyim yo'q, mato: juldurlar
Belimdan pastlashib turadi quyi.

Bo'yim ham pakana, boshda sochim yo'q,


Tishlarim egridir, qaddim bukilgan.
Uyimiz yer to'la, qumning ostida,
Eshigi qamish-u hasdan tikilgan.

Bizning pulimiz yo'q, nima o'zi u?


O'zimiz ishlaymiz, Vayo quramiz.
Bizda bir panoh bor, u ham onamiz,
Har tongda ochlikdan yig'lab turamiz.

Oltin, olmos nima? Bizga oddiy tosh,


Ularni quchoqlab tashib yurmaymiz.
Bugun yaxshi o'tsa, oliy maqsad shu,
Ertangi kunni hech o'ylab ko'rmaymiz.

Dunyo bermasa ham shu o'ksik boshga,


Vale yurak berdi bitta ulug' zot.
Bu yurak hasislik bilmaydi sira,
Har qarich qismida inson qadri yod.

Boya aytganimday bugun o'tsa bas,


Nafsimiz tiyolmay chopib yurmaymiz.
To'g'ri, erta uchun yemak yig'ilar,
Vale halovatdan judo bo'lmaymiz.

Birov-birovimiz aldamaymiz biz,


Aldasak tengimiz sakson darradir.
O'g'irlik qilmaymiz, qilsak mobodo,
Qo'l kunda ustida, chopar boltadir.

12.ЎЗБEГИМ


Қўлида оҳирги ушоғини ҳам


Мискинга саҳоват этган, ўзбегим!
«Чет эллик дўстларга ёрдам берай» деб,
Москва, Сибрга кетган, ўзбегим!

Бешикда боласин, уйда онасин,


Соғиниб, интизор кутган, ўзбегим!
Мусофир нонини чангалда тутиб,
Аччиқ азобларни ютган, ўзбегим!

Даврони бор эди, ёри бор эди,


Баридан узоқда юрган, ўзбегим!
Тушида кўрмаган сарой, қасрни,
Россия элида қурган ўзбегим!

Танти, роса танти менинг бу элим,


Ўз вақтин ўзгага берган, ўзбегим!
Ўлмасдан аввали мусофирликда,
Иложсиз, қабрга кирган, ўзбегим!

Уйида мошина, «мерси» турганда,


Петрда арава сурган ўзбегим!
Тенгқури уйланиб бола кўрганда,
Сўққабош, жуфтисиз юрган, ўзбегим.

Бир вақтлар зар чопон кийиб юрарди,


Eнди «маҳоркани» кийган, ўзбегим!
Ширин таомларни егиси келса,
Қўй дея томоғин тийган, ўзбегим!

Новвой тандиридан узилган нонлар,


Оғзига солмоқлик армон, ўзбегим!
Жонига оройиш тополмаганда,
Ўриснинг «доллори» дармон, ўзбегим!
Ғайридин устидан кулиб юрганда,
Ҳазил деб ўйлаган, содда ўзбегим!
Халқингчи? сен дея уйқу кўрган йўқ,
Доимо хотирда, ёдда, ўзбегим!

Уйингга қайт, дўстим, уйларингга қайт,


Минг жоним жонингга фидо, ўзбегим!
Бизда ҳам юксалиш даври келмоқда,
Ўзиннга эҳсон қил, гадо ўзбегим!

13.QO'YMAY QISTADING


Yurak, oshnaginam, yo'ldan adashding,


Bahavo joylardan bekor kechibmiz.
Dalada qo'y boqib yursak yaxshiydi,
Do'stim, bu shaharga bekor kelibmiz.

Qishloqda har kimning ko'ngli pok, ochiq,


Ko'rmas edik hecham xazonli kuzni.
Mashhur bo'lamiz deb, qo'ymay qistading,
Bu yerda itlar ham tanimas bizni.

Uyda non yopardi onam bechora,


Birda oq non yerdik, birida qora.
Bu yerda "buhonka" yeysan bezillab,
Chidamoqdan o'zga bormikan chora?!

Qishloqning qizlari boshqacha edi,


Xandon otib kulib boqardi yuzga.
Shaharning qizidan qo'rqib qoldim men,
Salom bermoq tugul, qaramas bizga.

Charchasang to'rtta do'st, bir piyola choy,


Majnuntol tagida gaplashar edik.
Shaharda qo'shnisin tanimas emish,
Qishloqda dard kelsa dardlashar edik.

Tunov kun bir bobo kelin to'y qildi,


Bir devor orqada aza, maraka.
Bir tomon to'yxona izlab yo'l soldi,
Bir tomon qabriston ketdi qara-ya!

Shahar odamlari juda antiqa,


Qardoshdan o'zgaga baxt ko'rmas ravo.
Qishloqda begona insonlarga ham,
Qaramay o'tishmas, bo'lmas beparvo.

Hali ham kech emas, yurgil ketaylik,


Kech bunday mashhurlik istibdodidan.
O'zimiz bilganday yashaymiz borib.
Kechaqol bu shahar hukmdoridan.

14.SHAHAR VA QISHLOQ


Shahardagi do'konlaringda,


Qarzga savdo qilib bo'lmaydi.
Shahar tili juda dilrabo,
Qishloqcha so'z aytib bo'lmaydi.

Taniysan qishloqda yetti ovulni,


Shaharda qo'shningni tanib bo'lmaydi.
Yurasan qishloqda tarallo, yallo,
Shaharda bir tinsiz yurib bo'lmaydi.

Bayramda mayofka, tog'ni kezasan,


Shaharda narvonga chiqib bo'lmaydi.
Zeriksang har uyga o'zni urasan,
Shaharda so'roqsiz kirib bo'lmaydi.
To'y bo'lsa qishloqda, ovul oshasan,
Shaharda to'yxona: ko'rib bo'lmaydi.
Qishloqning qizlari milliy kiyimda,
Shaharda tor shimga qarab bo'lmaydi.

Taniysan qishloqda yetti ovulni,


Shaharda qo'shningni tanib bo'lmaydi.
Yurasan qishloqda tarallo, yallo,
Shaharda bir tinsiz yurib bo'lmaydi.
15.MAJBURSAN...

Kuraging yer o'psa xoinlik bilan,


Sharmanda deyishsa shoirlik bilan,
Eldan yulishsalar yog'iylik bilan,
Yurmoqqa majbursan, turmoqqa majbur.

Bir go'zal xushingni olsa noz etib,


Dutorin chertsa-yu muqom, soz etib,
Besh kunlik umringni ozdan oz etib,
Sevmoqqa majbursan, kuymoqqa majbur.

Hayodan yulishsa isnoti deya,


Savlatdan o'zga yo'q bisoti deya,
Har dam qayrilgandir qanotim deya,
Jimgina ketmoqqa majbursan, majbur.

O'zgalar rostgo'ydir, sen esa bo'hton,


Sen ko'za sopolsan, o'zgalar guldon,
Aytgan gaplaringiz ma'qul deb chandon,
To'g'ri deb qaytmoqqa majbursan, majbur.

Pinhona ish qilgan doimo boydir,


Yegani, ichgani to'htamas soydir,
Oshkora gunohdan yuzlaring loydir,
Yuvmoqqa majbursan, artmoqqa majbur.

Kimlarning poyida xor-u nokassan,


Kim uchun ushalmas orzu-havassan.
Daryo o'rtasida qolgan abassan.
Tonmoqqa majbursan, kulmoqqa majbur.

Gunohing ko'p erur o'ng-u so'lingda,


Baxtni tepib o'tding yurgan yo'lingda,
Endi hech vaqo yo'q jonsiz qo'lingda,
Qochmoqqa majbursan, ketmoqqa majbur.

Bor gapni ba'zida qog'ozga o'rab,


O'z mulking ruhsatin o'zgadan so'rab,
Tilingni ko'makay joyidan burab,
Kesmoqqa majbursan, uzmoqqa majbur.

O'zing istaganday yurib-yurolmay,


Joning bor, valekin joydan turolmay,
Haqiqiy insondek hayot qurolmay,
Ba'zida yashashga majbursan, majbur.

16.YOVVOYI YIGITMAN


Yovvoyi yigitman, yovvoyi yigit,


Hurkaman chiroyli, guldek qizlardan,
Yuragim qo'rquvdan yorilay, deydi,
Ko'rganda ko'rkam ul o'zbek qizlardan.

Nesini aytayin, o'h sanam qizlar,


Shoirning qalbini qaltiratasiz.
Bechora so'zini eplab aytolmas,
Faqat hayolini yaltiratasiz.

Siz uchun hadya, deb uchib-qo'naman,


Olgan sovg'alarim qo'lda qoladi.
O'rislar tug'magan bunday dildorni,
Yevropa qizlari yo'lda qoladi.

Begona millatga suqlanib boqsam,


Ko'zdagi yoshingiz duv-duv oqadi.
Yuzda dog'ingiz-u qo'lda ketmonmi,
Shundayin holingiz menga yoqadi.

Faqat qog'oz rangin qora qilaman,


Ichingizda, og'a, charchading, deysiz.
O'z yonimga kelib aytmasangiz ham,
Xudodan so'raysiz, g'amimni yeysiz.

Uzoq-uzoqlardan sizni so'rayman,


Salom-alik uchun olam kuch kerak.
Bir qarab tabassum hadya etsangiz,
Qotaman ko'rsangiz misoli terak.
Orttirib-bo'rttirib yozibdi, dersiz,
Meni bilganlardan bir so'rab ko'ring.
Menga ijod bergan, lek til bermagan,
Ko'ngil dunyoimga bir qarab ko'ring.

Afandi mullodek kulib yursam ham,


Aslida olamim juda o'zgacha.
Biroz bolaroqman, biroz yosh bola,
Kattarib qolarman so'nggi yozgacha.

Yovvoyi yigitman, yovvoyi yigit,


Hurkaman chiroyli, guldek qizlardan,
Yuragim qo'rquvdan yorilay, deydi,
Ko'rganda ko'rkam ul o'zbek qizlardan.
17.× × ×

Boshiga qo'ngan qushni,


Tutolmagan bechoradur.
Olloh o'zi bermam, desa,
Ayting, axir, na choradur?

Har ishniki donish bilan


Bajo qilmas devonadur.
Devonalar na aylasin?
Undan aql begonadur.

Har yo'lgaki burun suqqan,


Yo'l topolmas ovvoradur.
Tangri qismat bitib qo'ysa,,
Ovvoralar vayronadur.

Nojoiza so'zni aytgan,


Tili uzun dilporadur.
Uzun tilda ne ayb bor?
So'zni tuqqan dil qoradur

Ishq qo'lini tutganlari,


Bir-biridan uluvroqdur.
Qaytsa yo'ldan, iroda sust,
Eshshak andin avloroqdur.

Oz mehnatga ko'p kerilgan,


Shayton uchun tavallodur.
Qiyomatda javob topmay,
Dod, deydigan vovaylodur.

O'zga aybin yashirganing,


G'affor aybin yashirgaydur.
Birin o'ngga tenglashtirib
Barakasin oshirgaydur.
Boshiga qo'ngan qushni,
Tutolmagan bechoradur.
Olloh o'zi bermam, desa,
Ayting, axir, na choradur?
18.* * *

Oqarmasa ro'yi zamin ustuni,


U qish kuni savab yoqqan qor emas.
Chorlamasa hargiz seni o'ziga,
U dilorom jon bergiday yor emas.

Diling titrab, iymon istab turmasa,


Ul yuraging gavhar, ulug'vor emas.
Kulba bo'lsin, gar ichida baxt bo'lsa,
Koshonalar undan hashamdor emas.

Kuyin tinglab ko'z yoshlaring oqmasa,


Ul asbobing bir kerakli tor emas.
Kim xalqining xizmatiga shaylansa,
Ikki dunyo saodati xor emas.

Bek bo'lsanki, bir xonadon ustida,


Halol bo'lsang, tashvishlari dor emas.
Alloh desang, har jabhada qo'llagay,
Jannati yor, jahannami bor emas.

Taqdir kulib, bir burchakka yiqilsang,


Gar turmasang, hech kim senga zor emas.
Joyi kelib egilmoqni bilmasa,
O'rkachi bor, qaddi ulug' nor emas.

Keragida bo'y ko'rsatib turmasa,


Bo'shang bo'lsang, g'urur, nomus, or emas.
Aytganingga amal qilsang chohda ham,
Turgan joying qop-qorong'u g'or emas.

19.QADRDON ERMAS


Pir atab birovning qo'lin tutaman,


Bilimdon deyman-u bilimdon ermas.
Kimsaga borimni hadya etaman,
Qadrdon deyman-u qadrdon ermas.

Bog'imga bulbulni podisho etdim,


Suxandon deyman-u suxandon ermas.
Har go'zal yuzida ajab jilolar,
Gulandon deyman-u gulandon ermas.

Jonimni so'z bilan sug'urgan kimsa,


Siyohdon deyman-u siyohdon ermas.
Lolani o'stirgan har bir makonni,
Giyohdon deyman-u giyohdon ermas.

Yurakdan to'kilgan har bir misrani,


Qalamdan deyman-u qalamdan ermas.
Menga tosh otganning qilmishlarini,
Alamdan deyman-u alamdan ermas.
20.KETAMIZ

Kimni kim yor etar,


Ajab dunyoda.
Kimgadir bosh egib,
O'tib ketamiz.
Orzu ortlaridan,
Quvib sar-sari
Dillar dengizida,
Cho'kib ketamiz.

Qandayin yashadik,


Qandayin suydik.
Barisin daftarga,
To'kib ketamiz.
O'zni o'yladikmi,
Yokim o'zgani.
Dunyoni chokidan,
So'kib ketamiz.

Kelasi avlodlar


qarg'amasmi-a?!
Hayotni bo'g'zidan,
So'yib ketamiz.
Nesini aytayin,
Gohi-gohida,
Shu ajab dunyodan,
To'yib ketamiz.

Vale tangrisi bor,


O'zi mehribon.
O'lguncha o'zidan,
So'rab ketamiz.
Yaxshi-yu yomonin,
Ko'rinmas joya.
Tavbalar aylabon,
O'rab ketamiz.

21.MAYLIMI?


O'lanzorda qo'shiq aytgan kim bo'ldi?


Boshi gangib, sarson yurgan laylimi?
Hoy laylijon, ko'yingda men gadoman,
Qo'llaringdan bir ushlasam, maylimi?!

Bu hol nedur, sochlar to'zib, ozigan,


Yo muhabbat zamonasi zaylimi?
O'ngda emas, tushlarimda ko'rganda,
Lablaringdan bitta o'psam, maylimi?!
Buncha xonish qay o'rindan chiqadur?
Bu ovoza siqtaguvchi naylimi?
Yolg'iz yurish qiz bolaga xos emas,
Birga yurib qo'shiq aytsam, maylimi?!

Sahro kezar majnun holi sezilmas,


G'urur qurgur osmon o'par oylimi?
Bilmay suyib narvonlarga chirmashdim,
Oyga sherik yulduz bo'lsam, maylimi?!

Menda oshiq, menda nolon yurguvchi,


Bosgan izim chuqur otgan soylimi?
Nesin aytay, tamom bo'lmish qanoat,
Senla yashab, jonim bersam, maylimi?!

O'lanzorda qo'shiq aytgan kim bo'ldi?


Boshi gangib, sarson yurgan laylimi?
Hoy laylijon, ko'yingda men gadoman,
Qo'llaringdan bir ushlasam, maylimi?!

22.××××

Bedazorda o'tkan bolalik,
Bir bir o'tar sochim ostidan.
O'shal damda qamti do'stlarning,
Lola o'sdi qabri ustidan.

Qanday yelib-yugurganimiz,


Qaldirg'ochlar sezishganmidi?!
Sezib bizning xurlik davrimiz,
Yuraklarin ezishganmidi?!

Olti o'rtoq olti tomondan,


Beda bosib, koptok o'ynardik.
Birimizga yomon tegsa to'p,
Ne bo'lar, deb o'ksib o'ylardik.
Hayot nima, sevgi nima-yu?
Lug'atlarda bu so'z yo'q edi.
Hoy tushmagur ovqat ye, desa,
Bizda javob: qorin to'q edi.
Onam har vaqt chopib ortimdan,
Pirashkasin bera olmasdi.
Ushlayman, deb quvlab ortimdan,
Hecham menga yeta qolmasdi.

Toshmat jezza aravasiga,


Yuk ortishib yordam berardik.
Qaytish chog'i minib ustiga,
Ming qo'yliday ko'krak kerardik.

Ilk bor maktab borganimizda,


Birinchi bor ruchka ushladik.
Derazadan onam uzatdi,
Bir qo'l bilan nonni tishladik

Bolalikda!!! Belbog' bo'shashsa,


So'rmay chiqib chakki qilibmiz.
Uyat bormi yetti yasharda,
Quloqqa ho'p dakki ilibmiz!

O'tdi-o'tdi o'sha davronlar,


Bugun unga mushtoq bo'libmiz!
Koptok tepib o'ynab ko'rgandim,
Kimlargadir mazax bo'libmiz!shladik.

23.O'LGANMAS, TIRIKDIR. AVLODI QOLDI


(Muhammad Yusufga)


Sof dil satrlarni yozmish bitta qo'l,


Kungura dunyodan armonlari yo'q.
Mudraydi ohista charag'on ko'zlar,
O'rnidan turmoqqa darmonlari yo'q.

Tannoz oy oynadan mo'ralaydi jim,


Shoirning ko'ngliga uzar mayin o'q.
Mendan ilhomlanib qalam tutdi, deb,
Oshiq g'aribidan ko'ngillari to'q.

Qo'llari qaltirar qog'oz ustida,


She'rni deb bolamga baqirdimmi o'h,
Termular qizchasin bolishlariga,
Uhlaydi jimgina, birozgina sho'x.

Qabog'i yumilib hiyol eslaydi,


Bir vaqtlar o'zi ham bola bo'lganin,
Changitib ko'chani nolish eshitsa,
Qarog'i dengizga lim-lim to'lganin.

Qog'ozga urinar, to'htam beray, deb.


Bo'lmaydi, hayoli tortaverar jim.
Boshlaydi terakzor so'qmoq ko'chaga,
Bir kulba turadi atroflari qum.

Kulbadan yavg'onning hidi keladi,


Esladi onasin yupqa qilganin.
Maktabga ketarda papka bechora,
Qurt-pachak, mayizga to'lib ketganin.

Bolalik xotira faqat bu emas,


Xushsurat bir go'zal esga tushadi.
Qaddidan taralgan bo'yni o'ylasa,
Qog'ozga bir dona satr tushadi.

Shu zayl uyquga ketdi shoirim,


So'zlari davomli dunyoda qoldi.
U uhlar, tushida hayol suradi,
O'lganmas. Tirikdir. Avlodi qoldi.

24.DUNYONING ISHLARI QIZIQDIR JUDA


(O'tkir Hoshimovga)


Dunyoning ishlari qiziqdir juda,


Ikki eshik aro yuramiz har dam.
Urushning eng so'nggi qurboni bo'lib,
Chekamiz ba'zida adog'i yo'q g'am.

Robiya yig'ladi yum-yum, sho'ppayib,


O'tkirning gultoji asarlarida.
Kimsanning qo'lidan qonib suv ichmoq,
Qoldi-da jannatning kavsarlarida.

Shone'mat ingradi, o'pka nogiron,


Ko'zlari osmonning jayronlarida.
Ne qilar bilmayin o'tirmish ona,
Qulupnay g'arq pishgan ayvonlarida.

Dunyoning ishlari qiziqdir juda,


Dumamiz gohida, ba'zan zakunchi.
Haqqimiz bo'lmagan nabototga ham,
Yog'ildik qironday, bo'ldik talonchi.

Kim bo'ldik el uchun bir g'isht qo'ymasak,


Deb jonin fidoi qilganni ko'rdik.
Tiriklik chog'ida yuzin ko'rolmay,
Ketganda qadrini kitobdan so'rdik.

Tog'dayin bir inson o'tdi dunyodan,


Ko'rinmas jon bo'lib qildi mehnatin,
Yuzlarda tabassum, qo'llar duoda,
Eslaymiz ul zotning cheksiz himmatin.

Cho'ntakda pullar-u yelkada obro',


Bo'lsa ham qo'liga taqmabdi soat.
Kibr-u havolarni dushman bilibdi,
Bekorchi kimsaga qilmabdi toqat.

Tani yo'q olamda, ruhi barhayot,


Mana biz yashaymiz izdoshi bo'lib,
Har soha, har ishda javlon uramiz,
Ertalab tug'ilgan quyoshday to'lib.
25.DEVONA

Devona ko'nglimning daragin olsam,


Begona bog'larga kirib qo'yibdi.
Joyiga qaytar, deb kutsam tonggacha,
O'zini o'zgaga berib qo'yibdi.

Ovozi yo'q edi, hofiz bo'lganmish,


Cholg'u asboblarin terib qo'yibdi.
Bog'dagi qizil gul shapaloq ursa,
Bilmasdan muz kabi erib qo'yibdi.

Dutorin tortqilab, o'zin haydashib,


Ichiga alamni solib qo'yibdi.
Bus-butun ketsaku, mayli, derdim-a!
Ketmoqda yarmini olib qo'yibdi.

Bu qanday gul edi, jallod yo hayhot,


Achinmay yarmidan kesib qo'yibdi.
Yarasin timdalab, boplab kulgandek,
G'uborli shamollar esib qo'yibdi.

Yarmi yo'q bechora uyga qaytganda,


Ilonlar galasi ko'rib qo'yibdi.
Biz bop ozuqa, deb ko'ngil xonamning,
Qonini qoldirmay so'rib qo'yibdi.

26.SINGLIM KETAR, YOR-YOR

Surnay chalib, ot o'ynatar,


Navkar kelar, yor-yor.
Keng hovliga sig'may qolib,
Singlim ketar, yor-yor.

Chang ko'chada o'ynar edi,


Qumga botib, yor-yor.
Katta bo'lib qolganini,
Sezmabman-a, yor-yor.

Chimildiqdan meva sochsa,


Chopar edi, yor-yor.
Bugun o'zi beka bo'lmish,
Chimildiqqa, yor-yor.

Hayotdagi ustun nima?


Bilmas edi, yor-yor.
Bugun o'zi ustun bo'ldi,
Bir xonaga, yor-yor.

Dasturxonda meva, turshak,


Choy quyardi, yor-yor.
Dasturxonin olib ketdi,
O'z uyiga, yor-yor.

Orqasida ming bir oshiq,


Afsus chekar, yor-yor.
Ko'zda yosh-u dilda quvonch,
Singlim ketar, yor-yor.

Otam ko'zi yoshlanadi,


Qushim uchdi, yor-yor.
Onam qo'li duo qilar,
Baxtin topsin, yor-yor.

Bolakaylar yo'l to'sadi,


Kuyov haqqi, yor-yor.
Singlim baxtli bo'lasan,
Xudo haqqi, yor-yor.

Palahmonning toshi bo'ldi,


Otildi-ya, yor-yor.
Ota uyga mahr berib,
Sotildi-ya, yor-yor.

Chang ko'tarib singlim ketar,


Dang-badabang, yor-yor.
Ro'zg'ordagi sakkiz kishi,
Kamaydi-ya, yor-yor.

Singlim uyni unutma,


Otam yashar, yor-yor.
Bir oyda bir kelib ket, deb,
Onam yashar, yor-yor.

Akang bo'lib bozorlarga,


Chiqarmadim, yor-yor.
Yal-yal yonar atlaslarga,
Ko'molmadim, yor-yor.

Bir ko'z kulib, bir ko'z yig'lar,


Opang o'ylar, yor-yor.
Kuyovingni maqtab-alqab,
Tole tilar, yor-yor.

Surnay chalib, ot o'ynatar,


Navkar kelar, yor-yor.
Keng hovliga sig'may qolib,
Singlim ketar, yor-yor.

27/* * *
Muhabbat uyingga o't tushgan kecha,


Ahvolim yaxshi deb aldading meni.
Qarg'ading yurakni, tonding baridan,
Ko'zlaring baribir sotishdi seni.

Yuzing kulib turdi jamoatlarda,


Har ko'rgan yonida quvnading, shaksiz.
Nega o'zing qolib o'ylagan chog'da,
Yuzingni yashirib yig'lading unsiz?

Kutganing yoningga kelmadimi yo?


Shunchalik no'noqmi bilgan odaming?
Yo sen haydadingmi tirnab timdalab,
O'lchab ko'rmabmiding bosgan qadaming?

Tor yo'lka ustida qolganlaringda,


Ko'nglidan joy berib yo'qlamadimi?
Senga ozor bersa harki nokasi,
Qalqonga aylanib do'qlamadimi?

Seni sudrayverib qo'llarim toldi,


Endi peshonadan ko'rgil, muhabbat.
Gapimga ko'nmading, o'jar bo'lding sen,
Endi yo'llarimdan qochgil, muhabbat.

28.MEN HAM BIR ODAMDAY...


Men ham bir odamday yashab umrimni,
El qatori shu dunyoda o'tadim.
Gohi g'amgin yurdim, gohida kulib,
Joyi kelsa, paravozday tutadim.

Ro'zg'orning tashvishi kimga tushmaydi?


Harna uni yaxshi-yomon butladim.
Dushmanim cho'qqiga chiqqan chog'ida,
Do'st kabi quchoqlab uni qutladim.

O'smirlik chog'imda bir qizni suyib,


Tomdan tarashaday ancha pand yedim.
Qarg'asa, maqtadim. Nafratlansa, suyundim.
Qaydan bilay, muhabbati shu dedim.

Taqdir nasib qildi o'zga bir yorni,


Shu ekan deb yana chidab yashadim.
Uyga kelmay, ota uydan baqirdi;
Necha oylab she'r yozishni tashladim.

Bu ham mayli, o'tdi umr sarsari,


Zamon dedim, tengquridan qolmadim.
Bola bo'lib bemor yotgan onamga,
Ikki dona olma sotib olmadim.

Mana bugun uy to'rida yotibdi,


Ko'rgan odam toshday bo'lib qotadi.
Savlat to'kib, orom olsa qaniydi,
Uy to'rida kasal odam yotadi.

Gohi o'zni o'ylab o'tdim, gohi xalq,


Yaray dedim bitta inson koriga.
Bir kun ketar kunim kelsa, mendan ham,
Savob qolsin g'addor dunyo g'orida.

Vale xalq deb yashabman-u bilmabman,


Yetmish yashar keksa otam holini.
O'z nafsim deb bor-budini kemirib,
Sovuribman navqironlik bolini.

Bugun hassa uning sodiq yo'ldoshi.


Hasratlashsa jim tinglagay sirdoshi.
Men dardini tinglamasdan qo'ygan so'ng,
Bo'ladi-da hassa uning darddoshi.

Endi ayting, men qandayin bolaman?


Er yigit deb aytayinmi o'zimni?
Boshingizni g'ovlatdim-a, birodar?
Tugatayin shu joyida so'zimni.

29.HAR KIM HAR DARDIDA........


Oq-qora nusxali yaydoq dunyoda,
Har kim har dardida yonib yuribdi.
Egilib qarasam chumolilarga,
O'zidan katta don tashib yuribdi.

Kimdir o'qimochi, kimdir uylanmoq,


Birov moshina deb o'lib yuribdi.
Taqdirni qarang-a teskariligin,
Ayiq tulikini deb kuyib yuribdi.

Tuproq ham shamolga elashib asta,


Har qadam nariga uchib yuribdi.
Chiroy ko'zlarini ko'r qilgan ekan
Birov saroblarni quchib yuribdi.

Dunyoning aqli yo'q, o'zi yumaloq,


Bilmadim, qaylarga borib yuribdi.
Kecha shohman degan aroq qullari,
Qadrini tuproqqa qorib yuribdi.

Beshikda bolalar tinmay chinqirar,


Onalar dalada ishlab yuribdi.
Erlari qay go'rga ketdi bularni?
Bolasi qotgan non tishlab yuribdi.

Birov asab kasal o'zin eplolmas,


Yigirma yoshida o'sal yuribdi.
Sog'lar soyalarda uhlab yotadi,
Yurtning xizmatida kasal yuribdi.

Oq-qora nusxali yaydoq dunyoda,


Har kim har dardida yonib yuribdi.
Egilib qarasam chumolilarga,
O'zidan katta don tashib yuribdi.
30.UYIMDAGI DILDOR YIG'LAYDI

Bu shoir deb ko'p ham maqtamang,


Dardi og'ir, chinor yig'laydi.
Suluvlarni she'rga o'rasam,
Uyimdagi dildor yig'laydi.

Na deyarman, qalam tutganda,


O'ksib-o'ksib bir or yig'laydi.
She'r yozishdan qo'rqib qoldim men,
Uyimdagi dildor yig'laydi.

Quribdimi boshqa mavzular,


Deya sho'rlik bot-bot yig'laydi.
Muhabbating men edimku deb,
Uyimdagi dildor yig'laydi.

Ilhom kelar pana-panada,


Darmoni yo'q, bemor yig'laydi
Ikki o'tning orasidaman,
Uyimdagi dildor yig'laydi.

Qarindoshlar janjal qilishar,


Qo'y shuningni, gulnor yig'laydi.
Men kerakmi yoki ijod deb,
Uyimdagi dildor yig'laydi.

Netayin men, xudo bergan-da,


Betayin qalb zor-zor yig'laydi,
Yaxshi qizlar, meni kechiring,
Uyimdagi dildor yig'laydi.

Nima qilsin u bechora ham,


Soy bo'yida voh-voh yig'laydi.
Yorim oshiq boshqalarga deb,
Uyimdagi dildor yig'laydi.

Qurib ketsin muhabbati ham,


Qog'oz-qalam nochor yig'laydi.
Tun yarmida yostiq quchoqlab,
Uyimdagi dildor yig'laydi.

31.TO'HTAMAS EKAN

Ho' baland tog'lardan uchgan burgutlar,
Yiqilib tushmoqni o'ylamas ekan.
Biri yiqilsa gar, birisi voris,
Hayot davom etar to'htamas ekan

Bir tuyg'u yo'qolsa, biridir paydo,


Ketgani ortiga qaramas ekan.
Qancha judolikka uchrama zinhor,
Hayot davom etar, to'htamas ekan.

Baxt ketar, taxt kelar, o'rni almashar,


Peshonang sho'r bo'lsa, almashmas ekan.
Hayo hayt deb qochib ketsang ham,
Hayot davom etar, to'htamas ekan

Goh g'aliz gaplardan quloq yig'laydi,


Lo'li deb nomlansang, ajabmas ekan.
Birov tug'ilsa-yu birov o'lsa ham,
Hayot davom etar, to'htamas ekan.

Sen neki dardlarda yelib yurasan?


Kim bilib, gohida bilishmas ekan.
Hoh shohsan, hoh gado, hohla bir g'ulom,
Hayot davom etar, to'htamas ekan.

Umr poyezdida kim qay mavqeda?


Qiymating hamma ham o'lchamas ekan.
To'htash signalini butun umr chal
Hayot davom etar, to'htamas ekan.

32.YOSHLAR

Yallo deb o'ylaydi hayotni har dam,
Taqdir zalvorini ko'rmagan yoshlar.
Tunda uyqu bilmas, qayda sanqiydi,
Tizgini bo'shalgan satta beboshlar.

Bobosi urushda qon kechgan edi,


Daryoday oqqandi qancha ko'zyoshlar.
Bular tinchlik qadrin bilarmikan-a?!
Tanbehga uyilib, chimrilar qoshlar.

Yoshlik gashtin totib, o'ynayin deydi,


Daryoga otilar sanoqsiz toshlar.
Yaratgan nematin qadriga yetmas,
Qozonda soviydi alanga oshlar.

Men shuni o'ylayman, toqatim qochib,


Og'ir xarsang bosib egilar boshlar.
Hech qursa qardoshning koriga yarang,
Olim-u ulamo bo'lgur beboshlar!

Ana ayol boshi bilan Nurjamol,


Qo'chqorni yotqizib, yungin taroshlar.
Sizni er deb bilar opa-singillar,
Beburdga yo'ymasin Sizni qardoshlar.

32.TAQDIR UNIKI

Men sizni suygandim Majnundan ortiq,
Mayli, barisini yolg'onga yo'ying.
Sizni sevmaganman demang hech qachon,
Yolg'on gunoh bo'lar, aldamang, qo'ying.

Ko'rgandim ko'zingiz ostida namlar,


Muhabbatni qarg'ab... maqtagandingiz.
Meni ko'rgan chog'i ko'zlar kulsa ham,
Dilning tub-tubidan yig'lagandingiz.

Mayli, tark etarman koshonangizni,


Yashayman, nailoj, eski chaylada,
Vale eslab turing devonangizni,
Sizga qo'shiq kuylar umoq supada.

Unitmas hech qachon suratingizni,


Unita olmaydi o'lgunicha to.
Sizni deb begunoh bir qizga jabr
Qilib qo'ymasmikin bu devona yor.

Ne qilsin?! Bu hayot yaratganniki,


Barcha qonunlarni o'zi tuzadi.
Men sizni suyishim uning taqdiri,
U hohlabdi, mana, rishta tugadi.

Boshlamoq tugatmoq banda ishimas,


Meni aybdorga chiqarmangiz, yor.
Mening bitta aybim sizni deganim.
O'ksigan dilimni yig'latmangiz, yor.

33.JIYDAZOR ORALAB

Tuman markazidan o'tganingdan so'ng,
Jiydazor oralab boshlanadi yo'l.
Jiydani oralab ketar g'ariblar__
Ancha yil avvallar uzilishgan qo'l.

Og'ir edi juda. Og'ir ikkisi,


Hayot kuragidan bosib qo'ygandi
Yuziga qarolmay shumshayib yigit,
Qiz yuzin ko'z yoshi yopib qo'ygandi.

Kiftlari kiftiga tegib ketsa ham,


Afsus, bir-biridan olis edilar.
Endi ular ayro uyning ustuni,
O'xshash hayollardan xolis edilar.

Yig'it o'tkazilgan kunni eslar-u,


Tavba deb ollohga sano o'qirdi.
Nogahondan magar savol bersa deb,
Qiz ichida rosa yolg'on to'qirdi.

Jim edi. Jim edi ikkalasi ham,


Nima deb gap boshlash bilmas edilar.
Dunyo unutildi, uyda bola ham,
Shu yo'ldan boshqani ko'rmas edilar.

Jiydalar qo'shilib yig'lashardilar,


Qizning yuzidagi yoshini ko'rib.
Shamollar pishqirib, chang solardilar,
Yigitning egilgan boshini ko'rib.

Jim edi. Jim edi. Yana jim edi.


Ularga qo'shilib oy ham jim edi.
Urros shamol esib, junjiktirsa ham,
Vale ular uchun havo dim edi.

Yulduzlar bu holdan g'azabga to'lib


Goh yigit, goh qizni qarg'ashardilar.
"Bundayin holatga sabab ne?",_ deya.
Maysalar xo'mrayib so'rashardilar.

Ohiri bo'lmadi, yigit yorildi:


_O'shanda o'zimni yengolsam edi...
Achchiq so'zlaringga qo'limni siltab,
G'ururning boshini egolsam edi.

_Qismat shu ekan-da, _ dedi nohasdan,


O'lganning ustiga chiqib tepganday.
Qiz xorg'in boqardi yigit yuziga,
Hayotdan umidin uzib bo'lganday.

_Menda edi, asli, xatoning zo'ri,


Osmon edim, mana, yerga quladim.
Qo'lingdan tutmadim. Nozni eb ko'rib,
Bugun badalini rosa to'ladim.

Qiz shunday dedi-yu behos yiqildi,


Nahot, kuchlimidi dardi shunchalik?!
Menda... mendaa... dedi qayta-qaytalab,
Taqdir berahmdir, e voh, bunchalik!

Ikkisi o'z-o'zin koyib, yanardi.


Foydasi yo'q edi, endi yig'ini.
Ularda ayb yo'q: shaffof edilar,
Taqdir sanchgan edi o'tkir tig'ini.

Jiydazor tugadi. Yo'llar ikkiga


Ayro bo'ladigan fursati yetdi.
Ikki dil so'ngi bor vidolashdilar,
Oyoqlar odimlab ikki yon ketdi.

IS'HOQ_ABDULLA


× × × ×

Bu daydi dunyoni qonunlari bor,
Nelar deb yozganin o'zi bilmaydi.
Yugurib yeladi, chopadi hargiz,
Qaydadir manzilin o'zi bilmaydi.

Kutganing kutmagan ishni qiladi,


Poyingda gul bilan tikon aralash.
Begona kimsalar darding tinglaydi,
Yaqining dilingni qilar xomtalash.

Tog' bilan daryoning o'rtasida sen,


O'ng tomon g'arq bo'lish, chap tomon charchoq.
Qayga yurishingni bilmay qolasan,
Tanangni bosadi tinimsiz titroq.

Yuzing kulib turar, diling teskari,


Buning sababini o'zing bilmaysan.
Oyog'i osmondan barcha ishingni,
Sababchisi ma'lum. Lekin aytmaysan.

Ha xudo deysan-u yuraverasan,


Yashashga harakat qilasan tinmay.
Umr o'tib borar qaysi tashvishda?
Yana yashaysan sen yashashni bilmay.

Is'hoq Abdulla

×××××××

Bir kuni bu dunyo qorishib ketsa,


Bilgil, bitta shoir undan uzildi.
Qabrini qidirma, uning tor qabri,
Kabutar patidan terib tuzildi.

Endi u osmondan senga qaraydi,


Faqat bitta aybi, tanda joni yo'q.
Qachondir izingda sarson bo'lgandi,
Endi tanlarida zarra qoni yo'q.

Bulbullar sayragan bog'dan qidirma,


Osmonga boq, gulim, osmonlarga boq.
Kabutar patida xabar yo'llasa,
Ochib qaramagin, olovlarda yoq.

Biroz sodda edi, sodda bechora,


Qizlarga gap otmoq bilmas edi u.
Tutqanoq tutganday sendan qochardi,
Sen sari yo'l topmoq bilmas edi u.

Har kuni sen uchun she'rlar bitardi,


Unga chin do'st edi, hayol, ertaklar.
O'lgandan keyin ham o'ylayveradi,
Endi qo'llaringdan kimlar yetaklar.

✍✍Is'hoq Abdulla

KATTA KARVON HIKOYASI

Katta karvon ichinda


O'ttiz kimsa yo'l yurar.
Biri dono, biri olim,
Biri biroz devona.

Ne suhbatlar borar dersiz,


Bu karvonning ichinda?
—"ajoyib" suhbat bo'lar,
Bir devona haqinda.

—Eshitdingmi anavi


Gunohkor, gumroh emish.
—Har dilgaki o't yoqar
Iymonsiz, go'loh emish.

Yuzi bejo, dog'langan,


Bunga parvo etmagil.
Yo'ldan urib seni ham,
Balolarga qolmagil.

—Nima qilgan o'zi u?


So'zingni anglamadim.
Hali uning og'zidan,
Bekor so'z tinglamadim.

—Karvondagi birovga


Ko'zin suzgan emish u.
—Qo'ying, axir, bu so'zlar,
Turganicha mish-mishku!

—Bitta bo'lsa, mayli edi,


Uchtasiga suzibdi.
Har kun tinmay xat yozib,
Xayolini buzibdi.

—Yana nelar qilgan deng,


Bu devona kun ora.
—Ne qiliqni boshlabdi?
Yashshamagur, bechora?!

—Qizni maqtab, ho'p alqab,


Do'stini yomonlarmish.
Sizga tengdosh bo'lmas, deb,
So'zini tamomlarmish.

—Ay qurmagur bolasin


Boplabdiku hammasi.
Oldi-orqa tomonin
Loylabdiku chamasi.

—Balki unday emasdir


Yaxshi bola ediku.
—Nega yonin olasan?
Or-nomusni yediku!

—Hamma bezdi dastidan,


Bemaza so'z aytadi.
Ming marta va'da berib,
Keyin yana qaytadi.

—O'zin sodda tutadi,


Hecham sodda emas u.
Itcha qadri qolmadi,
Hecham yodda emas u.

—Nega buncha yomonlab,


Uni loyga belading.
—Seni ham aldab ketsa,
Keyin meni bilarding.

—Unday bo'lsa karvondan


Uni quvib haydaylik.
Yo eshakka teskari
Mingashtirib qaytaylik.

—U ham bunga kor emas,


So'yish kerak bo'g'zidan.
—Shunda dunyo bo'sharmidi,
Devonaning so'zidan?!

—Ana shunday qilib deng


Gapni gapga ulashar.
Bir aybni ming bo'lakka
Bo'lib bo'lib so'ylashar.

Devonaning hislati


Asli, bunday emasdi.
Ko'ringan mastonaga
O'ldim-kuydim demasdi.

Taqdirida onasi


Kelin ko'rmoq istadi.
Azroilga jon berib,
So'ngra o'lmoq istadi.

Bola bo'lib burchimni,


Bajarsam qani, dedi.
Birdan bir-u maqsadi,
"Yaxshisin topsam edi".

Shu alfozda el-yurtni


Tinmay kezib so'yladi.
Qizi bor karvonlarga
Basma-basdan bo'yladi.

Biridan yedi tarsak,


Biri unga yo'q, dedi.
Zormasman sendaqaga,
Mening qornim to'q, dedi.

—Kezdi qancha yurtlarni


Quloqda ona so'zi.
Goh jinniga aylanib,
So'ylar o'ziga o'zi.

Shul sababdin har kimga


Yomon otliq ko'rindi.
Omadi yo'qmikan yo
Har kesakka surindi.

Devonani ko'rsangiz,


Deysiz hali yosh bola.
(Yoshligi qolibdimi
Gapni ham olasan-aa?!

Endi qanday tugarkin


Devonaning ertagi?!
Dunyoda bormikan deng
Uning kimga keragi.............

Davomi bor... Hali tugamadi...

Is'hoq Abdulla

MADDOH SHOIRLAR

Chivinday ko'paydi maddoh shoirlar,
Ijoddan darak yo'q, arvoh shoirlar.
O'zidan so'zlaydi vulqonday toshib,
Hech kimga keraksiz, gumroh shoirlar.

Har gapni o'rnida bilib so'zlolmas,


Yozda pechka yoqqan, go'lah shoirlar.
Yo'q so'zni bordayin rostlab aytadi,
Betayin, yolg'onchi, ablax shoirlar.

Balki, menman o'sha, o'zni asrangiz,


Tinchingiz buzmasin latta shoirlar.
Ul yozgan ijoddan naf yo'q sizlarga,
Xalqim deb yashagan qayda shoirlar?

Bir she'rni yozsaki, yurakni teshib,


O'pkadan chiqarsa, udir shoirlar.
Boshdan aql qochib, o'yga toldirsa,
Qalami sinmagan shudir shoirlar.

Yuribsan-da senam she'r yozaman deb,


O'n yil burin o'lgan asil shoirlar.
Ozg'ina anduhga sinib yotibsan,
G'amg'a bosh egmagan, dadil shoirlar.

Har inson dardini o'ziniki deb


Yashay olsa agar, budir shoirlar.
Ko'chada sanqigan daydi kuchukning,
Holiga qiziqib so'rar shoirlar

Chivinday ko'paydi maddoh shoirlar,


Ijoddan darak yo'q, arvoh shoirlar.
Qofiya ketidan tinmay quvadi,
Ma'nodan mosivo , gumroh shoirlar.

Is'hoq Abdulla

ABDULLANI UYLANTIRAMIZ.

Bo'ldi shuncha, yetar yurgani,


Yana nechun bosh qotiramiz?
Izlang unga, toping mosini,
Abdullani uylantiramiz.

Uhlamaydi tun yarmigacha,


Bilmam, nelar qilib yuradi.
Hayolparast bo'lib qoldi u,
Goh o'tirib, gohi turadi.

Bir so'm topmas, faqat o'qiydi.


Qachongacha boqib yuramiz?
Feli xushro'y qizni topinglar,
Abdullani uylantiramiz.

Bodomzordan bir qiz topgandik,


Qaramasdan yo'q deb yubordi.
Qo'y mijozmi balki, bilmadim,
Mening qornim to'q deb yubordi.

Yosh ham ketar o'ttizga qarab,


Hayolin xurlarga chog'ishtiramiz.
Shu ketish bo'lsa gar ellik yoshlarda,
Abdullani uylantiramiz.

To'rt opa to'rt yonda sovchi atalgan,


Har eshik zulfini taqillatdilar.
Abdulla hech birin mos deb bilmadi,
To'rt opa muk tushib qaltirashdilar.

Bilmam, osmondagi oymi niyati,


Oymomo kabisin qaydan topamiz.
Ushlanglar badbahni, maymun topsak ham,
Abdullani uylantiramiz.

Xudoyim ohimiz qabul ayladi,


Xamsoya qishloqdan topdik bir qizni.
Qiz emas, maxliqo, oy deb o'ylaysiz,
Surati kelishgan, labi qirmizni.

Chiroyi kerakmas, iymon bo'lsa bas,


Keling, ikki boshni qovushtiramiz.
Erta yo indinga to'yga kelinglar,
Abdullani uylantiramiz.

Is'hoq Abdulla

× × × × ×

Bir bedov ot bo'lsa, uchqur samantoy,


Hayoting boshlangan joyga elitsa.
Shuncha yetishganing baridan yulib,
O'shal bir armonning qoshiga yetsa.

U armon hozirgi visoldan totli,


U firoq bog'dagi gulday begunoh.
Uni quchib-quchib yig'lagim kelar,
Birga qo'shiq aytish orzuyim har chog'

Mana, ko'k deraza, piyolada choy,


Osmonga termulib uni eslayman.
Osmon ham u kabi bulut ichida,
Yuzi qanday edi, e voh, qumsayman...

Unda dard bor edi, unda shirin dard,


Tabiat sehridan juda mast edi.
U ulug' edi, go'yo abadiy,
Hozirgi shodliklar undan past edi.

Sen o'zi kim eding, ortimda qolgan?


Senda nimam qoldi buncha chorlading?
Qayerga bormayin fonus bo'lib sen,
Tunimda quyoshday chunon porlading.

Daraxtlar ingradi, seni eslatdi,


Hatto, daraxtlar ham seni sevardi.
Sen kelsang, sochini tarab olardi,
Ko'zingga chiroyli ko'rinish uchun,

Sen ko'zga ko'rinsang, o'rmonda ohu,


Ko'zimga ko'rinib, chopib yurardi.
Betayin ko'ksimning mushdayin joyi,
O'zicha shoirday hayol surardi.

Mana, yillar ketdi, sendan uzoqqa,


Sendan avlod qoldi, izingga mushtoq.
Oroming u bilan va ular bilan,
Men esa yuribman hali ham bo'ydoq.

Mana, ko'k deraza, piyolada choy,


Osmonga termulib seni eslayman.
Osmon ham sen kabi bulut ichida,
Yuzing qanday edi, e voh, qumsayman...

Is'hoq Abdulla

× × × × ×

Muhabbat bo'lsaki qaynar chashmaday,


Cho'p tushsa, chang tushsa, bulg'anmasa hech.
Shunday kuchli bo'lsa, metin bardoshli,
Zavolga uchrasa, to'lg'onmasa hech.

Is'hoq Abdulla

MUHABBAT MEHMONIM BO'LIB

Muhabbat bir kuni mehmonim bo'lib,


Aytadi bir gulning go'zal otini.
Bitadi u gulga atab bir g'azal,
Eslatar har nedan o'zar totini.

Ashula aytadi, muqom qiladi,


Ta'riflar u menga yo'gu borini.
Tinglamay yuz bursam, ko'zimni olsam,
Sindirib, uradi yerga torini.

Qo'ymayin tinchimni olaveradi,


Qo'limga tutadi singan sozini.
Bilmasdan asiri bo'lib boraman,
Kuylaydi quloqqa yorning nozini.

✍✍ Is'hoq Abdulla

ОДАМ БОЗОР ҲАҚИДА БАЛЛАДА

Одам бозор бор эди,


Зўр бўларди савдолар.
Савдо узра гоҳида,
Бўп турарди ғавғолар.

Бир кун бозор тоқига,


Катта эълон илинди.
Бир қиз келмиш сотувга,
Eл хабардор қилинди.

Деди: «Бу қиз одобли,


Суҳбати ҳам шириндир.
Олсангиз ачинмайсиз,
Уй-у жойим, эрим дер.

Кўйлаги ҳам ярашган,


Кумушдайин қаддига.
Хулқи ҳам чиройлидир,
Фақат сотгум нақдига».

Даллоллар аралашиб,


Қўймиш катта баҳони.
Савдо қизир, ажабо,
Унутишди ҳаёни.

Бири тавсиф айлади,


Белга тушар сочидан.
Қоматин қўя туринг,
Камон тузди қошидан.

Олмаганга қўймади,


Ушлаб битта абгорни.
Камбағалга топширди,
Бекам-у кўст аҳрорни.

Шундай қилиб қизгина,


Ўн тиллога сотилди.
Палаҳмоннинг тошидай,
Узоқларга отилди.

Совдосику пишди-я,


Биров озор кўрмади.
Лек гўзалнинг ўзидан
Ҳеч ким руҳсат сўрмади.

Атласга ўрадилар,


Сочдан-оёқ  борини.
Уни бошлаб кетдилар,
Eшитмай оҳ-зорини.

Eнди нима бўлади?


Биров ўйлаб кўрмади.
Қиз сотилган уйида,
Озод бўлиб юрмади.

Қул каби ишлатдилар,


Худди йердан чиққандай.
Уни одамзод эмас,
Кучуквачча туққандай.

Бир йил ўтди орадан,


Қиз оёғи оғирдир.
Уй эгаси кашанда,
Ичгани ҳам чоғирдир.

Чидай олмас оғриққа,


Ҳам қуллик, ҳам оналик.
Баданлари увушган,
Кўзи жиққа нолалик.

Шум тақдирнинг шумига,


Чидаб туриб бўлмади.
Тун ярмида қочди ул,
Буни биров билмади.

Eски хўжа уйини


Базўр топиб борди ул.
Алдаб-сулдаб эплади,
Бир кечага қолди ул.

Eртасига маълумдур,


Қулваччанинг қочгани.
Барча эшик ёпилди,
Топилмайди очгани.

Қиз бевага айланди,


Бир етимга бош бўлиб.
Бундан буён яшайди,
Еб-ичгани тош бўлиб.

Бунга кимдур айбдор?


Ё ўзими, бошқалар.
Eнди қизча ҳар куни,
Ўз қабрига тош қалар.

Ал қиссадан хиссани


Билмоқ фарздир бизлардан.
Кимга сотар фурсатда
Сўраб қўйинг қизлардан.

Исъҳоқ_Абдулла

БОЙЛАР ЯШАЙДИГАН ҚИШЛОҚ ҚИЗИ У

Мендан сўрадилар анинг таърифин,


Муҳаббат гўшасин асл юзи у.
Ўнг юзида биттагина холи бор,
Бойлар яшайдиган қишлоқ қизи у.

Қадамидан овоз чиқар ёқимли,


Созанда аҳлининг буюк сози у.
Гар гуноҳ айласам, қатлим ҳукмига
Тайинлаб қўйилган жаллод, қози у.

Суйиб қолган бечорага кўрсатар:


Малаксиймоларнинг ширин нози у.
Дардини ололган дармон кимсанинг,
Ҳар совуқ қишдан сўнг келар ёзи у.

Бир зулфига мингта ошиқ осилган,


Девона қонидан қўлда хинодур.
Аё дўстлар, ул қачондан демангиз,
Ул ишқ билан бирга бўлган бинодур.

Нада мен етолгум, нада ўзгаси,


Алпомишдан қолган Барчин изи у.
Мажнунлар йўлида сарсон юради,
Лайли тожин кийган шоҳнинг қизи у

Бойлар яшайдиган қишлоқ қизи у...

Исъҳоқ Абдулла

× × ×


Сен менинг ёдимда турарсан ҳар дам,
Гоҳ йиғлаб, гоҳида кулганимда ҳам.
Менинг жимлигимга ишониб қолма,
Туби йўқ дарёга чўкканимда ҳам.

Кўксимнинг бир қисми сенга тегишли,


Eл аро хомталаш бўлганимда ҳам.
Сендан дармон олиб юраяпман мен,
Тош аро жонталаш бўлганимда ҳам.

Бироз чида, гулим, ғийбат домига,


Маломат тўфони ёғилганда ҳам.
Бир куни бахт берса, етгаймиз оҳир,
Ҳимолай тошлари отилганда ҳам.

У сени тарк этди, деса ишонма,


Тобутнинг устида бўлганимда ҳам.
Тобутга қулоқ сол, тобут оғзидан
Бир сўз чиқиб турар ўлганимда ҳам.

Чунки сен ўзгача, кўркли дилдорсан,


Дунёни малаклар босганида ҳам.
Бу юрак ўзингдан ўзгани демас,
Исонинг дорига осганида ҳам.

Кечиб бўлармиди шундай ҳилқатдан,


Жаннатни вадалар қилганида ҳам.
Бундай жайдари қиз топилмайди ҳеч,
Қуёшни қучоқлаб қидирганда ҳам.

Бир куни батхга ҳам етгаймиз, сўзсиз,


Мен сени, сен мени ўйлаб турсак бас!

Исъҳоқ Абдулла

× × × × ×

Ҳар дам қурбон қилдим, аямай чопдим,


Бўлаклаб-бўлаклаб ташладим уни.
Қачон кўра қолсам қилич қайрадим,
Бечоранинг мен деб қолмади куни.

Тоғга чиқса, оёғидан ушладим.


Товонидан бошлаб ичдим қонини.
Ерга кирса қулоғидан ушладим.
Гарданидан олдим ширин жонини.

Менда айб йўқдир, ҳар кун олдимдан


Ўтаверди сузиб-сузиб кўзини.
На ишда унум бор, на уйда тинчлик
Оҳири тинчидим ўйиб кўзини.

Несини айтайин ҳаловат бермай,


Кечаси ҳўп бузди ширин уйқуни.
Исмини сўргандим: севги деб айтди.
Уйига ўт тушсин ўшал туйғуни.

Қабрга қўярда мато топилмай,


Оромимдан кафан бичдим танига.
Бошини қиблага қаратмоқ учун
Ғуруримдан ғишт ясадим ёнига.

Мана энди ором_кафан, ғурур_ғишт,


Бизда ундан асорат ҳам қолмади.
Кеча биров ҳазиллашди биз билан
Елкани кўтаргай жасорат ҳам қолмади.

Исъҳоқ Абдулла

ТАҚДИР КУЛСА...

Тақдир кулса бир банданинг устидан,


Eгилади бир мартага тош боши.
Ҳаётидан нолиб кетса шумшайиб,
Жовдирайди икки ёқдан кўз ёши.

Ана шунда тиргак излар ўзига,


Мана мен бор, қўллаб турар дейдиган.
Қалби бир қалб қумсаб турар шу онда,
Биргаликда ўз ғамини ейдиган.

Ҳар кимсада бўлсин экан шу одам,


Майли, бемор бўлсин, майли, касалманд.
Сўзини тинглолса, шудир кифоя,
Ҳарна малҳам бўлар дардига дардман.

Гоҳида излаймиз осмондан уни,


Балки ёнимизда кезиб юргандир.
Не қилсин, ҳар нарса ошкор эмас-да,
Балки бизсизликдан безиб юргандир.

Исъҳоқ Абдулла

× × × × ×

Чалкашиб кетаман баъзи-баъзида,


Бир телба қизчанинг ҳаёлларида.
Гулга ўхшатаман, гоҳи тиконга,
Булбули бўлсайдим айвонларида.

Рози эдим, ҳатто, бир чинор бўлиб,


Яшасам бойқишлоқ томонларида.
Унга мен керакми, жавоб айтмагай,
Қуёши бўлсайдим осмонларида.

Ўзи мулойимдай кўзга ташланар,


Лек қаҳри йиғилган тўқмоқларида.
Мен усиз яшашдан маъни топмадим,
Гадоси бўлсайдим сўқмоқларида.

Кулгуси бир ширин, кулгичлари ҳам,


Жоним тилка бўлар ёнгинасида.
Қоронғу зулматдан жуда қўрқармиш,
Шамчироқ бўлсайдим хос хонасида.

Мана икки йилдир, рамазон фасли,


Асир бўлдим унга дарсхонасида.
Кўзига термулиб ўтирсам бўлди,
Базм-у жамшид қилар майхонасида.

Унга борлиғимни ҳадя этаман,


Сумбул сочларини қизғонмаса бас!

Исъҳоқ Абдулла

× × × ×

Ҳа, ўша кечада хато қилдим мен.


Нима ушлаб қолди? Ўзим билмадим.
Лабингдан аччиқ сўз чиққанмиди ё?
Қошингга эгилиб нега бормадим!

Сен ойна ёнида кутавердинг жим,


Йўлга жовдирадинг, Келармикан деб.
Гулдонга термулдинг, қаҳва ичдинг гоҳ,
Мен ғурурга енгилдим. Eб кўрмадим, эб...

Соатга қарадинг. Тонгга яқинроқ...


Кўрпангга ўрандинг, совиб қолибди...
Кўзни юмиб бўлмас бундай кечада,
Уйқу ҳам жуфтагин ростлаб қолибди.

Ҳўл болиш қимирлар қўлинг ичида,


Кўксинг бориб келар ҳеч ҳам тинмайин.
Яноғинг титрайди яноққа тегмай.
Мен бунда, сен унда висол кўрмайин.

Мен. Мен ўша.... бора олмадим.


Бир туйғу йўлимни боғлар чирмашиб.
_ У сени рад этди, _ дейди бир садо,
Биров борақол, деб турар энгашиб.

Икки ўт ёнади икки ёнимда,


Қай бирига кириб ёнишни билмам.
Тунов кун кўчада кўргандим сени,
Нега йўлинг тўсиб, суҳбатга тортмам?!

Ўй... битирмоқда митти жонимни,


_Бу ўйни ким берди? Ёки ўзингми?
Нега титраяпсан? Жавоб бера қол,
Ё сен ҳам мендайин тилсиз бўлдингми?

Тун. Осмонда ой. Гуноҳ қилган у:


Сенинг ҳисларингни менга ташийди.
Лекин менинг холим сенга айтолмас.
Сени кўрсам, муҳаббатга ичим ачийди.

Бўлмайди. Бўлмайди бундайин ётиш,


Ҳовлига отилдим, Кўксим ёндику!
Алҳазар! Ҳовлига дарахт эккандим,
Сенинг исминг билан аталганди у.

Ўтдан қочиб, мана, дўлга тутилдим:


Шамол дарахт сочин секин тирнайди.
Баргидан бир овоз чиқмоқда. Eшит:
У мудом тўҳтамай сени куйлайди.

Яна қайтиб кирдим зулмат ётоққа,


Танамни музлатар ёнаётган печ.
Менга кун бормикан ёруғ оламда?!
«Лаънати» муҳаббат тинч қўймади ҳеч.

Исъҳоқ Абдулла

Is'hoq Abdulla she'rlari, [18.01.2023 11:36]
MAYMUN

Shifokor maymunni so'ysa, odamlar


Tajriba oshirdi, tajriba, dedi.
Bechora jonivor rahm ko'rmadi,
U ham bir maymunning otasi edi

Is'hoq Abdulla

https://t.me/+uwdb_z863lZhODJi

SO'RAB BILDIM

So'rab bildim devona-yu donolaridan,
Bu dunyoning bitta ipga tizilganini.
Tuzguvchilar uhlab qolib, tongda ko'rmishlar,
Ipda turgan o'rinlarning buzilganini

Shundan buyon tartib singan, halovat so'ngan,


Hech kim sezmas oq-u qora almashganini.
Gohi mayin, gohi qattiq shamollar esmish,
Ko'rib qoldim bir bo'yinga chirmashganini.

Ana, birov tor qo'ltiqqa to'rva ko'targan,


Sezdirmaydi oyoqlari chalkashganini.
Ne bo'lsa ham bolam, deydi, bo'tam, deydi u,
Ko'zi ko'rmas insofsizlar aldashganini.

Bobolari bo'zlab qolar, navbat menda, der,


Ko'rdim beshik bolasini ko'mishganini.
Yori turib o'zga bog'dan gullar uzmishlar,
Ko'rdim, suvin o'zga qalbga sepishganini.

So'rab bildim devona-yu donolaridan,


Bu dunyoning bitta ipga tizilganini.
Tuzguvchilar uhlab qolib, tongda ko'rmishlar,
Ipda turgan o'rinlarning buzilganini

Muallif:✍✍Is'hoq Abdulla

ONA KUTGIL

Ona, senga ancha aytar so'zim bor,


Kutgil meni erta, albat, boraman.
O'g'il tug'ib, tarbiyasin bermabsan,
Shahar ichra yuzi shuvut, qoraman.

Men ham makkor, ayyor tug'ilganimda,


Balki hamma meni hurmat qilardi,
Nega sodda, avom qilib boqding-a!
Biroz quvroq, sho'xshan tug'sang bo'lardi.

O'ngimda gap, so'limda gap, charchadim,


Shoirligi qurib ketsin boshidan.
Ijodkorlik og'ir dardir, og'ir dard,
Bezib ketdim tinmay oqar yoshidan.

Oddiy odam bo'lganimda hammadek,


Restoran-u kafelarga borardim.
Qalam ushlab, maqtov so'zlar yozgandan,
Tandiringga o'tin yorib berardim.

O'qimasdim Bedil, Hofiz, Anbarni,


Kamsuqum bir cho'pon bo'lib yurardim.
Balki usta bo'lib senga chayladek,
Mehr to'la uycha qurib berardim.

Peshonaga bitganida, onajon


Ne bo'lsa ham yozganini ko'raman.
Mendan uzur, meni tinglab turganlar,
Qanday bo'lsam, shundayicha o'taman.

Is'hoq Abdulla

SEN BUGUN YO'Q EDING...

Sen bugun yo'q eding o'shal bekatda,


Sen yo'q o'lkalarga o't qo'ygim keldi.
Izingdan izlashga tushdim hayolda.
Shu tobda yuzingni bir ko'rgim keldi.

Men ham tark ayladim so'lim bekatni,


Sensiz u ko'zimga tushkun ko'rindi.
Qaydadir manziling bilolmay sira,
Jon tandan yurmoqni chandon o'tindi.

O malak, bilmaysan, sensiz bu hayot,


Men uchun arzimas ikki chaqaga.
Sheriksiz yurolmam, hatto, bir qadam,
Tulpor zor bo'lganday to'rtta taqaga.

Bir aytsang netardi ketayapman, deb,


Yuragim tonggacha ko'niktirardim.
Gapimga kirmasa, ko'nikmasa hech,
Bog'larga chiqarib ovuntirardim.

Mana, janjal qilar, endi xolin ko'r.


O'zini har joyga urib yotibdi.
Tani har joyda-yu, qo'li duoda,
Ollohdan bir seni so'rab yotibdi.

Yuzingni so'raydi, ko'zlaringni ham,


Donakdek chakkangda bitta xolingni.
Mayli der, o'ng emas, tushga kirganda,
So'raydi labdagi shirin bolingni.

Bugun tamom egding tetik qaddimni,


Gulzorni ko'ziga alaf aylading.
Bir qismat yo'liqdi faqir boshiga,
Kelmasang, o'zingga nega boylading?!
Download 99.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling