Islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi
Mavzuning o‘rganilganlik darаjasi
Download 87.21 Kb.
|
Abdurazzoqova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ishining obyekti qilib
- Ishning nazariy va amaliy ahamiyati.
- Ishning tuzilishi.
Mavzuning o‘rganilganlik darаjasi: Payg‘ambarlar tarixi barcha uchun qiziqarli va dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelgan va kelmoqda ham. Ushbu mavzu turli davrlarda turli olimlar tomonidan o‘rganilgan. Xususan, Ibn Kassirning “Qissasul-anbiyo”, Muhammad Sayyid Tantoviyning “Payg‘ambarlar tarixi”, Abbos Ahmad va Ibrohim Nurullohlar tarjima qilgan “Payg‘ambarlar tarixi”, Ahmad Lutfiy Qozonchining “Saodat asri qissalari”, Muhammad Ali Sobuniyning “Anbiyolar qissasi, payg‘ambarlar tarixi”, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Hadis va hayot” asarining 20-juzi anbiyolar qissasiga bag‘ishlangandir. Payg‘ambarlar tarixi o‘rganilishi davomida ko‘plab ibratli voqealarning guvohi bo‘lishi mumkin. Yana bir narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, payg‘ambarlarning barchasi Islom diniga da’vat qilgan va Allohning birligiga chaqirgan.
Tadqiqot ishining obyekti qilib, muqaddas kitoblarda nomi zikr etilgan payg‘ambarlarni tarixini o‘rganilishi davomida, “Tavrot”, “Zabur”, “Injil” va “Qur’oni karim”da nomi keltirilgan payg‘ambarlar tarixini tanqidiy o‘rganildi. Masalan, Muso alayhissalom, Iyso alayhissalom, Nuh alayhissalom, Yunus alayhissalom va sayiddimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam tarixlari bilan muqaddas kitoblarda, xususan, Qur’oni karimda kelgan sura va oyatlar orqali yaxshiroq yetkazishga harakat qilindi. Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu kurs ishi davomida payg‘ambarlarning sifatlari, yashab o‘tgan turmush tarzlari, ularga berilgan mo‘jizalar muqaddas kitoblardan biri bo‘lgan Qur’oni karim orqali o‘rganildi. Hamma payg‘ambarlarning keltirgan dinlari ham Qur’on guvohlik berishicha Islomdir. “Albatta Alloh buyirgan din – Islom dinidir”2. Ushbu oyatning o‘zi bugungi kunda ko‘plab adashgan guruhlarga raddiya bo‘la oladi. Ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, 4 bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. NUBUVVAT VA PAYG‘AMBARLAR 1.1. Nubuvvat tushunchasi va payg‘ambarlarning vazifalari Nubuvvat ilohiy fazilat va rabboniy tuhfadir.Uni Alloh taolo o‘zi xohlagan bandalariga beradi, nubuvvat bilan yaratganlari ichida o‘zi xohlaganlarini xoslaydi. Harakat va mehnat orqali unga erishib bo‘lmaydi, toat-ibodat ko‘pligi bilan uni qo‘lga kiritib bo‘lmaydi. U faqat va faqat fazli ilohiydir. والله يختص برحمته من يشآء والله ذو الفضل العظيم “Alloh esa, rahmatiga O‘zi xohlagan (kishi)ni xos etadi. Alloh buyuk fazl sohibidir”3 (Baqara: 105). Bas, u tanlab olish ixtiyor etish bo‘lsa-da, Alloh taboraka va taolo ixtiyor etgan zotlarga tegishli bo‘ladi. Sababi, u og‘ir yuk va ulug‘ burchdir, unga faqat matonat sohibi bo‘lgan kishilargina bardosh bera oladi. Alloh taolo nabiy va rasullarning so‘nggisi - Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib shunday degan: إنا سنلقى عليك قولا ثقيلا “Zero, Biz Sizga og‘ir so‘zni (Qur’onni) tushirajakmiz”4 (Muzzammil: 5). Nubuvvat meros bo‘lib o‘tmaydi, u g‘oliblik ustunlik ila bo‘lmaydi, balki u ixtiyor etishdir. Nabiylik va rasullik sifatining Alloh taolo tomonidan U sevgan va bunga loyiq bo‘lgan bandalariga berilishi Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi: وَمَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُكَلِّمَهُ ٱللَّهُ إِلَّا وَحۡيًا أَوۡ مِن وَرَآيِٕ حِجَابٍ أَوۡ يُرۡسِلَ رَسُولٗا فَيُوحِيَ بِإِذۡنِهِۦ مَا يَشَآءُۚ إِنَّهُۥ عَلِيٌّ حَكِيمٞ ☆ وَكَذَٰلِكَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ رُوحٗا مِّنۡ أَمۡرِنَاۚ مَا كُنتَ تَدۡرِي مَا ٱلۡكِتَٰبُ وَلَا ٱلۡإِيمَٰنُ وَلَٰكِن جَعَلۡنَٰهُ نُورٗا نَّهۡدِي بِهِۦ مَن نَّشَآءُ مِنۡ عِبَادِنَاۚ وَإِنَّكَ لَتَهۡدِيٓ إِلَىٰ صِرَٰطٖ مُّسۡتَقِيمٖ “Inson bilan Alloh (bevosita) so‘zlashishi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yoki elchi (farishta) yuborib, izni bilan xohlagan narsani vahiy qilishi mumkin. Albatta, U (sha'ni) oliy va hikmat sohibidir. (Ey, Muhammad!) Shunday qilib, amrimiz bilan Sizga Ruhni (Qur'onni) vahiy qildik. Siz (bundan) oldin na Kitobni (Qur'onni) va na imonni (mohiyatini) biluvchi edingiz. Lekin Biz uni (Qur'onni shunday) nur qildikki, u bilan bandalarimizdan Biz xohlagan kishilarni hidoyat qilurmiz. Albatta, Siz (vahiy yerdamida) to‘g‘ri yo‘lga boshlaysiz”5 (Shuro: 51-52). هُوَ ٱلَّذِي بَعَثَ فِي ٱلۡأُمِّيِّـۧنَ رَسُولٗا مِّنۡهُمۡ يَتۡلُواْ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتِهِۦ وَيُزَكِّيهِمۡ وَيُعَلِّمُهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ وَٱلۡحِكۡمَةَ وَإِن كَانُواْ مِن قَبۡلُ لَفِي ضَلَٰلٖ مُّبِينٖ ☆ وَءَاخَرِينَ مِنۡهُمۡ لَمَّا يَلۡحَقُواْ بِهِمۡۚ وَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ ☆ ذَٰلِكَ فَضۡلُ ٱللَّهِ يُؤۡتِيهِ مَن يَشَآءُۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلۡفَضۡلِ ٱلۡعَظِيمِ “U (Alloh) omilar (savodsiz kishilar) orasiga o‘zlaridan bo‘lgan, ularga (Uning) oyatlarini tilovat qiladigan, ularni (shirk va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga Kitob (Qur'on) va hikmatni o‘rgatadigan (bir) payg‘ambarni (Muhammadni) yuborgan zotdir. Haqiqatdan, ular payg‘ambar kelishidan ilgari aniq zalolatda edilar. (Alloh uni) yana ulardan boshqalarga - ularga yetisha olmaganlarga (dunyoga keyin keladigan insonlarga) ham (yubordi). U (cheksiz) qudrat va (yetuk) hikmat sohibidir. Bu Allohning fazlidirki, uni O‘zi xohlagan kishilarga berur. Alloh ulug‘ fazl sohibidir”6 (Juma’: 2-4). ٱللَّهُ يَصۡطَفِي مِنَ ٱلۡمَلَٰئِكَةِ رُسُلٗا وَمِنَ ٱلنَّاسِۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعُۢ بَصِير “Alloh elchilarni farishtalardan tanlaydi, insonlardan ham. Darhaqiqat Alloh eshituvchi va ko‘ruvchidir”7 (Haj: 75). Nubuvvat Alloh tamonidan berilgan tuhfa, martabasi oliylikda benihoya va barcha narsaga qodir bo‘lgan Zotning yaratganlaridan xohlaganini xoslaydigan in’omidir. U podshohlik va saltanatdan quyidagi narsalarda farq qiladi: Birinchidan: nubuvvat meros ila bo‘lmaydi, payg‘ambarning bolasi otasiga merosxo‘r holda payg‘ambar bo‘lmaydi. Balki, u fazli ilohiy va rabboniy tanlab olishning ayni o‘zidir8. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: وَلَقَدِ ٱخۡتَرۡنَٰهُمۡ عَلَىٰ عِلۡمٍ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ “Darhaqiqat, Biz ularni bilgan holimizda olamlardan (odamlar ichidan) tanlagan edik”9 (Duxon: 32). إِنَّ ٱللَّهَ ٱصۡطَفَىٰٓ ءَادَمَ وَنُوحٗا وَءَالَ إِبۡرَٰهِيمَ وَءَالَ عِمۡرَٰنَ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ “Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg‘ambarlik uchun) tanladi”10 (Oli Imron: 33). Ikkinchidan: nubuvvat hech qachon kofirga berilmaydi, u faqat mo‘min bandaga ato etiladi. Saltanat va podshohlik esa mo‘minga ham mo‘min bo‘lmaganlarga ham berilishi mumkin. Alloh taolo Fir’avn haqida shunday degan: وَنَادَىٰ فِرۡعَوۡنُ فِي قَوۡمِهِۦ قَالَ يَٰقَوۡمِ أَلَيۡسَ لِي مُلۡكُ مِصۡرَ وَهَٰذِهِ ٱلۡأَنۡهَٰرُ تَجۡرِي مِن تَحۡتِيٓۚ أَفَلَا تُبۡصِرُونَ “Fir’avn o‘z qavmiga shunday nido qildi: “Ey qavmim! Misr podshohligi va mana bu ostimdan oqib turgan daryolar meniki emasmi?! Axir, ko‘ryapsizlarmi?!”11 (Zuhruf: 51). Ibrohim alayhissalom zamonidan ilohlik da’vo qilgan Namrud haqida esa shunday degan: أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِي حَآجَّ إِبۡرَٰهِـۧمَ فِي رَبِّهِۦٓ أَنۡ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلۡمُلۡكَ إِذۡ قَالَ إِبۡرَٰهِـۧمُ رَبِّيَ ٱلَّذِي يُحۡيِۦ وَيُمِيتُ قَالَ أَنَا۠ أُحۡيِۦ وَأُمِيتُۖ قَالَ إِبۡرَٰهِـۧمُ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَأۡتِي بِٱلشَّمۡسِ مِنَ ٱلۡمَشۡرِقِ فَأۡتِ بِهَا مِنَ ٱلۡمَغۡرِبِ فَبُهِتَ ٱلَّذِي كَفَرَۗ وَٱللَّهُ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّلِمِينَ “Alloh saltanat (g‘ururlanib), Ibrohim bilan uning Robbi xususida baxslashgan kimsani (Namrudni) ko‘rmaysizmi?! Ibrohim alayhissalom: “Mening Robbim tiriltirguvchi va o‘ldiradigan zotdir”, deganida, “Men tiriltiraman va o‘ldiraman”, dedi. Ibrohim alayhissalom: “Albatta, Alloh quyoshni mashriqdan chiqarur, bas, uni g‘arbdan chiqaradi”, dedi. Bas, kofir (hayratda) bo‘ldi va Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas”12 (Baqara: 258). Uchinchidan: nubuvvat faqat erkaklarga beriladi, ayollar hech qachon Payg‘ambar bo‘la olmaydi. Nubuvvatni ayollarga emas, erkaklarga xoslanishidagi hikmat shuki, u juda og‘ir yuk va mashaqqatli burch, ayolning zaif tabiati uni ko‘tara olmaydi. Sababi, u kurash va katta kurashga muhtoj. Shuning uchun payg‘ambarlar o‘z qavmlari bilan qiyin imtihonga duchor bo‘lganlar, Allohning da’vatini yetkazish yo‘lida qattiq sinovga uchraganlar. وَمَآ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ إِلَّا رِجَالٗا نُّوحِيٓ إِلَيۡهِمۡۖ فَسۡـَٔلُوٓاْ أَهۡلَ ٱلذِّكۡرِ إِن كُنتُمۡ لَا تَعۡلَمُونَ “(Ey, Muhammad!) Sizdan oldin ham faqat (Siz kabi) kishilarnigina (payg‘ambar qilib) yuborib, ularga vahiy nozil etib turganmiz. Agar (bu haqda) bilmaydigan bo‘lsangiz, ahli zikrlardan (ya’ni Tavrot va Injilni biladiganlardan) so‘rangiz!”13 (Nahl: 43). To‘rtinchidan, nubuvvat Allohga hamda Oxiratga iymon keltirish, uni o‘tkinchi, ko‘pchilik ta’ma qiladigan dunyo hayotidan ustun qo‘yishga da’vatdir. Podshohlik esa bu da’vatga qarama-qarshi, sababi, u payg‘ambarlar alayhimussalom voz kechishga chaqirgan dunyoviy ulug‘lik ko‘rinishlaridan biridir. Nubuvvat va podshohliknining bir insonda jamlanishining ma’nosi ham yo‘q. Ushbu ikki narsa Davud va Sulaymon alayhissalomda jamlangan bo‘lsa-da, lekin bu juda nodir holat hisoblanadi. قَالَ رَبِّ ٱغۡفِرۡ لِي وَهَبۡ لِي مُلۡكٗا لَّا يَنۢبَغِي لِأَحَدٖ مِّنۢ بَعۡدِيٓۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡوَهَّابُ ☆ فَسَخَّرۡنَا لَهُ ٱلرِّيحَ تَجۡرِي بِأَمۡرِهِۦ رُخَآءً حَيۡثُ أَصَابَ ☆ وَٱلشَّيَٰطِينَ كُلَّ بَنَّآءٖ وَغَوَّاصٖ ☆ وَءَاخَرِينَ مُقَرَّنِينَ فِي ٱلۡأَصۡفَادِ ☆ هَٰذَا عَطَآؤُنَا فَٱمۡنُنۡ أَوۡ أَمۡسِكۡ بِغَيۡرِ حِسَابٖ “Dedi: “Ey, Robbim! O‘zing meni mag‘firat qilgin va menga o‘zimdan keyin biror kishiga muyassar bo‘lmaydigan bir mulk (hukumronlik) ato etgin! Sening O‘zinggina Vahhob (barcha yaxshiliklarni ato etuvchi)dirsan”. Bas, (tilagani bajo qilib) unga u istagan tamonga uning amri bilan mayin esadigan shamolni bo‘ysundirdik. Shuningdek, barcha (qasrlarni) bino qiluvchi va (dengizlar qariga sho‘ng‘uvchi) g‘avvos shaytonlarni (jinlarni) ham. Boshqa (bo‘yin sunmaydigan jin)larni esa kishanlar bilan bandi qildik. (Sulaymonga dedik): “Mana shu Bizning (senga) ato etganimizdir. Bas, sen (ularni) ehson qil (qo‘yib yubor) yoki (o‘zingda) saqla, (sendan bu to‘g‘rida) hisobot olinmas”14 (Sod: 35-39). Inson aqli yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasini ajrata olmagani, bundan tashqari, inson faqat vahiy hamda shariat orqali bilishi mumkin bo‘lgan g‘ayib ishlari bor. Masalan, Alloh taologa, U Zotning oliy sifatlari, farishtalar, qayta tirilish va boshqalar. Shu sababli haloyiqqa payg‘ambarlarni yuborish Boriy taolning hikmatidandir. Payg‘ambarlar ayahimussalom ulug‘ vazifalar va topshiriqlar bilan yuboriladilar.15 Birinchidan: bandalarni Vohidul Qahhor bo‘lgan Alloh tomon da’vat qilish. وَمَآ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ مِن رَّسُولٍ إِلَّا نُوحِيٓ إِلَيۡهِ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱعۡبُدُونِ “(Ey, Muhammad!) Sizdan ilgari biz yuborgan har bir payg‘ambarga ham: “Mendan o‘zga iloh yo‘q, bas, Menga ibodat qilingiz!” - deb vahiy yuborgandirmiz”16 (Anbiyo: 25). Bu-haqiqatda, asosiy vazifadir. Balki payg‘ambarlar u ila yuborilgan eng katta topshiriq hisoblanadi. U xalqqa Xoliq (Yaratuvchi)ni, Uning yagonaligiga iymon keltirish, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikni tanitishdir. وَلَقَدۡ بَعَثۡنَا فِي كُلِّ أُمَّةٖ رَّسُولًا أَنِ ٱعۡبُدُواْ ٱللَّهَ وَٱجۡتَنِبُواْ ٱلطَّغُوتَۖ فَمِنۡهُم مَّنۡ هَدَى ٱللَّهُ وَمِنۡهُم مَّنۡ حَقَّتۡ عَلَيۡهِ ٱلضَّلَٰلَةُۚ فَسِيرُواْ فِي ٱلۡأَرۡضِ فَٱنظُرُواْ كَيۡفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلۡمُكَذِّبِينَ “Darvoqe, Biz har bir ummatga: “Allohga ibodat qilingiz va shaytondan yiroqlashingiz!” (degan vahiy bilan) payg‘ambar yuborganmiz. Shunda ular orasida Alloh hidoyat qilganlar ham, shuningdek, yo‘ldan ozishi qat’iy nazar bo‘lganlar ham bo‘lgan. Bas, yer yuzida sayr qilib, (payg‘ambarlarini) yolg‘onchiga chiqarganlarning oqibati qanday bo‘lganini ko‘ringiz!”17 (Nahl: 36). Ikkinchisi: Alloh azza va jallaning buyruq va qaytariqlarini odamlarga yetkazish. Ilohiy amrlarni yetkazadigan zot bo‘lishi va ushbu yetkazuvchi bashariyatdan, undan (barcha narsani) olish imkoni ham bo‘lishi lozim. Payg‘ambari kiromlar ushbu vazifani eng mukammal tarzda ado etdilar, ularni hech biri Allohga da’vat qilishni yetkazishdan orqada qolmadi. Bu haqida Qur’oni karimda shunday deyilgan: ٱلَّذِينَ يُبَلِّغُونَ رِسَٰلَٰتِ ٱللَّهِ وَيَخۡشَوۡنَهُۥ وَلَا يَخۡشَوۡنَ أَحَدًا إِلَّا ٱللَّهَۗ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ حَسِيبٗا “Ular (o‘tgan payg‘ambarlar) Allohning farmonlarini (bandalarga) yetkazadigan, undan qo‘rqib, Allohdan o‘zgadan qo‘rqmaydigan zotlardir. Allohning O‘zi (bandalarining amallariga nisbatan) yetarli hisobdondir”18 (Ahzob: 39). Alloh taolo risolatni yetkazishni payg‘ambarlik alomati qilib, payg‘ambarlar sayyidiga shunday xitob qilgan: يَٰأَيُّهَا ٱلرَّسُولُ بَلِّغۡ مَآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ مِن رَّبِّكَۖ وَإِن لَّمۡ تَفۡعَلۡ فَمَا بَلَّغۡتَ رِسَالَتَهُۥۚ وَٱللَّهُ يَعۡصِمُكَ مِنَ ٱلنَّاسِۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡكَٰفِرِينَ “Ey Rasul! Robbingizdan Sizga nozil qilingan narsa (oyatlar)ni (odamlaga) yetkazing! Agar (buni) qilmasangiz, Uning risolasi (topshirig‘i)ni yetkazmagan bo‘lursiz. Alloh Sizni odamlar (zarari)dan saqlagay. Albatta, Alloh kofirlar qavmini hidoyat sari yo‘llamagay”19 (Moida: 67). Uchinchisi: odamlarni hidoyat va to‘g‘ri yo‘l tomon boshlash. Bu vazifa ham har bir payg‘ambarga tegishlidir. Alloh taolo Muso alayhissalom haqida shunday marhamat qilgan: وَلَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ أَنۡ أَخۡرِجۡ قَوۡمَكَ مِنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ وَذَكِّرۡهُم بِأَيَّىٰمِ ٱللَّهِۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتٖ لِّكُلِّ صَبَّارٖ شَكُورٖ “Darhaqiqat, Biz Musoni (Bani Isroil qavmiga) mo‘jizalarimiz bilan yuborib (unga dedik): “Qavmingni zulmatlar (kufr)dan nur (iymon)ga olib chiqqin va ularga Allohning kunlarini (o‘tmish voqealarini yoki ne’matlarini) eslatgin! Albatta, bunda har bir sabrli va shukur qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir”20 (Ibrohim: 5). Payg‘ambarlar so‘ggisi - Muhammad sollallohu alayhi vasallam sha’nlarida shunday degan: يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ إِنَّآ أَرۡسَلۡنَٰكَ شَٰهِدٗا وَمُبَشِّرٗا وَنَذِيرٗا ☆ وَدَاعِيًا إِلَى ٱللَّهِ بِإِذۡنِهِۦ وَسِرَاجٗا مُّنِيرٗا “Ey Payg‘ambar! Darhaqiqat, Biz Sizni (Qiyomatda barcha ummatga) guvoh bo‘luvchi, (jannat haqida) xush xabar beruvchi va (do‘zah azobidan) ogohlan - tiruchi etib yubordik. Allohning izni bilan (Sizni) Unga (Uning diniga) da’vat qiluvchi va yo‘l ko‘rsatuvchi) nurli chiroq qilib ham (yubordik)”21 (Ibrohim: 5). To‘rtinchisi: odamlar uchun yaxshi va go‘zal o‘rnak bo‘lish. Payg‘ambarlar- ularga Alloh taoloning eng afzal salovat va salomlari bo‘lsin barcha insonlar uchun yaxshi va go‘zal na’munadir. Alloh azza va jalla ularga ergashishimiz, yo‘llaridan yurishimiz, kamolat uchun ularni o‘zimizga na’muna qilib olishimizga buyurgan. Chunki ular aql jihatdan insonlarning komili va suluk jihatdan pokizalari, daraja va martaba jihatidan esa eng sharaflilari hisoblanadi. لَّقَدۡ كَانَ لَكُمۡ فِي رَسُولِ ٱللَّهِ أُسۡوَةٌ حَسَنَةٞ لِّمَن كَانَ يَرۡجُواْ ٱللَّهَ وَٱلۡيَوۡمَ ٱلۡأٓخِرَ وَذَكَرَ ٱللَّهَ كَثِيرٗا “(Ey iymon keltirganlar!) Sizlar uchun – Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod etgan kishilar uchun Allohning payg‘ambarida go‘zal na’muna bordir”22 (Ahzob: 21). أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُۖ فَبِهُدَىٰهُمُ ٱقۡتَدِهۡۗ “Aynan o‘shalar Alloh hidoyatga boshlagan zotlardir. Bas, (Siz ham) ularning yo‘liga iqtido qiling”23 (An’om: 90). Beshinchisi: odamlarga qayta tirilishni eslatish, ularga o‘limdan keyingi shiddat va daxshatlarni bildirish. Alloh taolo marhamat qiladi: يَٰمَعۡشَرَ ٱلۡجِنِّ وَٱلۡإِنسِ أَلَمۡ يَأۡتِكُمۡ رُسُلٞ مِّنكُمۡ يَقُصُّونَ عَلَيۡكُمۡ ءَايَٰتِي وَيُنذِرُونَكُمۡ لِقَآءَ يَوۡمِكُمۡ هَٰذَاۚ قَالُواْ شَهِدۡنَا عَلَىٰٓ أَنفُسِنَاۖ وَغَرَّتۡهُمُ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا وَشَهِدُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمۡ أَنَّهُمۡ كَانُواْ كَٰفِرِينَ ☆ ذَٰلِكَ أَن لَّمۡ يَكُن رَّبُّكَ مُهۡلِكَ ٱلۡقُرَىٰ بِظُلۡمٖ وَأَهۡلُهَا غَٰفِلُونَ “Ey jinlar va insonlar jamoasi! Sizlarga o‘zingiz (o‘z jinsingiz)dan payg‘ambarlar kelib, sizlarga oyatlarimni aytib, usbu Kuningizga yo‘liqishingizdan ogohlantirgan emasmidilar? Ular (javob berib): “O‘zimizga qarshi guvohlik beramiz”, - deydilar. Ularni (shu) dunyo hayoti aldab qo‘ygan. (Natijada) o‘zlarining zarariga, kofir bo‘lganlari bo‘yicha guvohlik berdilar. Bu (ishimizning boisi) Robingizning aholisi g‘ofil (ogohlantirilmagan) qishloqlarni zulm bilan halok qiluvchi emasligidir”24 (An’om: 130-131). Oltinchisi: odamlar e’tiborini foniy dunyodan boqiy hayot tamon burish. Alloh taolo payg‘ambarlarni insonlar qarashlarini ushbu yo‘q bo‘lib ketuvchi dunyodan boqiy va abadiy hayot – Oxirat tomon burish uchun ham yuborgan. Alloh taolo O‘zining kalomida: ٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّمَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا لَعِبٞ وَلَهۡوٞ وَزِينَةٞ وَتَفَاخُرُۢ بَيۡنَكُمۡ وَتَكَاثُرٞ فِي ٱلۡأَمۡوَٰلِ وَٱلۡأَوۡلَٰدِۖ كَمَثَلِ غَيۡثٍ أَعۡجَبَ ٱلۡكُفَّارَ نَبَاتُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصۡفَرّٗا ثُمَّ يَكُونُ حُطَٰمٗاۖ وَفِي ٱلۡأٓخِرَةِ عَذَابٞ شَدِيدٞ وَمَغۡفِرَةٞ مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضۡوَٰنٞۚ وَمَا ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَآ إِلَّا مَتَٰعُ ٱلۡغُرُورِ “Bilingizki, bu dunyo hayoti faqat o‘yin, behudalik, ziynat, o‘zaro faxrlanish va mol-dunyo hamda farzandlarni ko‘paytirishdan iboratdir. (U) bamisoli bir yomg‘irki, uning (sababidan unib chiqqan) giyoh kofirlarni taajjubga solur. So‘ngra u qurigach, uni sarg‘aygan holda ko‘rasiz. So‘ngra u o‘tin bo‘lib qolur. Oxiratda esa (qay birlaringiz uchun) qattiq azob (qay birlaringiz uchun) Alloh tamonidan mag‘firat va rizolik bordir. Dunyo hayoti faqat aldov matohidir”25 (Hadid: 20). Yetinchisi: payg‘ambarlar insonlarga Alloh taologa qarshi hujjat (bahona) qolmasligi uchun yuborilgan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: رُّسُلٗا مُّبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى ٱللَّهِ حُجَّةُۢ بَعۡدَ ٱلرُّسُلِۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمٗا “Payg‘ambarlar (kelgan)dan keyin odamlarda Allohga qarshi hujjat bo‘lmasin deb payg‘ambarlarni xush xabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib (yubordik). Alloh qudrat va hikmat egasidir”26 (Niso: 165). Ya’ni, insonlar Qiyomat kuni qilgan gunoh ishlariga jazo olayotgan vaqtda ularga uzr qolmaydi. Chunki payg‘ambarlar har bir qavmga halol-harom, yaxshi- yomon, hidoyat va zalolat yo‘lini ko‘rsatib ta’lim berib ketganlar. Mana shular payg‘ambarlarning eng muhim vazifalaridir. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling