Ishqalanuvchi juftliklar uchun ishlatiladigan materiallar Ishqalanuvchi juftlarning yeyilish mexanizmi


Metall yuzalarini yeyilish mexanizmi


Download 17.08 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi17.08 Kb.
#1501837
1   2   3
Bog'liq
Ishqalanuvchi juftliklar uchun ishlatiladigan materiallar

Metall yuzalarini yeyilish mexanizmi
Metall yuzalarida sodir bo’ladigan ishqalanish va dastlabki holatidan o’zgarishini ko’rishdan oldin, qattiq jismning mo’rtligi va plastikligi kuchlanish holatiga bog’liq bo’lmagan xossasi hisoblanmaydi. Kuchlanishning bir holatida jism plastik bo’lishi mumkin, ikkinchi holatida esa-mo’rt. Ko’pgina qattiq jismlarni har tomondan bir tyokisda siqilsa, buzilmasdan katta yuklanishni qabul qila oladi. Agar har tomondan tyokis siqilsa, bosh kuchlanishga bog’liq holda, jism plastik, mo’rt yoki o’tish holatida bo’ladi. Cho’yan va toblangan po’lat kabi mo’rt materiallarni ma'lum bir sharoitda hajmiy siqilsa, ular plastik holatiga o’tadi.
Ishqalanuvchi yuzalarning plastik deformasiyalanishini o’zgarishi, haroratni ortishi va atrof muhitning kimyoviy ta'siridir. Deformasiya ta'sirida bo’ladigan o’zgarishlar quyidagilardan iborat.
1.Material tuzilishini yaxshilanmaganligidan xosil bo’lgan ko’p marotabalik elastik deformasiya, ma'lum bir sharoitda yumalash yuzasini toliqishdan buzilishiga, sirpanish yuzasini esa tuzilishini titilishiga olib keladi.
2.Plastik deformasiya materialning yuza qatlami tuzilishini o’zgartirib yuboradi. Qattiq jismlarning plastik deformasiyasi 4 ta asosiy elementar jarayonlardan iborat: kristallografik yuzada sirpanish; kristallarni ikkilanib birikishi; atomlarni kristall panjaralarda to’g’ri joylashishidan va ularni issiqlik harakatidan og’ishi; tuzilishini buzilishi.
Tuzilishni buzilishi, bu plastik deformasiyani oxirgi bosqichidir. Bunda kristal donalar bog’lanishi qisman buzilgan bo’lib, natijada kuchlanishni ortishi yoki uni bir necha bor takrorlanishidan bo’shashib, titilib va keyinchalik tuzilishi buzilib ketadi.
3.Rekristallanish haroratidan past haroratda plastik deformasiyalanish yuza qatlamini puxtalanishi (naklep) ga, ya'ni uni mustahkamlanishiga olib keladi. Biroq eng yuqorigi yuza tuzilishi bo’shashadi, mikroqattiqligi kamayadi. Mikroqattiqlik ma'lum bir chuqirlikda maksimumga ero’shadi va so’ng kamayib boradi.
4.Qattiqligi bo’yicha material tarkibiy tuzilishi juda farqlanganda va yuklanishni ko’plab qayta ta'siridan, dastlab yumshoq asos jadal yeyila boshlaydi, natijada qattiq tashkil etuvchiga bosim ortib boradi, u yumshoq asosga botib boradi. Ularni ba'zilari maydalanib, ishqalanish kuchi tasirida aralashib ketadi. Buni natijasida yuza yeyilishidan qattiq tashkil etuvchi bilan to’yinib boradi.
Harorat ortishini yeyilishga ta'siri quyidagilardan iborat.
1.Agar ishqalanayotgan yuza qatlami harorati ushbu metallning rekristallanish haroratidan yuqori bo’lsa, yuza qatlami puxtalanmaydi, o’ta plastik holatga o’tadi.
2.Yuqori harorat va plastik deformasiya difuziya jarayoniga olib keladi, natijada yuza qatlami ba'zi bir elementlar bilan to’yinadi (masalan: po’lat yuzasi uglerod bilan).
3.Haroratni jadal ortib ketishi va so’ngra birdan sovushi natijasida, yuza qatlamida toblanish tuzilmasi xosil bo’ladi.
4.Plastik deformasiya, yuqori haroratli gradientlar va tuzilish tarkibini o’zgarishidan har biri alohida yoki birgalikda materialda kuchlanish xosil qiladi, u uni titilishga olib keladi.
5.Detallar kontaktini yuqori yuklanish va harorat sharoitida mikroskopik tadqiq qilinganda, magma plazmalar xosil bo’lishi mumkinligi aniqlangan. Mikrokontaktlarni tasirlashuvi juda qiska vaqt ichida (10-7 – 10-8 s) sodir bo’ladi. Bu vaqt ichida kontaktda katta energiya xosil bo’ladi.
Muhitning kimyoviy ta'siri quyidagicha bo’ladi.
1.Havo muhitida ishqalanishida toza metall yuzalarida, gaz fazalari yoki yog’ tarkibidagi kislorod ta'sirida oksid pardasi xosil bo’ladi. Oksid pardasi yuzani yog’glanmagan holda yoki yarim suyuq moy bilan yog’langandagi ishqalanishda yeyilishdan saqlaydi. Vakuumda azot, argon va geliy muhitida chegaraviy yog’lab tekshirilganda, oksid pardasi xosil bilmaydi. Natijada ishqalanish yuzasida yeyilish jadalligi yuqori bo’lishi aniqlandi.
2.Metall yuzalari yog’dagi kimyoviy aktiv qo’shimchalar bilan o’zaro ta'sirlashuvidan kimyoviy birikmalarning pardasi xosil bo’ladi va u oksid pardasi vazifasini bajaradi.
3.Yog’lash materialini yuqori haroratda tarqalishi natijasida yuza uglerod bilan tiyinishi mumkin.
4.Agressiv suyuqlik va gaz muhiti yeyilishni tezlatadi.

Download 17.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling