Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan


Download 1.21 Mb.
bet5/6
Sana14.04.2020
Hajmi1.21 Mb.
#99253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqillik asoschisi islom karimo



2016-yil 2-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi, unda Islom Karimov xohish-irodasiga koʻra Samarqandda dafn etilishi, 3-sentabrdan boshlab uch kunlik motam eʼlon qilinishi koʻrsatilgan.[3] Dafn marosimini oʻtkazish komissiyasi tarkibida Shavkat Mirziyoyev, Rustam Inoyatov, Rustam Azimov, Adham Ahmadboyev va boshqa davlat va jamoat arboblari koʻrsatildi.[3]

2016-yil 3-sentabr tongida motam korteji Toshkent shahri boʻylab aeroportga yurdi, kortejni oʻn minglab odamlar kuzatishdi.[4][5] Aeroportdan dafn marosimi Samarqandga uchib, Registon maydoniga keldi.



Marosimda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri oʻrinbosari Zhang Gaoli, Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Lee Jong-seok, Belarus Bosh vaziri Andrey Kobyakov,Qozogʻiston Bosh vaziri Karim Masimov, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Oqtay Əsədov, Gruziya Respublikasi Bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili, Qirgʻiziston Bosh vaziri Soʻronboy Jeenbekov, Turkiya Bosh vaziri oʻrinbosari Tuğrul Türkeş,Ukraina Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Stepan Kubiv, Birlashgan Arab Amirliklari davlat vaziri Rashid ibn Ahmad ibn Fahad, Armaniston Respublikasi parlamenti vitse-spikeri Ermine Nagdalyan, Yaponiya parlament vaziri Motome Takisawa,Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev va boshqalar qatnashdi.

Xalqaro reaksiya

Islom Karimov vafoti yuzasidan dunyo boʻylab siyosat va jamoat arboblari taʼziyanomalar yoʻllashdi. Ular qatorida Barack Obama, Pan Gi Mun, Vladimir Putin, Xi Jinping, Nursulton Nazarboyev, Almazbek Atambayev, İlham Əliyev, Aleksandr Lukashenko, Petro Poroshenko, Shinzō Abe, Pranab Mukherjee, Recep Tayyip Erdoğan va boshqalar bor.

2016-yil 4-sentabrida Kuba davlat kengashi 2016-yil 5-sentabrini Islom Karimov vafoti motami kuni deb belgiladi.





Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling