Toshkent shahar Sergili tumanidagi 22-o’rta umumta’lim maktabning fizika fani o’qituvchisi Umirqulova Gulnoraning 6-sinflar uchun fizika fanidan soatlik dars ishlanmasi


Download 303.5 Kb.
bet1/2
Sana08.02.2023
Hajmi303.5 Kb.
#1176236
  1   2
Bog'liq
dars ishlanmasi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Sana



Samarqand shahar xalq ta`lim muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 13-umumta`lim maktabning fizika fani o’qituvchisi Hasanova Nilufarning 7-sinflar uchun fizika fanidan 1 soatlik dars ishlanmasi.



Sana:07.03.2012.
Sinf:7-“B”
Mavzu: Impulsning saqlanish qonuni.
Talimiy maqsad: O’quvchilarga impulsning saqlanish qonuni haqida tushuncha berish, formulalar yordamida masalalar yecha olish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga fizika fanidan olgan bilimlarini kundalik turmushda qo’llay olish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni bir biriga vatanparlik ruhda tarbiyalash. O’quvchilarni fizika faniga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish.
Darsning turi: Aralash.
Darsning jihozi: Darslik, mavzuga doir rasmlar, formulalar, aravacha.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
O’quvchilardan impuls so’zining ma’nosini so’rash, kartochkalar tarqatib o’tilgan mavzu so’raladi. O’quvchilarni baholash uchun rag’bat kartochkalari beriladi.
Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzuni o’qituvchi tajribalar orqali tushuntirib beriladi. Yerdan kosmik kemani uchirishda Yer va kosmik kemani birgalikda yopiq sistema deb qarash mumkin. Chunki, Quyosh, Oy va boshqa osmon jismlarining kosmik kemaga ta’sirini hisobga olmasa ham bo’ladi. Jismlar sistemasi boshqa tashqi jismlar bilan o’zaro ta’sirlashmasa yoki sistemaga ta’sir etayotgan kuchlar o’zaro muvozanatlashsa, bunday jismlar sistemasi yopiq sistema deb ataladi. Gorizontal sirtda bir nechta sharcha bir biri bilan to’qnashib, ta’sirlashayotgan bo’lsa. Agar aravachaning sirtiga ishqalanishi hisobga olinmaydigan darajada kichik bo’lsa, bu sharchalarni o’zini yopiq sistema deb qarash mumkin.
Massalari va tezliklari bir xil bo’lgan jismlar to’qnashuvi.
G orizontal relsga bir xil m massali aravachani qo’yamiz.
Aravachaga ta’sir etuvchi og’irlik kuchi va relsning reaksiya kuchi o’zaro muvozanatda bo’ladi. Shuning uchun qaralayotgan jismlar sistemasi deb olish mumkin. Aravachaning bir tomoniga prujinali buffer maxkamlangan. 1-aravachaning ikkinchi tomoniga plastilin yopishtirib qo’yilgan. Aravachalarga bir xil tezlik beramiz. Bunda 1- aravachaning impulse mv ga teng. 2-aravachaning tezligi 1-aravachaning tezligiga teng, lekin qarama qarshi yo’nalgan. Shuning uchun 2 ta aravachaning impulsi –mv ga teng bo’ladi. U holda yopiq sistemadagi ikkala aravachaning impulslarining yig’indisi mv+(-mv)=mv-mv=0 bo’ladi.
Endi aravachaning prujinali buferlari bir biriga qarab turadi.

Ikkala araqvachaga kattaligi bir xil lekin yo’nalishi qarama qarshi bo’lgan v tezlik beramiz. Birinchi galdagi kabi bu holda ham aravachalar to’qnashmasdan avvalgi impulslari yig’indisi 0ga teng. Lekin aravachalar to’qnashgandan keyin har birining impulsi 0 ga teng bo’lmaydi. Chunki ular to’qnashgandan keyin bir xil V tezlik bilan uzoqlasha boradi bu hol uchun ular impulsning yig’indisi m (-v)+ mv=-mv+mv=0 bo’ladi demak , bu holda ham aravacha to’qnashmasdan oldin ham to’qnashgandan keyin ham ularning impulslari yig’indisi 0 ga teng.


Massalari va tezliklari har xil bo’lganda jismlar impulsi.
Aravachalar massalari turlicha m va m` bo’lsin

U larni relsga o’rnatib, 1-siga v 2-siga qarama qarshi yo’nalishda v`tezlik beramiz. Aravachalar to’qnashgandan keyin mos ravishda v va v`tezliklar bilan orqaga qayta boshlaydi. Ikkala aravachaning impulsi quyidagicha bo’ladi:


Birinchi aravachaning impulsining o’zgarishi:Ft=m v- m`v`
Ikkinchi aravachaning impulsining o’zgarishi: -Ft=m v- m`v`
Bu tengliklarni hadma had qo’shamiz : Ft-Ft= m v –m`v`+mv-m`v` yoki
m v+m`v` =m v+m`v`
bu tengliklarni chap tomoni aravachalarning to’qnashishidan oldingi, o’ng tomoni esa to’qnashgandan keying yig’indisini ifodalaydi.
Agar yopiq sistemada ko’p jismlar olinganda ham o’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning impulslari yig’indisi o’zgarmay qolishini ya’ni saqlanishini isbot qilish mumkin yopiq sistemani tashkil etuvchi jismlar impulslarining yig’indisi saqlanadi.Impuls saqlanish qonuni fizikaning asosiy qonunlarida biridir. Bu qonun faqat mikroskopik jismlarning o’zaro ta’siri uchun emas, balki molekulalar, atomlar elementar zarralarning o’zaro ta’siri uchun ham o’rinlidir. Impuls saqlanish qonuni tabiatda va texnikda keng qo’llaniladi.
O’tilgan mavzu savollar orqali mustahkamlanadi.

  1. Yopiq sistemaga ta’rif bering?

  2. Impuls saqlanish qonunini tushuntirib bering.?

Savollarga javob bergan o’quvchilar baholanadi.
Uy ishi: Mavzuni o’qib, savollarga javob yozish.




Samarqand shahar xalq ta`lim muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 13-umumta`lim maktabning fizika fani o’qituvchisi Hasanova Nilufarning 6-sinflar uchun fizika fanidan ochiq dars ishlanmasi.




Download 303.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling