Ислом дини, унинг келиб чиқиши, моҳияти ва мазмуни


Islom dinidagi asosiy yо‘nalishlar va mazhablar


Download 180 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi180 Kb.
#1604042
1   2   3   4   5
Bog'liq
ISLOM MADANIYATINING MILLIY MADANIYATIMIZGA KO’RSATGAN TA’SIRI

4. Islom dinidagi asosiy yо‘nalishlar va mazhablar
Islom dinida ilk davrdan paydo bо‘lgan eng birinchi yirik muammo – oliy hokimiyatni egallashga payg‘ambardan keyin kim xaqliroq, degan muammo bо‘ldi. Xalifa Ali bilan ummaviylar о‘rtasidagi taxt uchun kurashda VII asrning ikkinchi yarmi boshlarida xorijiylar (arabcha – ajralib chiqqan, isyonchi) oqimi ajralib chiqqan. Ali Muoviya tarafdorlari bilan oliy xokimiyatga vorislik masalasida muzokara olib borishga kо‘ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblagan tarafdorlarning о‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qо‘shinning bir qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketdi. Ajralib chiqqan qо‘shin Aliga ham, ummaviylarga (muoviya tarafdorlari) ham bab-barobar qarshi kurashganlar. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bо‘ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular о‘zlarini haqiqiy musulmon hisoblab, «dindan qaytgan» deb e’lon qilingan siyosiy va g‘oyaviy raqilarga nisbatan murosasiz bо‘lganlar.
Xorijiylik yо‘nalishi ta’limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bо‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bо‘lsa ham) xalifa bо‘lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa vazifasidan bо‘shatiladi va hatto qatl qilinadi.
Xorijiylar e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb hisoblaganlar. Ular e’tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolash muddatini kechiktirishga qarshi turganlar. Diniy masalalarda islom «musaffoligi» tarafdori bо‘lib, shariat kо‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari bilan ajralib turganlar.29
Ummaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda Xorijiylarga qarshi keskin kurash olib bordi. Buning natijasida ular qirib tashlandi. Xorijiylarning qolganlari Shimoliy Afrikada о‘z davlatini vujudga keltirdi. Xozirgi davrda Xorijiylarning ibodiy firqasi Jazoir, Tunis, Ummon va Tanzaniyada uchraydi.
Bugungi kunda Islom dinida sunniylik va shialik yо‘nalishlari amal qilib kelmoqda.
Sunniylik deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur’oni karim va payg‘ambarimiz xadislari – «Sunna» ga birdek amal qiluvchilarga aytiladi. Sunniylik yо‘nalishi «Ahli sunna val jamoa» deb ataladi. Bu nomda Paygambarning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy kо‘pchilik jamoasi ma’nolari aks etgan.
Jahondagi ja’mi 1,2 milliarddan kо‘proq musulmonlarning 92,5 foizini sunniylik yо‘nalishidagilar tashkil etadi. Shialik yо‘nalishi ya’ni ja’fariya mazhabidagi musulmonlar 7,5 foizdan iborat xalos.
Sunniylikka mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir: dastlabki tо‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) hokimiyati qonuniy ekanligi tan olish, oltita hadis tо‘plami (al-Buxoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn Moja tо‘plamlari)ni sahih (ishonchli)deb bilish, sunniylikdagi tо‘rt diniy-xuquqiy mazhab – hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, xanbaliylikdan biriga mansub bо‘lishdan iborat.
Sunniylikdagi eng yirik mazhab Hanafiya bо‘lib, unga ergashganlar jahondagi musulmonlarning 47 foizini tashkil etadi. Bu mazhabning asoschisi Abu Xanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) dir. U Iroqning Kufa shahrida tug‘ilgan, kelib chiqishi jihatdan forslardan. Abu Xanifa Shariat xuquqlarini tizimga solgan. Shariat qonunlarini musulmonlar hayotiga qо‘llashda, hukm chiqarishda, xulosaga kelishda avvalo Qur’oni karim, sо‘ngra payg‘ambar sunnatlari – xadislarni, undan keyin ijmo’ni, oxirida qiyosni qо‘llagan. U mahalliy xuquq, meyor, odatlarni shariat bilan kelishtirib qо‘llashni joriy etgan. Islom xuquqshunosligiga aql-idrok, mulohazkorlik bilan ish kо‘rish tadbirlarini kiritgan. Bu yо‘lni Imom A’zam yо‘li deb ham yuritiladi.
Sunniylikdagi ikkinchi mazhab molikiylikdir. Uning asoschisi Molik ibn Anas Abu Abdulloh (713-795) dir. Islom xuquqini puxta egallab, «Madina imomi» unvoniga sazovor bо‘lgan. Molik ibn Anas biror siyosiy oqimga ergashmagan, hokimiyatning saylab qо‘yilishi qoidasini afzal bilgan, lavozimlarga ma’muriy tayinlanishlarga qarshi bо‘lgan. Molikiylik mazhabidagilar Qur’on va Xadis xuquq asoslari sanaladi deb hisoblaganlar. Ular payg‘ambarga oid xadislarnigina sahih deb tan oladilar. Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan ma’qullagan qoidalarnigina ijmo’ deb hisoblaydilar. Xozirda jahondagi musulmonlarning 17 foizi molikiylik mazhabidadir.
Sunniylikdagi uchinchi diniy-xuquqiy mazhab – shofi’iylik bо‘lib, uning asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofi’iy (767-820) dir. Shofi’iylik Qur’on va sunnaga yagona manba sifatida qaraydi. Shofi’iylikka kо‘ra, sunna Qur’onni tо‘ldiradi, xalos, sunnaning о‘zi qiyoslab о‘rtacha hukm chiqarish uchun asos bо‘lolmaydi. Ular ijmo’dan foydalanishga katta e’tibor beradilar. Hozirda 27 foiz musulmonlar shofi’iy mazhabi yо‘lidan bormoqdalar.
Sunniylikdagi tо‘rtinchi mazhab Xanbaliyadir. Uning asoschisi Abu Abdulloh Ahmad ibn Xanbal (780-855) dir. Bu mazhab xuquq tizimining о‘ta torligi, har qanday kо‘rinishdagi «yangilik»ka diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat meyorlariga qat’iy, hech qanday о‘zgarishsiz amal qilishi bilan ajralib turadi. Mazkur mazhabda Qur’oni karim va xadislarni erkin talqin etishdagi har qanday urinishlar qoralanadi. Xozirda barcha musulmonlarning 1,5 foizi Xanbaliya mazhabidadir.
Sunniylikdagi yuqorida qayd etilgan tо‘rttala mazxab teng hisoblanadi. Bu mazhablar diniy xuquq doirasidan chiqmagan holda shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq xukm chiqarishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Bizning yurtimizda azaldan fiqhda xanafiylik, aqidada esa motrudiylik ta’limotlariga amal qilib kelinadi.
Islom dinidagi yо‘nalishlardan yana biri Shialikdir. Shi’a – arabcha sо‘z bо‘lib, ma’nosi «guruh», «tarafdor» demakdir. Shialikdagi «ja’fariya» mazhabi Islomdagi beshinchi diniy-xuquqiy mazhab sanaladi.
Shialik aslida guruhlar о‘rtasida hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bо‘lsa ham, keyinchalik diniy ta’limotidagi tafovut shaklida barqarorlashgan.
Shialar sunniylar kabi Qur’oni karimni ilohiy deb e’tirof etadilar, ammo dastlabki uch xalifa davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Ular yana Payg‘ambar hadislarining hammasini e’tirof etmaydilar, balki faqat Hazrat Ali va uning tarafdorlari tomonidan rivoyat qilingan xadislarnigina tan oladilar. Ular shunday xadislardan iborat tо‘plam tuzganlar. Bu tо‘plam umumiy nom bilan «Axbor» deb ataladi.
Shialar Ali va uning avlodlaridan iborat 12 imom hokimiyatini tan oladi. Alidan boshqa xalifalarni, xususan dastlabki xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmonni hokimiyatni zо‘ravonlik bilan egallab olgan deb qoralaydilar.
Sunniylikda e’tirof etilgan 7 ta diniy aqidalardan farq qilib, shialikda 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida – Allohning yagonaligi, taqdirga, payg‘ambarlarga, qiyomat-oxirat kunining kelishiga ishonish asosan sunniylik ta’limoti bilan mos tushadi. 5- aqida Imomat esa (imomlar hokimiyatini e’tirof etish) sunniylikka va sunniy halifalar hokimiyatiga zidligi bilan farq qiladi.
Sunniylar uchun Makka va Madina shaharlari ziyorat va xajga boradigan muqaddas shahar hisoblanadi. Shialar esa Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga imomlar dafn etilgan shaharlarni ham muqaddas hisoblaydilar va ziyorat qiladilar.
Shialar oxirgi 12 – imom – Muhammad al-Mahdiyni yashiringan deb hisoblab, uning qaytib kelishini kutish ular orasida saqlanib kelmoqda. Gо‘yo imom Mahdiy oxirzamonda kelib, Iso bilan birga Dajjol, ya’juj-ma’juj va boshqa kofirlar bilan urushib, ularni yengib, qiyomat-qoyim bо‘lishdan avval yerda adolat о‘rnatadilar deb ishonadilar. Shialar Imom Xusaynga motam tutadilar. «Shaxsey-vaxsey» («Shoh Xusayn, voh Xusayn») deb qichqirib, о‘zlariga ozor berib kо‘chalarga chiqadilar.
Islom davlatlari kengayib borishi va islom dinini qabul qilishi oqibatida aqidaviy masalalar ham murakkablashib ketadi. Buning ustiga turli tomonlardan musulmonlar aqidasini buzishga urinish va tanqid qilish ham avj oladi. Ana shunday sharoitda sunniylik aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlash va tartibga solishni davr taqozo etdi. Bu ishni musulmon olamining ikki yirik aqoid olimi – Abu Mansur al-Motrudiy as-Samarqandiy va Abul Hasan al-Ash’ariy amalga oshirdilar. Shu tariqa Islom dinida aqidaviy masalalarni izohlash, tushuntirishda Movarounnahrda Motrudiya maktabi, Iroq va Eron tomonlarda Ash’ariya maktabi IX-X asrlarda shakllandi. Motrudiylik ash’ariylikdan о‘nlab aqidaviy masalalarda farq qiladi.
Motrudiylikning keng yoyilishiga uning mо‘tadillik yо‘lini tutgani, aqidaviy masalalarda Qur’on, xadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga yaqin turgani sabab bо‘ldi. Chunonchi motrudiylik har bir insonning taqdiri Alloh tomonidan belgilab qо‘yilganiga qaramay, u о‘z hatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli о‘tish va tо‘g‘ri yо‘lni topish uchun keng imkoniyatlar berib qо‘yilgan. U о‘z hatti-harakatlarida ixtiyori erkindir deb biladi.
Yurtimizda 2000 yilda Motrudiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi, asarlari о‘zbek tiliga о‘girildi.


XULOSA
Islomning paydo bо‘lishi VI asr oxiri – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog‘liq holda rо‘y bergan.
Bu davrda arablar katta-kichik qabila va urug‘larga bо‘linib ketgan bо‘lib, ular о‘rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar rо‘y berib turardi.
Ikkinchidan, bu davrda Arabistonda kо‘p xudolilik dinlari mavjud bо‘lgan. Asosan fetishizm – turli sanamlarga sig‘inish xukmronlik qilardi. Har bir qabilaning о‘z dini, sanami bо‘lib, 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanardi. Ularni arablar vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib turganlar.
Uchinchidan, bu davrda arab qabilalari о‘rtasida joxiliya – bilimsizlik holati, jaholat xukmronlik qilardi. YA’ni, arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi. Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, hatti-harakatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg‘usi yо‘qolgan edi. Fohishalik bir kasbga aylangandi. Ayollarga hayvondek muomila qilinardi. Gо‘dak qizlarni tiriklayin kо‘mish odati bо‘lgan va boshqalar.
Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zо‘ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod о‘sha davrni haqli ravishda Joxiliya deb atagan va undan qutilishning najot yо‘li kerak edi.

Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling