Islom dinining tarqalishi va uning ta`lim-tarbiyaga ta`siri. Musulmon maktablari va unda ta`lim-tarbiya mazmuni. Reja
Pedagogik mahorat va o‘qituvchi psixologik tayyorgarligining bog‘liqligi
Download 55.5 Kb.
|
4-topshiriq
Pedagogik mahorat va o‘qituvchi psixologik tayyorgarligining bog‘liqligi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijalarga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Pedagog o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Shuningdek, o‘qituvchi pedagogik jarayonda pedagogik-psixologik tayyorgarligi bor, psixologik ta’sir etish usullarini mukammal bilgani holda har bir o‘quvchining individual va yoshga bog‘liq xususiyatlarini hisobga olishi zarur. O‘quvchilar bilan darsda olib boriladigan ishda tarbiyaviy masalaga erishmoq uchun o‘qituvchi ular bilan hamkorlik qila olishi, bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarurki, bu jarayon ular faoliyatining turli sohalarida - bilimda, amalda, ma’naviy faoliyatda, sportda, o‘yinda amalga oshiriladi. O‘qituvchi qanday qilib o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishi xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: 1. Hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan ishlar o‘quvchilar uchun dolzarb bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. 2. O‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga psixologik va pedagogik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yaxshi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi lozim. 3. O‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchidan fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, o‘zining tabiiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ilmiy nazariy asosi va uni amaliyotga tadbiq etish shartlari haqida bir qancha fikr va qarashlar mavjud. Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»-hunar, san‘at, «logos»-fan, so‘zlaridan olingan bo‘lib, «hunar fani» ma’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya-o‘qituvchi tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflasak xato bo‘lmaydi. 60-70 yillarda bu tushuncha chet el pedagogik nashrlarida (AQSH, Yaponiya, Angliya, Italiya, Vengriya) va xalqaro konferentsiyalarda keng muhokama etildi va uning ilmiy tadqiqot natijalariga, ko‘ra ikki yo‘nalishi ko‘rsatildi. 1. O‘quv jarayonida texnika vositalarini qo‘llash sifatida belgilasa (M. Klark, Xokridon-Buyuk Britaniya, K. Chedunk, D. Fini-AQSH, S.G. Shopovanenko Rossiya). 2. «O‘quv jarayoni texnologiyasi» sifatida qaraldi. (T. Samakato-Yaponiya, K. Brusming-SHvetsiya, T. A. Ilina-Rossiya). 1980-yillarda B. P. Bespalko tomonidan «Pedagogik texnologiya» ning ilmiy maktabi yaratildi. Pedagogik texnologiya-amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum bir pedagogik tizimning loyihasidir. Pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni amalga oshiradi. O‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zining amaliy faoliyatida keng miqyosda foydalanishi lozim. Xozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchining ijodkor bo‘lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikrlar yurita olishi, fan yutuqlarini o‘kuvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o‘quvchilarni mustaqil hamda ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab qiladi, Shuning uchun o‘qituvchi o‘z ustida doimo ishlashi, mustaqil bilim egallashi, kasb mahoratini takomillashtirishi, malakasini oshirishi pedagogik faoliyatining samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir.Bu haqiqatni yoshi qancha bo‘lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat‘iy nazar barcha o‘qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling