Islom dinida ta'im va tarbiyaga munasabati reja


Hadis ilmining paydo bo'lishi


Download 97 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi97 Kb.
#1575851
1   2   3   4   5
Bog'liq
ISLOM DINIDA TA\'IM VA TARBIYAGA MUNASABATI

Hadis ilmining paydo bo'lishi
.
Hadislar islom dini ta'limotida muqaddas kitobimiz Qur'oni Karimdan keyin turadigan ikkinchi asosiy manba hisoblanadi.Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom hayot vaqtlarida hadislar yozma qayd etilmagan.Ul zot o'sha paytda «Nozil bo'layotgan Qur'on oyatlari bilan mening hadislarim aralashib ketadi, odamlar o'rtasida tushunmovchiliklar paydo bo'ladi» degan o'yda hadislarni yozib olishni man qilganlar. Saxobalar va tobeinlar o'z quvvayi xofizlariga ishonganlar. Ular yodlagan hadislar asosan og'zaki tarzda el orasida tarqalgan.
Payg'ambar alayhissalom vaf ot etib, undan keyin birin-ketin saxobalar ham, tobeyinlar ham dunyodan o'ta boshlagan paytda islom dinining nufuzi kuchayib, jug'rofiy jihatdan katta hududga tarqalgan edi. Shu bilan bir qatorda, har xil milliy siyosiy ixtiloflar, fiqx va kalom ilmidagi ziddiyatlar kuchaygan, islomda turli oqim va masxablar paydo bo'la boshlagan edi. Oqibatda chala – cho'lpalik, noquslik, ba'zan shaxsiy manfaat yoki mansab ilinjida amiri hokimlarga xushomadgo'ylik qilishlar tufayli el orasida soxta hadislar ham tarqala boshladi.
Manbalarda qayd etilishicha o'sha paytda bit'atchi, xudosizlar va iymonsizlar tomonidan Muhammad payg'ambar nomidan o'n to'rt mingga yaqin soxta hadislar to'qilib tarqatilgan. Agar ahvol shu tarzda davom etsa payg'ambarimizning hadislari asl holida saqlanib qolmasligi, kelgusi avlodlarga haqqoniy ravishda etib bormasligi tayin edi. Buni anglagan hakimlar hadislarni yozma qayd etib, to'plash kabi o'ta muhim masalaga kirishdilar.Bu xayrli ishga birichilardan bo'lib, Umaviylarning sakkizinchi xalifasi Umar ibn Abdul Aziz ibn Marvon (681-720 y) qo'l o'rdi.Shunday qilib, VIII asrning birinchi choragida Muhammad payg'ambar hayotidan qariyib 80 yil o'tgach hadislarni jamlab tadviyin (yozma qayd) etish boshlandi. Biroq jamlangan hadis to'plamlari hali ham muayyan tartibga solinmagan, mavzu jihatidan boblarga ajratilmagan, saxobalar va tobeyinlarning qavl – fatvolari bilan aralashtirilib, chalkashtirilib yuborilgan edi. Shunga qaramay, maxsus hadis to'plamlari yaratildi, ularga bag'ishlangan musnad, sunna va sahiyh deb ataladigan turli to'plamlar paydo bo'ldi.
Shu tariqa Buxora, Samarqand, Shosh, Marv, Marg'ilon, Xorazm, Nasaf va boshqa shaharlardan asosan Qur'oni Karim va payg'ambarimiz hadislari o'qitilish va targ'ib qilindi. Natijada, hadislar xalq ommasi orasida keng tarqalib, ta'lim-tarbiya sohasida ham, ijtimoiy hayotda ham mustakam o'rin egalladi. Bu borada yurtdoshlarimizdan Abdulloh ibn Muborak Al-Mavraziy, Al-Xasan ibn Qulayb, Ash-Shoshiy, Ibrohim ibn Ma'qul, An-Nasafiy, Nuayma ibn Hammod Al-Marvaziy Jamoliddin an-Nasafiy, Ismoil Al-Buxoriy, Xofiz Al-Xorazmiy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon Ad-Daromiy As-Samarqandiy singari olimlar samarali faoliyat ko'rsatdilar.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling