Ishsizlikning migratsiyaga ta'siri O‘zbekiston milliy unversiteti 1-bosqich talabasi Kurbanova Feruza


Download 19.9 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi19.9 Kb.
#1368871
Bog'liq
Ishsizlikning migratsiyaga ta\'siri tezis


Ishsizlikning migratsiyaga ta'siri
O‘zbekiston milliy unversiteti
1-bosqich talabasi Kurbanova Feruza
Mamlakatimizda bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga band bo‘lmagan aholini joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilishning samarali yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu borada har yili maxsus dasturlar qabul qilinyapti. Lekin, shunga qaramay, fuqarolarni ish bilan ta’minlashda ijobiy natijalarga erisha olmayapmiz1.
Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 1,5 million nafari ish o‘rniga muhtojligi, bu ishga yaroqli aholi sonining salkam 10 foizini tashkil qilishi ham ana shunday deyishga asos bo‘ladi2.
Yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash masalasidagi muammolarni bartaraf etishning yangi va samarali mexanizmlari Prezidentimizning “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aks ettirildi.
Qaror bilan aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatni takomillashtirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi.
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari ham oshirilmoqda. Jamg‘armaga shu yilning o‘zida respublika byudjetidan qo‘shimcha 150 milliard so‘m, 2019 yildan boshlab esa 300 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratib boriladi.
Hujjatga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda uch yilga olti oylik imtiyozli davr bilan mikrokreditlar beriladigan bo‘ldi.
Prezidentimiz koʻtarib chiqqan Oʻzbekistonni yana-da rivojlantirish, uni rivojlangan 50 ta mamlakat qatoridan oʻrin olishiga erishish, xalqning hayot farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik darajasini oshirish, taʼlim sifatini takomillashtirish, kambagʻallikka barham berish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasidagi tashabbuslarining hayotga tadbiq etishning faol ishtirokchilari boʻlaylik. Ana shundagina hamyurtlarimizning oʻzining jonajon vataniga qaytishiga koʻmaklashishda hissamizni qoʻshgan boʻlamiz. Barchamiz birgalikda, bir tan birjon boʻlib harakat qilsak, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning ravon yoʻliga boshlab chiqishimiz muqarrar. Oʻzbekiston 2030-yilga borib nafaqat taraqqiy etgan 50 ta mamlakat safiga kirishga erishadi, balki 2040-yillarga borib kuchli 20 talik mamlakat safidan munosib oʻrin egallashi mumkin boʻladi. Shundagina biz oʻtmishda Movarunnahrdek qudratli davlatni shakllantirgan buyuk avlod-ajdodlarimizning shaʼniga munosib ish tutgan boʻlamiz, ularning ruhi poklarini shod aylab, arvohlarining madadini olish baxtiga erishamiz3.
Buning uchun avvalo mehnat migrantlari muammosi Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim, bugungi kun va kelajak nuqtayi nazaridan oʻz yechimini kutayotgan markaziy masalalaridan biri sifatida qaralmogʻi lozim. Ushbu masala davlat rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari, ilmu-fan ahlining, keng jamoatchilik va oʻz-oʻzini boshqarish organlarining doimiy diqqat markazida boʻlmogʻi shart. Bu borada davlatimizning ishchi kuchi eksportiga yoʻnaltirilgan harakatlar strategiyasi va “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmogʻi va tadrijiy ravishda amaliy hayotga tatbiq etilishi lozim.
Mehnat migratsiyasini cheklangan miqdorda faqat malakali ishchi kuchini eksport qilish evaziga amalga oshirish siyosatini olib borish. Shunisi quvonarliki, keyingi vaqtlarda mehnat migratsiyasi bilan bogʻliq masalalarga davlatimiz, shaxsan davlat rahbari, katta eʼtibor qaratmoqda. Yaqinda mamlakat Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning imzolanishi fikrimning yorqin dalilidir. Ushbu qaror, Prezident rahbarligida davlatimiz tomonidan xalq farovonligini oshirish, davlatimizning xalqaro nufuzini koʻtarish, mamlakatni notoʻgʻri shakllantirilgan va bizga yaxshi samara bermayotgan mehnat migratsiyasi illat va kamchiliklaridan xolos etishga qaratilgan dadil qadam4.
Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasini tartibga solish uchun Oʻzbekiston “Bandlik va mehnat munosabatlari” vazirligining bevosita boshchiligida ishchi kuchi import qiluvchi mamlakatlar, yirik kompaniyalar buyurtmalariga muvofiq yollanma, malakali ishchi va mutaxassislarni tayyorlash mexanizmini yaratish lozim. Bunda kasbiy malaka va koʻnikmalarga ega iqtidorli yoshlar tanlov asosida saralab olinadi, muayyan davr davomida ularga borib ishlashi lozim boʻlgan mamlakatning tili, tarixi, urf-odatlari, anʼanalari oʻrgatiladi, tanlangan ish, kasb, hunar boʻyicha zaruriy malaka va koʻnikmalar shakllantiriladiki, toki migrant oʻzi tashrif buyurgan mamlakat yoki korxona talablari darajasida vazifalarni bajara oladigan tayyorgarlikka ega boʻlsin. Ishchi kuchi eksportini ilmiy asosda yoʻlga qoʻyilishi respublikaga juda katta manfaat keltiradi.
Adabiyotlar:
Киреев А. Международная экономика. В 2-х ч. М.: 2007 г Кругман П. Международная экономика. 5-е изд. СПб.: Питер. 2003г.
Колесов В.П., Кулаков М.В. Международная экономика: Учебник. - М.: ИНФРА-М, 2008
Nazarova G.G., Xalilov X.X., Xanova I.M., Hakimov N.Z., Bobojonov B.R. Jahon iqtisodiyoti. T.: MChJ “RAM-S”, 2007 y
Nazarova G.G., Xaydarov N.X., Akbarov M.T. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: MChJ “RAM-S”, 2007 y
Спиридонов И.А. Мировая экономика: Учеб. Пособие. – М.:
РИОР, 2007



1 Nazarova G.G., Xalilov X.X., Xanova I.M., Hakimov N.Z., Bobojonov B.R. Jahon iqtisodiyoti. T.: MChJ “RAM-S”, 2007 y

2 Киреев А. Международная экономика. В 2-х ч. М.: 2007 г Кругман П. Международная экономика. 5-е изд. СПб.: Питер. 2003г

3 Nazarova G.G., Xaydarov N.X., Akbarov M.T. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: MChJ “RAM-S”, 2007 y

4 Спиридонов И.А. Мировая экономика: Учеб. Пособие. – М.:
РИОР, 2007

Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling