7- sinflar uchun fizika Sana: 201 yil


Download 376.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.02.2023
Hajmi376.1 Kb.
#1197713
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-sinf Fizika yillik konspekt



7- sinflar uchun fizika 
Sana: ___________________.201_ yil
Mavzu: 1-§. Jismlarning harakati.
Maqsad:
1. Ta’limiy: mexanik harakat, harakatning nisbiyligi, sanoq sistemasi haqida 
tasavvurlarni shakllantirish.
2.Tarbiyaviy: o`quvchilar orasida o`zaro hurmat, hamkorlikda ishlash 
ko`nikmaslarini shakl-lantirish, ajlodlar bilan faxrlanish hislarini 
shakllantirish; 
 3.Rivojlantiruvchi: nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog`lashni o`rgatish. 
Kommunikativ kompetensiya: 
darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og„zaki va 
yozma tarzda aniq, tushunarli bayon qila olish;
 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: 
darslik va turli masalalar kitobidan, kutubxona, resurs markazi manbalaridan 
o„ziga kerakli ma‟lumotlarni izlab topa olishi va ulardan foydalana olishi hamda fizik 
birliklarni boshqa ulushli va karrali birliklarga, jadval ko„rinishdagi ma‟lumotlarni, 
grafik ko„rinishiga (va aksincha) aylantira olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o„zini o„zi jismoniy, ma‟naviy, ruhiy, intellektual va kreativ 
rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o„qib-o„rganishi, o„z xatti-harakatini adekvat 
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish. 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: 
sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o„tkaziladigan tadbirlarda 
faol ishtirok etish, o„zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish
o„zaro munosabatlarda muomala va huquqiy madaniyatga ega bo„lish. 
Milliy va umummadaniy kompetensiya: 
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy 
qadriyatlarga e‟tiqodli bo„lish, fizika sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo„shgan 
allomalarning ibratli hayotini bilish va o„rnak olish hamda ularning fikrlari fan sohasida 
muhimligini anglay olish. 
Dars uslubi: faol ma`ruza. 
Dars jihozi: darslik, plakat, kristall panjara, allomalarning portretlari. 
Darsning borishi: 

Download 376.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling