Islom dinida ta'im va tarbiyaga munasabati reja


Pedagogik mahorat va o‘qituvchi psixologik tayyorgarligining bog‘liqligi


Download 97 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi97 Kb.
#1575851
1   2   3   4   5
Bog'liq
ISLOM DINIDA TA\'IM VA TARBIYAGA MUNASABATI

Pedagogik mahorat va o‘qituvchi psixologik tayyorgarligining bog‘liqligi.

Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijalarga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Pedagog o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Shuningdek, o‘qituvchi pedagogik jarayonda pedagogik-psixologik tayyorgarligi bor, psixologik ta’sir etish usullarini mukammal bilgani holda har bir o‘quvchining individual va yoshga bog‘liq xususiyatlarini hisobga olishi zarur.


O‘quvchilar bilan darsda olib boriladigan ishda tarbiyaviy masalaga erishmoq uchun o‘qituvchi ular bilan hamkorlik qila olishi, bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarurki, bu jarayon ular faoliyatining turli sohalarida - bilimda, amalda, ma’naviy faoliyatda, sportda, o‘yinda amalga oshiriladi. O‘qituvchi qanday qilib o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishi xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
1. Hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan ishlar o‘quvchilar uchun dolzarb bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim.
2. O‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga psixologik va pedagogik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yaxshi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi lozim.
3. O‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchidan fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, o‘zining tabiiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etmoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ilmiy nazariy asosi va uni amaliyotga tadbiq etish shartlari haqida bir qancha fikr va qarashlar mavjud. Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»-hunar, san‘at, «logos»-fan, so‘zlaridan olingan bo‘lib, «hunar fani» ma’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya-o‘qituvchi tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflasak xato bo‘lmaydi. 60-70 yillarda bu tushuncha chet el pedagogik nashrlarida (AQSH, Yaponiya, Angliya, Italiya, Vengriya) va xalqaro konferentsiyalarda keng muhokama etildi va uning ilmiy tadqiqot natijalariga, ko‘ra ikki yo‘nalishi ko‘rsatildi.
1. O‘quv jarayonida texnika vositalarini qo‘llash sifatida belgilasa (M. Klark, Xokridon-Buyuk Britaniya, K. Chedunk, D. Fini-AQSH, S.G. Shopovanenko Rossiya).
2. «O‘quv jarayoni texnologiyasi» sifatida qaraldi. (T. Samakato-Yaponiya, K. Brusming-SHvetsiya, T. A. Ilina-Rossiya).
1980-yillarda B. P. Bespalko tomonidan «Pedagogik texnologiya» ning ilmiy maktabi yaratildi. Pedagogik texnologiya-amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum bir pedagogik tizimning loyihasidir. Pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni amalga oshiradi.
O‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zining amaliy faoliyatida keng miqyosda foydalanishi lozim. Xozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchining ijodkor bo‘lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikrlar yurita olishi, fan yutuqlarini o‘kuvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o‘quvchilarni mustaqil hamda ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab qiladi, Shuning uchun o‘qituvchi o‘z ustida doimo ishlashi, mustaqil bilim egallashi, kasb mahoratini takomillashtirishi, malakasini oshirishi pedagogik faoliyatining samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir.Bu haqiqatni yoshi qancha bo‘lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat‘iy nazar barcha o‘qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.
Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo'lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi «Qur'oni Karim» va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislardar Ollohga, uning payg'ambari Muhammad alayhissalomga e'tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o'zaro ahil bo'lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo'lishlik yo'llari bayon.
Xudi shuningdek, islom dinida millatidan, elatidan, tanasining rangidan qat'iy nazar, inson insonligi uchun ulug'lanadi. Millatchilik, bir-birini kamsitish, talon-tarojlik, irqchilik islomda yo'q va bo'lmagan.
Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan olomshumul ta'limot.U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-omon yashashlarini o'qtirib keladi.Ayni paytda islom dinida razolatkibr-havo, adovat, xasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi. Xullas, Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig'indisi emas. Anna shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, oriyatli, nomusli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar».
Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan olomshumul ta'limot.U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-omon yashashlarini o'qtirib keladi.Ayni paytda islom dinida razolat, kibr-havo, adovat, xasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi. Xullas, Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig'indisi emas. Anna shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, oriyatli, nomusli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar».
Demak, deyarli 15 asrdan beri ko'p musulmonlar (qariyib 1,5 milyard) ning axloqiy-ma'naviy dunyosini mustahkamlab kelayotgan islom dini, Qur'oni Karim, Hadislar, ayniqsa hadis ilmining buyuk allomalari (muxaddislari) Ismoil al-Buxoriy (810-870 y), Imom at-Termiziy (824-892 y) lar g'oyalarining ahamiyati bugungi kunda ham beqiyosdir. Markaziy Osiyo xalqlari axloqiy-pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VIII asrning o'rtalarida paydo bo'lgan va IX – XV asrlarda mintaqamizda keng yoyilgan tasavvuf yoki sufiyzim falsafasi, ayniqsa uning ko'zga ko'ringan vakillari Hoja Ahmad Yassaviy (1041-1167 y), Najmiddin Kubro (1145-1221 y), Bahovuddin Naqshbandiy (1318-1389 y) lar ta'limotlarining ahamiyati katta bo'ldi.
Hazzoliy-islom falsafasi va pedagogikasining asoschisi sifatida. “Kimyoi saodat” asari va uning tarbiya taraqqiyotidagi o‘rni. Masjidlar va ular huzuridagi maktablarda ta’lim-tarbiya. Savod chiqarish uslubiyoti. “Chor kitob” va “Xaftiyak” - dastlabki savod darsliklari sifatida. Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari. Imom al-Buxoriyning “As-saxix”, “Al-adab al-mufrad” asarlarining inson ma’naviy kamolotining tarkib topishidagi o‘rni. Sharq Uyg‘onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi. Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning umumpedagogik hamda didaktik g‘oyalari. Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiylarning ta’limiy-axloqiy qarashlari. Mahmud Qoshg‘ariy va uning “Devoni lug‘atit turk” asari. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”i ta’lim-tarbiyaga oid birinchi asar sifatida. Kaykovusning “Qobusnoma” asari. Asarning pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan o‘rni. Ahmad Yugnakiy va uning “Hibbat ul-haqoyiq” asari. Hunar o‘rganishga doir risolalar haqida. Ahmad Yassaviy “Hikmatlar”ining axloqiy-ma’rifiy ahamiyati. Ta’limiy-axloqiy asarlarning tarjima qilinishi. Shayx Sa’diyning yirik axloqiy-falsafiy asari “Guliston”ning shaxs kamolotini tarkib toptirishdagi o‘rni. Islom dining paydo bo’lishi va talim-tarbiyaga tasiri. VII asr birinchi yarmida Islom g’oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o’z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mam-lakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarimoroli, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qancha mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi. Arab istilochilarining Movarounnahrga bo’lgan birinchi yurishi 651-yili Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida amalga oshirildi. 676-yili esa, Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, Samarqand, Kesh hamda Nasaf kabi shaharlar bosib olindi. Ikkinchi yurish esa, 705-yili Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim boshchiligida sodir bo’ldi. Bu yurish nihoyatda keskin tusga ega bo’ldi. Qutayba ibn Muslim 706-yili Zarafshon vodiysiga yurish boshlab, oqibatda Poykend, Buxoro, Samarqand, So’g’d, Farg’ona va boshqa joylarni qo’lga kiritdi. Keyinchalik esa Xorazm zabt etildi. Qutayba ibn Muslimning Movaraunnahrga uyushtirgan yurishi 715-yili uning Farg’onada qo’zg’-olonchi arab jangchilari tomonidan o’ldirilishi bilan to’xtadi.
Arab istilochilari VIII asrning o’rtalariga kelib Movarounnahrni to’la zabt etishga erishdilar.
Arablar tomonidan bosib olingan erlarda xalqlar Islom dinini qabul qilishga majbur etildi. Arab istilochilarining Movarounnahr xalqining Islom dinini qabul qilish jarayoni qiyin kechgan va bu jarayon bir necha yillar davomida amalga oshirilgan. Chunki Movarounnahr yurti arab istilosiga qadar ham ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan taraqqiy etgan bo’lib, bu mamlakatda yashovchi xalqlar turmush tarziga ko’ra ham arablarga nisbatan bir qadar ustunlikka ega edilar. Zero, mazkur hududda yashovchi xalqlarning aksariyati o’troq xalqlar bo’lib, turg’un holda dehqonchilik bilan shug’ullanar edilar. Shu bois ular tezda arab istilochilariga bo’ysuna qolmadilar. Aholining istilochilarga bo’ysunish-ni istamaganligining asosiy sabablaridan biri ular tomonidan ko’rsatil- gan istibdod ekanligi bilan birga, bosqinchilarning mahalliy xalqning -yillar daomida tarkib topgan ma'naviy-ma’daniy merosi - san'ati, adabiyoti, yozuvi, osori-atiqalari hamda me'moriy yodgorliklarini poymol etishga qaratilgan harakat olib borganliklar ham bo’ldi. Shu bois arab istilochi-lari xalqni o’zlariga bo’ysundirish va ular tomonidan Islom dinini qabul qilinishiga erishish maqsadida harbiylar harada Islom dini targ’ibotchi-lariningxizmatidan birdek foydalandilar. Natijada o’z oldilariga qo’ygan asosiy maqsadga erishdilar. Movarounnahrda Islom ta'limoti g’oyalari yoyilgunga qadar bu erda yashovchi xalqlar ko’psonli xudolarga, quyoshga, ko’k din(shaman)ga hamda o’zlari muqaddas deb bilgan narsalarga sig’inishar edi. Shunga ko’ra, o’lkada yagona bir g’oyaviy e'tiqod tarkib topmagan bolib, bu holat aksariyat vaziyatlarda turli elatlar o’rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarar va o’zaro j anj allarga sabab bo’lar edi. 
Xulosa
Haqiqatan ham inson hayotdan o’tadi, lekin u ilm-ma'rifat, ziyo tarqatishda, xalq farovonligi yo’lida qilgan ishlari bilan xalq orasida abadiy qoladi. Ana shunday xislatlardan eng muhimi saxovatdir. Bir qancha hadislar mazmunan insonni saxovatli bolishga undaydi. Saxovatli inson jamiyat taraqqiyotiga ham katta hissa qo’shadi, uning ravnaqi yo’lida mehnat qiladi, atrofdagilarni o’zi ega bolgan ne'matlardan bahramand etadi Shu bilan birga, hadislarda yana kishilarni baxillik va mol-mulkka hirs qo’yishdan saqlanish kerakligi, kelajakka nisbatan ishonch bilan yashash xususidagi fikrlar ham o’rin olgan. Chunonchi, «Birortangiz ekish uchun qolingizda biror ko’chatni ushlab turgan vaqtingizda qiyomat qoyim bolib qolsa-yu, qiyomat qoyim bo’lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko’zingiz etsa, albatta, ekib qo'ying», - degan fikrlar hayotga bo’lgan umid, kelajakka bo’lgan ishonchning yorqin ifodasidir Xulq-odob haqidagi hadislarda ezgu insoniy xislatlar ulug’lanib, gunoh sanalgan illatlar qoralanadi. Bundan tashqari, sha'riy udum va urf-odatlarga amal qilish, ularni o’tkazishga oid xulq-odob qoidalari ham bayon etiladi. Turli marosimlarni o’tkazish tartibi, safar qoidalari, salomatlikni saqlash, salomlashish, muomala ma’daniyati, beraor kisbi holini so’rash odobi, kiyinish qoidalari, emoq-ichmoq, so’zlashish odobi va hokazolar haqida turli tavsiyalar beriladiki, ular bevosita keyingi davrlarda yaratilgan odob-axloq qoidalari borasidagi risolalarning mazmunini yoritishda asos bolib xizmat qiladi. Hadislarda jamiyat ravnaqi, insoniyat taraqqiyotining ta'minlanishiga ta'sir etuvchi muammolarga ham jiddiy e'tibor berilgan. Ularning orasida ekologik muammolarga alohida o’rin ajratilgan bo’lib, necha asrlardan buyon o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Ana shunday muammolar mohiyatini o’z mazmunida aks ettirgan hadislarda ekin hamda ko’chatlarni o’tqazish, ularni himoya etish, ariq-zovurlar qazish va ularni vaqti-vaqti bilan tozalab turish, suv chiqarish kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga undovchi fikrlar mujassamlangan. Masalan, tirik jonivorlarni o’ldirmaslik (shariatdan o’ldirishga buyurilgan ilon va chayondan bo’lak), jonivorlarga g’amxo’rlik qilish, ularga ozor bermaslik, inson yashaydigan joyni unga ozor beradigan narsalardan tozalash (227-va 446-hadislar), kishilarga soya beruvchi daraxtlarni kesmaslik, hovli sahnlarini toza tutish haqidagi hadislar shular jumlasidan.
Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling