Ishqalanuvchi juftliklar uchun ishlatiladigan materiallar Ishqalanuvchi juftlarning yeyilish mexanizmi


Download 17.08 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi17.08 Kb.
#1501837
1   2   3
Bog'liq
Ishqalanuvchi juftliklar uchun ishlatiladigan materiallar

Yeyilish turlari
Yeyilish jaryoniga ta'sir etuvchi omillar mexanik, fizik-kimyoviy, issiqlik va elektrik omillarga bo’linadi. Yeyilish turlari xilma xil bo’lib, ular ishqalanish omillarining turlicha qo’shilib kelishiga bog’liq.
Yeyilish mashina detali materialining yoki boshqa elementning (bo’yog’i, moyi) asta-syokin buzilish jarayoni bo’lib, element ishqalanganda yoki tashqi muhit bilan boshqacha tarzda o’zaro tasirlashganda yuz beradi. Natijada uning xossalari (qattiqligi, qayishqoqligi, tuzilishi, kimyoviy tarkibi va shu kabilar) o’zgaradi. Yeyilishga chidamlilik materialning muayan ishqalanish sharoitida yeyilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyati bo’lib, yeyilish tezligi yoki jadalligiga teskari bo’lgan kattalik bilan baholanadi.
Mashina va mexanizmlar sirtining yeyilish jarayoni murakkab bo’lib, ko’pgina omillarga bog’liq. Ularga birinchi navbatda quyidagilar kiradi: detallar sirtiga tushgan yuklanish, tutashmalar ishining harorat tartibi, moyning borligi (harakteri, xossalari, moylash materialining mexanik aralashmalar bilan ifloslanganlik darajasi, aralashmalar tarkibi hamda o’lchamlari), detallarning bir biriga nisbatan joylashishi, tutash juftliklarning boshqa ish sharoitlari (titrashga, korroziyaga uchrashi va hokazo).
Mashinalarning loyihalash, tayyorlash va ta'mirlash bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun yeyilishning asosiy omillari va qonuniyatlarini bilish katta ahamiyatga ega. Bu bilim detallarni ta'mirlash usulini to’g’ri tanlash va foydalanish jarayonida ularning tez yeyilishini oldini olish imkonini beradi. Mashinalardagi ishqalanuvchi detallarning yeyilish omillari quyidagi turlarga ajratiladi:
ishqalanuvchi sirtlardagi solishtirma bosim; detallar sirtining qattiqligi;
materiallar tuzilishi; detallar sirtining sifati.
Ishqalanish sirtining sifati. Sirtning sifati deganda detal geometrik ko’rsatkichining va ana shu detalni tayyorlashda ishlatilgan material sirtqi qatlami fizik xossalarining majmui tushiniladi. Tutash detallarning yeyilishga faqat asosiy omillar xal qiluvchi ta'sir ko’rsatdi. Masalan, sirpanish podshipniklar uchun bunday omillarga yuklanishning kattaligi va ta'sir qilish harakterini, detallar ishqalanuvchi sirtlarning sirpanish tezligini va ularning o’zaro ta'sirlashadigan mintaqadagi muhitning holatini ko’rsatish mumkin.
Avtomobillarda mazkur juftliklarga tirsakli val va taqsimlash valining podshipnikli uzellari misol bo’ladi. Ishqalanuvchi juftliklarning yuklanish tartibi (rejimi), podshipnikka tushadigan solishtirma yuklanish bilan ifodalanadi. Uning o’rtacha qiymati 4-7 Mpa. ga, jadallashtirilgan dizellar uchun ko’pi bilan 12-13 Mpa. ga teng. Dizel dvigateli tutash detallarining sirpanish tezligi dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasiga qarab 6-7 ms atrofida yoki 9 ms gacha bo’ladi.
Mashina detallarining yeyilish mexanizmi va ularning kamchiliklari. Ma'lumki hatto sinchiklab ishlov berilgan sirtlarga ham noteksliklari qoladi. Ishqalanuvchi sirtlar bir-biriga nisbatan surilganda notyokislarning ayrim g’adir-budirliklari faqat qayishqoq deformasiyaga uchraydi, yuklanish olingandan so’ng bu deformasiya yo’qoladi. Notyokislikning boshqa g’adir-budirliklari esa plastik deformasiyaga uchraydi, egiladi, eziladi, siljiydi.
Download 17.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling