Ислом дини, унинг келиб чиқиши, моҳияти ва мазмуни


Download 180 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi180 Kb.
#1604042
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ISLOM MADANIYATINING MILLIY MADANIYATIMIZGA KO’RSATGAN TA’SIRI


ISLOM MADANIYATINING MILLIY MADANIYATIMIZGA KO’RSATGAN TA’SIRI

REJA:
Kirish


Asosiy qism
1. Arabiston yarim orolida islom vujudga kelgan davrdagi shart-sharoit va ma’naviy hayot.
2. Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa о‘lkalarga
tarqalishi
3. Islom ta’limoti.
4. Islom dinidagi asosiy yо‘nalishlar va mazhablar.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi о‘rinda turadi. Xozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni qariyib milliard 200 million kishini tashkil etadi.25 Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda.
Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (xozirgi Saudiya Arabistonida) paydo bо‘lgan.
Islom – arabcha sо‘z bо‘lib, mazmuni bо‘ysunish, itoat etish, о‘zini Alloh irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha «muslim» - «islomni qabul qilgan», «itoatli», «sadoqatli» demakdir. Kо‘pligi «muslimun» deb ataladi. Bu sо‘z xozir о‘zbeklarda – musulmon, qirg‘iz va qozoqlarda – musurmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi.
Umumiy tarzda, Islom – Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bо‘ysunimoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir.
ASOSIY QISM
Bunday xolatlarga, ayniqsa bо‘linib ketgan arab qabilalari о‘rtasidagi о‘zaro nizo va urushlarga barxam berish uchun siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. Bunga esa yagona xudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bо‘lardi.
Bu davrda Islomning paydo bо‘lishi uchun g‘oyaviy muhit ham yetilib borayotgan edi. Chunonchi, xaniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy harakati bunga yaqqol misol bо‘la oladi. Xaniflar arab qabilalarini birlashtirish jarayonining g‘oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka xudoga ishonishni va kо‘pxudolikka e’tiqod qilishdan voz kechishni targ‘ib qilardilar. Xaniflar о‘z targ‘ibotlarida arablarni og‘ir ahvoldan qutqarish uchun xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirardilar.
Shunday qilib, bu davrda arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni vujudga keltirish, yakkaxudochilikka о‘tishga xijoz arablari ma’lum ma’noda tayyor edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar о‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islomning asoschisi Muhammadning diniy va siyosiy faoliyatlari yuqoridagi jarayonlarning xususiy kо‘rinishi bо‘lgan. Muhammad har tomonlama barkamol inson bо‘lganlari, u zotning shaxsiy fazilatlari tufayli xijozliklarning harakati о‘ziga xos xususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch islomning vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi.



Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling