Islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi


Download 87.21 Kb.
bet1/6
Sana29.01.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1139171
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdurazzoqova


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
Islomshunoslik fakulteti

Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi


Islomshunoslik” ta’lim yoʻnalishi

Islom tarixi fanidan


KURS ISHI

MAVZU: MUQADDAS KITOBLARDA PAYG‘AMBARLAR TARIXI


Bajardi: Islomshunoslik ta’lim yo‘nalishi
21-106-guruh talabasi Abdurazzoqova O‘g‘iljon
Ilmiy rahbar: Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA kafedrasi o‘qituvchisi, PhD J.Sodiqov

TOSHKENT 2022
MUNDARIJA
KIRISH...........................................................................................................3
I BOB. NUBUVVAT VA PAYG‘AMBARLAR
1.1. Nubuvvat tushunchasi va payg‘ambarlarning vazifasi…………………………..6
1.2. Payg‘ambarlarning ma’sumligi va ular borasidagi shubhalarga raddiyalar…………………………………………………………..……………...14
II BOB. MUQADDAS KITOBLARDA PAYG‘AMBARLAR TARIXI
2.1. Muqaddas kitoblarda nomi zikr etilgan payg‘ambarlar.........................19
2.2. Qur’onda keltirilgan payg‘ambarlar qissalarining hikmatlari…….…...25
XULOSA......................................................................................................33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...............................34


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Payg‘ambarlar hayoti barchamiz uchun qiziqarli va dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Ularning turmush tarzlar va ahloqlari hamma vaqt barcha insonlar uchun ibrat bo‘lib kelgan. Ular turli qavmlarga yuborilib, tavhidga chaqirishgan. Bugungi kunda ko‘plab adashgan firqalar tomonidan anashu tavhid buzib talqin qilinmoqda. Afsuski, payg‘ambarlikni davo qilib chiqayotganlar ham topilmoqda. Eng daxshatlisi esa ularga ergashib ketayotgan yoshlarning soni tobora ko‘paymoqda. Bularning barchasi ilmsizlik hamda dinni yaxshi tushunmaslik oqibatidir.
Dunyo yaratilibdiki, har bir davr uchun payg‘ambarlar yuborilgan. Ularning soni xususida Muhammad (s.a.v)dan kelgan quyidagi sahih hadisni dalil qilishimiz mumkin:
“Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning muborak hadislarida Alloh taolo Odam atodan boshlab to bizning payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)gacha 124 ming payg‘ambar yuborganligi haqida xabar beriladi. Jumladan, Ibn Murdavayh tafsirida shunday rivoyat mavjud: “Sahobai kiromlardan ba'zilari (Abu Zar al-G‘ofiriy) payg‘ambarimizdan so‘radilar: “Ey Allohning rasuli, Odam otadan to sizgacha nechta payg‘ambar yuborilgan?” Rasululloh (s.a.v.): “Bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar yuborilgan”, dedilar. Ularning nechtalari rasul hisoblanadilar?” Rasululloh(s.a.v.): “Ularning uch yuz o‘n uchtasi rasullardir”, deb javob berdilar.
Mazkur hadis ayni matnda Abu Hotimdan ham rivoyat qilingan: “Abu Umoma (r.a.) aytadilar: “Men rasulullohdan so‘radim: “Ey Allohning payg‘ambari, nechta payg‘ambar yuborilgan?” Rasululloh (s.a.v.) dedilar: “Payg‘ambarlarning hammasi bir yuz yigirma to‘rt ming bo‘lib, ularning uch yuz o‘n beshtasi rasullardir”. Bu payg‘ambarlarning hammalari Alloh huzuridadan bandalarga keltirgan dinlari–islom dinidir. Din esa, har bir payg‘ambarning vahiy orqali Allohdan olgan hukmlari yig‘indisidir. Din deganda, yagona Alloh va uning elchisi esga keladi. Allohsiz din bo‘lmaganidek, vahiyga suyanmagan, bir payg‘ambar tomonidan yetkazilmagan ko‘rsatmalarni ham “din” deb bo‘lmaydi.1
Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. O‘tgan asrlarda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat bor ekan, u ham albatta saqlanib qoladi. Alloh taolo Qur’oni karimda:
إِنَّ ٱلدِّينَ عِندَ ٱللَّهِ ٱلۡإِسۡلَٰمُۗ
“Albatta Alloh buyirgan din – Islom dinidir” (Oli Imron: 19) deb islom dini elchilarining hammasini:
وَإِخۡوَٰنِهِمۡۖ وَٱجۡتَبَيۡنَٰهُمۡ وَهَدَيۡنَٰهُمۡ إِلَىٰ صِرَٰطٖ مُّسۡتَقِيمٖ
“Biz ularning hammasini odamlar orasidan tanlab odik va ularni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildik”, - deb, hamma payg‘ambarlaning Alloh elchilari ekanligiga imon keltirish har bir musulmon kishiga farz ekanligini esa “Baqara” surasining 285-oyatida qayd etadi:
وَٱلۡمُؤۡمِنُونَۚ كُلٌّ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَمَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَكُتُبِهِۦ وَرُسُلِهِۦ
“Mo‘minlarning hammalari Allohga, uning farishtalariga, uning kitoblariga, uning payg‘ambarlariga imon keltirgan kishilardir. Ular: “Biz payg‘ambarlarning birortasini ajratmaymiz”, - deydilar.
Hamma payg‘ambarlarning keltirgan dinlari ham Qur’on guvohlik berishicha Islomdir. Bu izlanishlar davomida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling