Islohotlarning mohiyati va maqsadlari


Download 395.47 Kb.
bet2/106
Sana24.12.2022
Hajmi395.47 Kb.
#1052872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Якуний назорат

O‘zbekistondagi ma’muriy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari

- Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi va uning amalga oshirilishi uchun «Yo‘l xaritasi"ni 8 sentyabrdagi farmoni bilan tasdiqladi. Konsepsiyada O‘zbekiston davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilishning oltita asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Rejalashtirilgan ma’muriy islohotning maqsadlari — kutilayotgan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga qodir bo‘lgan, innovatsion rivojlanishning umumjahon tendensiyalariga javob beradigan davlat boshqaruvi tizimini yaratish. Shuningdek, islohot fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning farovonligini va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidan qanoatlanish darajasini yanada oshirishni ta’minlaydi. Konsepsiya doirasida 100 dan ziyod davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvidagi tashkilotlar faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi. Farmonga muvofiq bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan tanqidiy o‘rganish o‘tkazish va takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) muvofiq, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish va liberallashtirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish davlat va jamiyatni modernizatsiya qilishning muhim maqsadlari etib belgilandi. Ushbu maqsadlarga erishishning muhim sharti amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarining to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlay oladigan, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini o‘z vaqtida aniqlaydigan va samarali hal qiladigan davlat boshqaruvi tizimining aniq faoliyat ko‘rsatishi hisoblanadi. Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonining tizimli tahlili va aholi bilan muloqot natijalari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda ijro etuvchi hokimiyat organlari deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishda islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi jiddiy kamchiliklarning saqlanib qolayotganligidan dalolat bermoqda.


  1. Download 395.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling