Ishtixon tumani — Samarkand viloyatidagi tuman. Samarqand shahridan 68 km. Viloyatning Qoʻshrabot, Payariq, Kattaqoʻrgʻon, Pastdargʻom tumanlari, bilan chegaradosh. Markazi Ishtihon shahri. Umumiy yer maydoni 0,72 ming kv km


Download 281.03 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi281.03 Kb.
#219606
Bog'liq
Ishtixon tumani - Vikipediya (1)




Ishtixon tumani

Ishtixon tumani — Samarkand viloyatidagi tuman. Samarqand

shahridan 68 km. Viloyatning Qoʻshrabot, Payariq, Kattaqoʻrgʻon, Pastdargʻom tumanlari, bilan chegaradosh. Markazi Ishtihon shahri. Umumiy yer maydoni 0,72 ming kv.km.




Ishtixon tumani

Иштыханский район

tuman

Tarkibida

Samarqand viloyati

Maʼmuriy markazi

Ishtixon

Asos solingan sanasi

08.05.1943

Rasmiy tillar

Oʻzbek

Aholi

218431 ming kishi

Dinlar tarkibi

musulmonlar

Maydoni

0.72 ming km.kv km²






Soat mintaqasi

UTC+5

Telefon kodi

+9986662

Avtomobil raqami kodi

30...-40

Rasmiy sayti

[1]




Aholisi: 218,431 ming kishi (2013.01.01.). Shundan shahar joylarda 64,447 kishi, qishloq joylarda 154,043 kishi yashaydi. Aholisi asosan oʻzbeklar shuningdek rus, tojik, koreys, ukrain, tatar, arman va boshqa millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km.kv ga 303.3 kishi.

Mamuriy tuzilishi


Tumanda 1ta shahar (Ishtihon), bir shaharcha (Mitan), 9 ta qishloq fuqarolari

yigʻini (Azamat, Zarband, Ravot, Fayziobod, Xalqobod, Chordara,

Oʻrtaqishloq, Qurli, Haqiqat), 12 ta shahar tipidagi pasyolkalar (Mitan, Azamat, Damariq, K.Bekanova, Qirqyigit, Odil,

Sugʻot, Halqobod, Shayxislom, Shayxlar, Yangirobot, Yangikent).62 ta mahalla fuqoralar yigʻini , shundan 11 tasi shahar mahallalar, 169 ta qishloq aholi punktlaridan iborat.


Tarixi


Ishtihon Zarafshon vodiysidagi qadimgi shahar boʻlib, Oqdaryo va Qoradaryo oraligʻidagi Miyonkal orolida joylashgan. Barpo boʻlgan yili nomaʼlum, ilk feodalizm davrida mustaqil hokimlik markazi boʻlgan. Keyinchalik Soʻgʻdiyona tarkibiga kirgan. Samarqand arablar tomonidan bosib olingach, soʻgʻd ishxitlari Ishtihonga kelib poytaxt qilgan. Aynan "Ishtihon" nomi ham "ishxit hon " soʻzidan kelib chiqqan. X asrda Ishtihon qaʼla, shahriston va rabotdan iborat katta shahar boʻlgan. Tarixda savdo -sotiq rivojlangan, atrofi bogʻlar, qishloqlar, dalalar bilan oʻralgan. Ishtihonga Zarafshon daryosidan kanal orqali suv kelgan. Keyinchalik Ishtihon shahri xarobaga aylanib, uning oʻrnida Ishtihon qishlogʻi paydo boʻlgan, Ishtihon tumani 1943 yil 18 mayda Oqdaryo tumanining

Boday, Shayxlar, Oʻrtaqishloq, Qatagʻon,

Qoradaryo tumaninning Tallizigʻir,

Sarbozor, Oqtepa, Sugʻot, Tarvuztavoq, Gadoytopmas qishloq kengashlaridan tashkil etilgan.Tuman tarkibiga oʻsha paytda jami 11 ta qishloq kengashi, 42 ta j/x kiritildi. Ishtihon tumanida tarixiy oʻlkashunoslik muzey 1979 yil 18 mayda ochilgan. Muzey 4 ta zaldan iborat ; oʻlkashunoslik zali, tarix zali, etnografik zali va mustaqillik zali boʻlib, muzeyda 1315 ta eksponat saqlanmoqda. Tabiati

lmiy tadqiqot qadimiy Miyonqol vohasida,

Zarafshon daryosining ikki tarmogʻi – Oqdaryo va Qoradaryo oraligʻida joylashgan. Shim. qismi adir va qirlardan iborat. Nurota togʻlarining janubiy yon bagʻridagi tekislik bilan tutashgan.

Tuman hududidan Miyonqol, Qora-suv, Xatirchi, Yangikent, Xonming kabi kanallar oʻtadi. Ekin maydonlari Yangikent va Xoʻjaariq kanallaridan sugʻoriladi.

Iqlimi kontinental. Vegetatsiya davri 120–150 kun. Yillik yogʻin 350 mm. Oʻrtacha temperatura iyulda 27°, yanvarda–1,9°. (1969 yilda eng past temperatura – 27° qayd etilgan).

Tuproqlari tipik boʻz, allyuvial oʻtloq, oʻtloqi va oʻtloqi-bot-qoq tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, oqquray,

jiyda, doʻlana, chakanda, zira, chuchukmiya va boshqalar oʻsadi.

Hayvonlardan boʻrsiq, boʻri chiyaboʻri, tulki, quyon, qushlardan tustovuq, bedana, qorabovur, turna, laylak uchraydi.

Sanoati


Tumandagi korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan. Paxta tozalash zavodi (Mitan), gʻisht, konserva zavodlari, "Alnosir" qoʻshma korxonasi mavjud, 138 kichik va xususiy korxona, firma va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman hududidan Toshkent – Buxoro avtomobil yoʻli (40 km) oʻtadi.

Ishtixon – Kattaqoʻrgʻon, Ishtixon – Mitan – Oqtepa va boshqalar yoʻnalishlarda avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.


Xoʻjaligi


Tuman qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Tuman shirkat, dehqon-fer-mer xoʻjaliklari gʻallachilik, pillachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan ham shugʻullanadi. Paxta 11,7 ming ga, gʻalla 7,0 ming ga maydonga ekiladi, qariyb 1,5 ming ga tokzorlar bilan band. Tumanda 21 shirkat va ijara xoʻjaligi, fer-merlar uyushmasi bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Ilmiy tadqiqotda 100 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 60 dan ziyod jamoat kutubxonasi, 30 ga yaqin klub, bir necha madaniyat uylari, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Ishtixonda tuman markaziy kasalxonasi



(570 oʻrin, 305 vrach, Mitan shaharchasida filiali bor), 24 qishloq vrachlik punkti, qishloq vrachlik ambulatoriyalari, poliklinikalar xizmat koʻrsatmoqda. "Mingyongʻoq" sanatoriysi mavjud. 1934 yildan "Ishtixon ovozi" tuman gaz. chiqadi (adadi 2300). sanatoriysi mavjud. 1934 yildan "Ishtixon ovo zi" tuman gaz. chiqadi (adadi 2300).






Download 281.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling