Islom falsafasining asosiy yo’nalishlari Reja
Xavorijning kelib chiqishi
Download 87 Kb.
|
1403873772 48267
Xavorijning kelib chiqishi. Ali bilan Muoviya ortasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 ming kishidan iborat qoshinning bir qismi norozi boldi. Ular «hukm chiqarish faqat Allohning qolidadir», degan shior bilan qoshinni tark etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlogiga ketdilar. Bu firqaning Kufadagi «xypyj» (boysinmaslik) voqeasi ularning «Xavorij» (qarshi chiquvchilar) nomini olishlariga sabab boldi. Bu voqea Harura qishlogida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriylar» deb ham ataganlar. Ular ozlarini «Shurot» («Jonlarini Alloh yolida tikkan kishilar») deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm Allohning qolida» deguvchilar) degan nomlari ham bolgan.
Xavorijlar ozlariga Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiyni amir etib saylab, Ali va Muoviyani yoq qilish payiga tushdilar. Xalifa Alini 660 yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam oldirgach, xavorijlar ikki firqaga bolinib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf solardilar. Bu davrda Xavorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar va olkalarni egalladilar. Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749-1258) qoliga otganidan keyin ham bu toifa bir muddat oz kuchini yoqotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan songgina xavorijlar inqirozga yuz tutdi. Xavorijlar talimotlari asosi quyidagilardan iborat: ular gunohkorni «kofir» deb elon qildilar. Shunga kora xalifa Usmonni Abu Bakr va Umar yolidan yurmagani uchun kofir deyishadi. Ali, Muoviya, Abu Muso al-Ashariy, Amr ibn al-Oslar muxolif guruhlarda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirlar; «zolim» podshohga qolda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib) deb biladilar. Oz etiqodini yashirish printsipini (taqiya) rad etadilar. Ozlari harbiy jihatdan zaif bolsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bolaveradi, deb hisobladilar; xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab bolishligidan qati nazar musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, malum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan; namoz, roza, zakot va boshqa amallarni imonning bir bolagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olinishi uchun kifoya emas. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling