Ishtixon tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarkand viloyatidagi tuman. Samarqand shahridan 68 km. Viloyatning Qoʻshrabot, Payariq, Kattaqoʻrgʻon, Pastdargʻom tumanlari, bilan chegaradosh. Markazi — Ishtihon shahri
Download 98.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Ishtixon tumani - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishtixon tumani Иштыханский район tuman Tarkibida
- Soat mintaqasi UTC+5 Telefon kodi
Ishtixon tumani Ishtixon tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarkand viloyatidagi tuman. Samarqand shahridan 68 km. Viloyatning Qoʻshrabot, Payariq, Kattaqoʻrgʻon, Pastdargʻom tumanlari, bilan chegaradosh. Markazi — Ishtihon shahri. Umumiy yer maydoni 0,72 ming kv.km. Ishtixon tumani Иштыханский район tuman Tarkibida Samarqand viloyati Maʼmuriy markazi Ishtixon Asos solingan sanasi 08.05.1943 Rasmiy tillar Oʻzbek Aholi 218431 ming kishi Dinlar tarkibi musulmonlar Maydoni 0.72 ming km.kv km² Aholisi: 218,431 ming kishi (2013.01.01.). Shundan shahar joylarda 64,447 kishi, qishloq joylarda 154,043 kishi yashaydi. Aholisi asosan oʻzbeklar shuningdek rus, tojik, koreys, ukrain, tatar, arman va Soat mintaqasi UTC+5 Telefon kodi +9986662 Avtomobil raqami kodi 30...-40 Rasmiy sayti [1] boshqa millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km.kv ga 303.3 kishi. Tumanda 1ta shahar (Ishtihon), bir shaharcha (Mitan), 9 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Azamat, Zarband, Ravot, Fayziobod, Xalqobod, Chordara, Oʻrtaqishloq, Qurli, Haqiqat), 12 ta shahar tipidagi pasyolkalar (Mitan, Azamat, Damariq, K.Bekanova, Qirqyigit, Odil, Sugʻot, Halqobod, Shayxislom, Shayxlar, Yangirobot, Yangikent).62 ta mahalla fuqoralar yigʻini, shundan 11 tasi shahar Mamuriy tuzilishi mahallalar, 169 ta qishloq aholi punktlaridan iborat. Ishtihon Zarafshon vodiysidagi qadimgi shahar boʻlib, Oqdaryo va Qoradaryo oraligʻidagi Miyonkal orolida joylashgan. Barpo boʻlgan yili nomaʼlum, ilk feodalizm davrida mustaqil hokimlik markazi boʻlgan. Keyinchalik Soʻgʻdiyona tarkibiga kirgan. Samarqand arablar tomonidan bosib olingach, soʻgʻd ishxitlari Ishtihonga kelib poytaxt qilgan. Aynan „Ishtihon“ nomi ham "ishxit hon " soʻzidan kelib chiqqan. X asrda Ishtihon qaʼla, Tarixi shahriston va rabotdan iborat katta shahar boʻlgan. Tarixda savdo -sotiq rivojlangan, atrofi bogʻlar, qishloqlar, dalalar bilan oʻralgan. Ishtihonga Zarafshon daryosidan kanal orqali suv kelgan. Keyinchalik Ishtihon shahri xarobaga aylanib, uning oʻrnida Ishtihon qishlogʻi paydo boʻlgan, Ishtihon tumani 1943-yil 18-mayda Oqdaryo tumanining Boday, Shayxlar, Oʻrtaqishloq, Qatagʻon, Qoradaryo tumaninning Tallizigʻir, Sarbozor, Oqtepa, Sugʻot, Tarvuztavoq, Gadoytopmas qishloq kengashlaridan tashkil etilgan. Tuman tarkibiga oʻsha paytda jami 11 ta qishloq kengashi, 42 ta j/x kiritildi. Ishtihon tumanida tarixiy oʻlkashunoslik muzey 1979-yil 18-mayda ochilgan. Muzey 4 ta zaldan iborat; oʻlkashunoslik zali, tarix zali, etnografik zali va mustaqillik zali boʻlib, muzeyda 1315 ta eksponat saqlanmoqda. lmiy tadqiqot qadimiy Miyonqol vohasida, Zarafshon daryosining ikki tarmogʻi — Oqdaryo va Qoradaryo oraligʻida joylashgan. Shim. qismi adir va qirlardan iborat. Nurota togʻlarining janubiy yon bagʻridagi tekislik bilan tutashgan. Tuman hududidan Miyonqol, Tabiati Qora-suv, Xatirchi, Yangikent, Xonming kabi kanallar oʻtadi. Ekin maydonlari Yangikent va Xoʻjaariq kanallaridan sugʻoriladi. Iqlimi kontinental. Vegetatsiya davri 120- 150 kun. Yillik yogʻin 350 mm. Oʻrtacha temperatura iyulda 27°, yanvarda-1,9°. (1969-yilda eng past temperatura — 27° qayd etilgan). Tuproqlari tipik boʻz, allyuvial oʻtloq, oʻtloqi va oʻtloqi-bot-qoq tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, oqquray, jiyda, doʻlana, chakanda, zira, chuchukmiya va boshqalar oʻsadi. Hayvonlardan boʻrsiq, boʻri chiyaboʻri, tulki, quyon, qushlardan tustovuq, bedana, qorabovur, turna, laylak uchraydi. Tumandagi korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan. Paxta tozalash zavodi (Mitan), gʻisht, konserva zavodlari, „Alnosir“ qoʻshma korxonasi mavjud, 138 kichik va xususiy korxona, firma va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman hududidan Toshkent — Buxoro avtomobil yoʻli (40 km) oʻtadi. Ishtixon — Kattaqoʻrgʻon, Ishtixon — Mitan — Oqtepa va boshqalar Sanoati yoʻnalishlarda avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Tuman qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Tuman shirkat, dehqon-fer-mer xoʻjaliklari gʻallachilik, pillachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan ham shu- gʻullanadi. Paxta 11,7 ming ga, gʻalla 7,0 ming ga maydonga ekiladi, qariyb 1,5 ming ga tokzorlar bilan band. Tumanda 21 shirkat va ijara xoʻjaligi, fer-merlar uyushmasi bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki Xoʻjaligi boqiladi. Ilmiy tadqiqotda 100 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 60 dan ziyod jamoat kutubxonasi, 30 ga yaqin klub, bir necha madaniyat uylari, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Ishtixonda tuman markaziy kasalxonasi (570 oʻrin, 305 vrach, Mitan shaharchasida filiali bor), 24 qishloq vrachlik punkti, qishloq vrachlik ambulatoriyalari, poliklinikalar xizmat koʻrsatmoqda. „Mingyongʻoq“ sanatoriysi mavjud. 1934-yildan „Ishtixon ovozi“ tuman gaz. chiqadi (adadi 2300). Manbalar 1. ishtihon.samarqand.uz Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. "https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Ishtixon_tumani&oldid=35329 79" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 3-Yanvar 2023, 11:00 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 98.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling