Payg‘ambarlarning haqligiga iymon keltirish. - Islom ta’limotiga kо‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklagan.
- Manbaalarda keltirilishicha Alloh taolo insonlarga tо‘g‘ri yо‘lni kо‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan.
- Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari aytilgan. Ular: Odam, Idris, Nuh, Xud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Yoqub, Yusuf, Ayyub, Shu’ayb, Muso, Xorun, Dovud, Sulaymon, Yunus, Ilyos, Oliya, Zulkafl, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad payg‘ambardir.
- Payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi Qur’on va xadislarda bayon qilingan. Musulmonlar barchasiga imon keltirishi shart deyiladi diniy-ilmiy manbaalarda.
- Oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bо‘lgani kabi uning intihosi ham bor.
- Islom ta’limotiga kо‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir.
- Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjuddir.
Taqdirga-yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga e’tiqod qilish. - Taqdirga-yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga e’tiqod qilish.
- Islomning ma’nosi “taslim bо‘lmoq”, “о‘zini topshirmoq”dir.
- Shunga kо‘ra, inson hayotida bо‘ladigan yaxshi yomon ishlarning Alloh tomonidan о‘zi uchun belgilangan sinov deb bilish lozim.
- Yaxshiliklarga shukur qilmog‘i, qiyinchilik va mashaqatlarga sabr qilmog‘i imonning shartlaridan biridir.
- О‘limdan keyin qayta tirilish.
- Islom ta’limotiga kо‘ra, qiyomat kuni bо‘lganda barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mashhargohda maydonga yig‘iladilar.
- U yerda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (dо‘zah) ga mahkum etiladilar.
- Namoz. Namoz islomda iymondan keyin musulmonlarga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi.
- Namoz arkonlari Qur’oni karimda tо‘liq bayon etilmagan bо‘lsa ham, ammo u haqda ba’zi kо‘rsatma va tartiblar berilgan.
- Namozning vaqti hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan.
- Har kuni besh vaqt namoz ado etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |