Islom falsafasining asosiy yo’nalishlari Reja
Download 87 Kb.
|
1403873772 48267
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorijiylar. Xavorijlar.
Jafariy mazhabi-Shia yonalishidagi diniy huquqiy tuzumga kirib, 12- imomga etiqod qiluvchi ismoiliylarning asosiy oqimi Ismoiliylar 6-imom Jafar Sodiqni(vafoti 765) shialik fiqh tuzimining asoschisi deb biladilar. Aslida, bu tuzim bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod qilingan bolib, bunda imom Jafarning deyarli orni bolmagan, undan fiqh va ilohiyotga oid hech qanday asar qolmagan. Shunga qaramay shialik diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham Jafariya deb nomlanadi. Jafariya XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar ortasida bu mazhab hozirda ham kuchli tasirga ega.
Xorijiylar. Xavorijlar. Usmon ibn Affon (644-656) davriga kelib islom jamoasi (umma) ichida fitnalar paydo boldi. Usmonga uyushtirilgan suiqasd (656 y.) ham ana shu siyosiy kurashlarning natijasi edi. Xalifa oldirilgach, uning orniga oz tarafdorlari tomonidan Ali ibn Abi Tolib (656-661) saylandi. Ana shu davrdan umma-davlat ichida birinchi fuqarolar urushi boshlanadi (656-660). Talha ibn Ubaydulloh, az-Zubayr ibn al-Avomm va Muoviya ibn Abi Sufyon kabi guruh rahbarlari Aliga qarshi chiqib, bu holatni shunday talqin qildilar: «Ali qozgolonchilarga qarshi kurashda Usmonga yordam bermadi, qodir bola turib odamlarni bu ishdan qaytarmadi, bundan tashqari u xalifalik mansabiga kotarilganidan keyin Ibn Affonning qasosini olmadi, balki u Usmonni qatl etilishidan manfaatdor boldi». Bu uch sahobaning bu fikrga kelishlariga har biri xalifalikka Alidan kora ozini loyiqroq deb hisoblashi turtki boldi. Ular oz davolari haq ekanligini turli yollar bilan isbotlardilar: Talha va az-Zubayr «Umar (634-644) vafotidan oldin xalifa saylash xususida kengashga (shoro) chaqirilgan olti kishidan birimiz», deyishsa, Muoviya esa Usmonga yaqin qarindosh (ularning ikkisi ham Quraysh qabilasining Umayya urugidan edilar) va uning qasosini olishga loyiq ekanligini rokach qildi. Talha va az-Zubayr «al-Jamal» («Tuya») jangida halok boldilar. Shundan song Ali orniga xalifalikka davogarlardan birgina Muoviya ibn Abi Sufyon (660-680) qoldi. 657 yili Suriyada Muoviya va Ali ortasida bolib otgan Siffin jangi Ali tarafdorlarining ikki guruhga ajralib chiqishiga sabab boldi. Bu jangda Ali ibn Abi Tolib qarshi tomon (Umaviylar, 660-749) bilan ozaro bitim tuzib, urushni toxtatishga rozi boldi. Alining tutgan bunday murosasozlik siyosatidan uning qoshini orasidagi bir guruh kishilar norozi bolib, ajralib chiqdilar. Aliga itoat etishdan bosh tortganlar «xavorij» deb, Muoviyaga qoshilmay Ali atrofiga toplanganlar, keyinchalik, «shia» deb nomlana boshlandi. Bu guruhlar keyinchalik islomdagi ikki katta oqimiga asos soldilar. Oz navbatida har bir toifaning oziga xos diniy-siyosiy nuqtai nazarlari, talimot va amaliyotlari shakllana boshladi. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling