Ishsizlik: sabablari, xususiyatlari va uni kamaytirish yo’llari


Download 21.83 Kb.
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi21.83 Kb.
#1836653
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.Ishsizlik sabablari, xususiyatlari va uni kamaytirish yo’llari

Birinchi yoʻl – bu mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratish va oʻtish davri qiyinchiliklari hamda tizimli oʻzgarishlar oqibatida barcha ishdan boʻshaganlarni yangidan yaratilgan ish oʻrinlariga joylashtirish. Muammoning yechimi sifatida davlat iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridayoq kichik va xususiy tadirkorlikka keng yoʻl ochib berish, unga imtiyozlar berish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishning tezkor choralarini koʻrish siyosatini tutdi. Lekin, endigina mustaqillikka erishgan va oʻtish davri inqirozini boshidan kechirayotgan mamlakatda ishsizlik muammosini uzil-kesil hal etishda davlatning moliyaviy imkoniyatlari benihoya cheklangan edi. Boz ustiga xalqimizda tadbirkorlik bilan shugʻullanish va uning hisobidan daromad topish tajribasi hali shakllanmagan edi. Ikkinchi yoʻl – aholiga boshqa mamlakatlarga chiqib, tirikchilik qilishlari, oilasini boqish uchun imkoniyat yaratib berish, aniqrogʻi mehnat migratsiyasiga yoʻl ochib berishdan iborat edi. Respublikamiz uchun bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ana shunday mashaqqatli va beqaror vaziyatda ishsiz qolganlarning bir qismi, aniqrogʻi nomigagina bandlikda boʻlib, maosh olib yurganlar yoki ishdan boʻshab, ishsizlar toifasiga mansub boʻlganlar mana shu ikkinchi yoʻlni tanlashga majbur boʻlishdi.
25.11.2021 yili prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash borasida 2022 yilda amalga oshiriladigan dasturlar hamda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida ko‘riladigan qator chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lum qilindi. Unga ko‘ra:
  • oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion so‘m beriladi;
  • paxta va g‘alladan bo‘shaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;
  • meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi;
  • aholi bandligini ta'minlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yo‘naltiriladi;
  • aholi tomorqasida dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.

  • «Hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, tomorqasi bo‘lgan xonadonlarda 100ta parranda, 20ta quyon, 5-6ta qo‘y va echki, kamida 5-10ta kurka, 5ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga ko‘maklashishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi», deyiladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram kanalidagi xabarda. Prezident kelgusi yilda Davlat investitsiya dasturi doirasida 18,5 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirilishini ma'lum qildi. «Bundan buyon investitsiya dasturlarini hokimlarning o‘zi “mahallabay” tamoyili asosida ishlab chiqadi. Ya'ni dastur vazirlikda emas, balki mahalladan boshlab shakllanadi. Shu bilan birga, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari doirasida 22 milliard dollarlik 9 mingta loyiha amalga oshirilishi va 305 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. Misol uchun, hududlardagi maxsus iqtisodiy zonalarning tashqi muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish uchun keyingi yilda budjetdan 2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi», degan davlat rahbari. Yig‘ilishda mahallalarni rivojlantirishga tashqi investitsiya va moliyaviy resurslarni ham yo‘naltirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. «Kelgusi yilda xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobiga 109 ta loyiha doirasida 2,2 milliard dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, 28 ming aholi bandligi ta'minlanadi. Endilikda xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan mablag‘larni ham mahallaga bog‘lash tizimi joriy etiladi», dedi prezident. Ayni paytda hududlar rahbarlari ishsizlar va yoshlarning bandligini to‘liq ta'minlash, buning uchun qanday sharoitlar zarurligi yuzasidan axborot bermoqda.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 21.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling