Iskandarov K. Sh в,г а 11 Б
Download 25.28 Kb.
|
1-TOPSHIRIQ
Iskandarov K.SH 1 В,Г 1 А 11 Б 2 А 2 Б 12 А 3 Г 3 А 13 Г 4 А,Б,В,Г 4 Г 14 Б 5 5 В 15 Б 6 А 6 А 16 В 7 Г 7 А 17 Г 8 Г 8 А 18 А 9 В 9 А 19 А 10 А 10 А 20 Б Keys bo‘yicha savollar va topshiriqlar: Nima uchun iqtisodiyotda davlat ulushini va ishtirokini kamaytirish, cheklash zarur? Bu savolga javob berish uchun eng avvalo iqtisodiy tizimlar ularning mohiyati haqida bilib olishimiz zarur. Iqtisodiy tizim - bu har bir davr va makonda amal qilinadigan iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xoʼjalik yuritish mexanizmi va iqtisodiy muassasalarning oʼzaro uzviy bogʼliqlik asosida tarkib topgan yaxlit iqtisodiy tuzilmasidir. Iqtisodiy tizimlar ham o’z navbatida turli xil shakllarda bo’ladi, bular: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlaridir. Endi iqtisodiyotda davlat ulushini va ishtirokini kamaytirish bu bozor iqtisodiyotining asosiy shartlaridan biridir. Buning asosiy sababi resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish orqali ifodalanadi yani insonlarda davlat idoralari va korxonalariga nisbatan o’ziniki hissiyoti yo’q bo’ladi yoki o’z xususiy mulkiga nisbatan kam buladi. Bu esa o’z navbatida ishga sovuqqonlik va ish unumdorligiga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham iqtisodiyotda davlat ulushini va ishtirokini kamaytirish bu raqobatni vujudga keltiradi va iqtisodiy o’sishga olib keladi. Mustaqillikdan oldin davlatning iqtisodiyotdagi mavqei qanday bo’lgan? Mustaqillikdan oldin davlatning iqtisodiyotdagi mavqei juda baland bo’lgan, chunki u paytda iqtisodiyotimiz rejali iqtisodiyot ya’ni ma’muriy buyruqbozlik tizimi orqali boshqarilgan. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti – bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrog‘i davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. Foydalaniladigan resurslarning hajmi, mahsulotlarning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilishga doir barcha qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi. Soddaroq qilib aytadigan buo’lsak nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qachon va qayerda ishlab chiqarish kabi dolzarb masalalar bozor, talab va taklifdan kelib chiqib emas markaziy boshqarish organlari tomonidan hal qilinadi. O’shani uchun ham bu tizimda davlatning iqtisodiyotdagi ulushi mutlaq bo’ladi. Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish nima uchun zarur bo’lgan? Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish bu ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiy tizimidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun zarur. Bu bilan davlat aholida egalik tuyg’usini va oqibatda shu bor mulkini ko’paytirishga urinishi ortidan bozor mehanizmi ishga tushuradi va pirovard natijada davlat iqtisodiy o’sishiga o’z hissasini qo’shadi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Xususiylashtirishdan ko’zlangan maqsadlar nimalardan iborat? Bu savolga javob ham tepadagi savolga javob bilan uzviy bog’liq dir. Xususiylashtirishdan ko’zlangan bosh maqsad aholini iqtisodiyotda band bo’lishini va iqtisodiy o’sishga o’z xissasini qo’shishga rag’batlantirish, undan tashqari turmush farovonligini oshirish va aholini iqtisodiyotda band qilish, jamiyatni rivojlantirish, erkin bozor sharoitida ularning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda talab taklif raqobat narx richaglarini ishlatish hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Davlat mulkini xususiylashtirish mamlakatimizda qanday amalga oshirildi. Uning asosiy bosqichlarini aniqlang. Mustaqillikdan keyin bizning iqtisodiy tizimda ham o’zgarishlar ro’y berdi, ya’ni iqtisodiyotimiz rejali tizimdan bozor iqtisodiyoti tizimiga o’ta boshladi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning ham ikki ta turi bor, bular: shok-terapiya usuli va bosqichma-bosqich o’tish usuli. Bu usullarni yana revolyutsion va evoltyutsion ham dem atashadi. Bizning davlat bu uslublardan ikkinchisini ya’ni bosqichma-bosqich o’tish yo’lidan ketgan. Bosqichma-bosqich o’tishning eng asosiy yaxshi taraflaridan biri iqtisodiyot sektorlarini birdan bo’lib qolishi mumkin bo’lgan inqirozlarni oldini oladi va davlat kam yo’qotishlar bilan bozor iqtisodiyotiga o’tib boradi. Bu borada Respublikamiz birinchi prezidenti o’zining iqtisodiyotni rivojlantirishni o’zbek modelini ishlab chiqqan va bosqichma-bosqich o’tish taminlanib borildi. Bu model 5ta asosiy tamoyillardan tashkil topgan bo’lib uning birinchi tamoyili iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi hisoblanadi. 6.Davlat mulkini xususiylashtirish bilan bir qatorda nima uchun ma’muriy, ya’ni institutsional islohotlar amalga oshirildi? Bu jarayon qanday kechdi? Xususiylashtirish va ma’muriy islohotlarni amalga oshirish natijasida qanday natijalarga erishildi? Davlat mulkini xususiylashtirish bilan bir qatorda ma’muriy ya’ni institutsional islohotlar amalga oshirish ham zarur, bu XX asr boshidagi iqtisodiy inqirozdan so’ng ayon bo’lgan. Bunda iqtisodiyotni tartibga solishda faqat bozor mehanizmi ojizlik qilishi ko’ringan. Davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti – bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mulkchilikning turli shakllari, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi. Shuningdek, rejalashtirish, prognozlash, aholini sotsial himoyalash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat ishtiroki kengayib boradi. Bu yerda ko’rishimiz mumkinki faqat bozor mehanizmlari ham iqtisodiyotni tartibga sola olmaydi yoki ma’muriy buyruqbozlik ham iqtisodiyotni o’sishini ta’minlab bera olmaydi, shuning uchun ham hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti kirib keldi. Bu yerda ham xususiy mulkchilik lekin bozor mexanizmlari ojiz joylarida iqtisodiyotga davlat ham bevosita aralashish huquqi berilgan, bu aralashuv erkin raqobatni qonunan ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qlish maqsadida kiritilgan. Download 25.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling