Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik yo


Download 22.56 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi22.56 Kb.
#1483490
Bog'liq
Amaliyot hisoboti CEDR


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI

ISLOM IQTISODIYOTI VA XALQARO MUNOSABATLAR FAKULTETI


ISLOM IQTISODIYOTI VA MOLIYASI, ZIYORAT TURIZMI KAFEDRASI


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA MAMLAKATSHUNOSLIK YO‘NALISHI


MALKAVIY AMALOIYOT BO’YICHA




HISOBOT


Amaliyot o’tash joyi: TDIU “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
Bajardi: XMIM yo‘nalishi
4-bosqich talabasi Isroiljonov M
Amaliyot rahbari: phd B.Valiyev

TOSHKENT 2023


MUNDARIJA:
Kirish
1. TDIU huzuridagi“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati.
2. TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida amaliy faoliyatim.
Xulosa

TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazining


“Moliya bozorini rivojlantirish muammolari” sektori
NIZOMI

1. Umumiy qoidalar


1.1 Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28 fevraldagi PQ-1927 sonli qaroriga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqoqot markazini tashkil etish qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu Nizom markazining “Moliya bozorini rivojlantirish muammolari” sektori (keyingi o‘rinlarda – Sektor) faoliyatining asosiy vazifalari, funksiyalari, yo‘nalishlarini belgilaydi.
1.2 Sektor TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqoqot markazining (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
1.3 Sektor o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaz ustavi va boshqa qonun xujjatlariga asoslanadi.
1.4 Sektor xodimlarining mehnat shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, shuningdek Markazning ichki tartib qoidalari va tegishli me'yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
1.5 Ushbu nizom Markaz ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan.
2. Sektorning asosiy vazifalari va funksiyalari
2.1 Sektorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- respublikaning moliya tizimini barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va mavjud muammolarini tadqiq qilish;
- mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat bilan chambarchas xolda moliya bozorining holati, rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha monitoring qilish va kompleks tahlillarni amalga oshirish;
- yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro me'yorlar, mezon va standartlarni o‘rgangan xolda moliya tizimi faoliyatini baholash va tahlil qilish;
- jahon moliya bozori tendensiyalarini iqtisodiy o‘sishga ta'sirini tahlil qilish;
- jahon moliya bozorining dolzab masalalari va ilg‘or yondashuvlari hamda yangi shakllanib, rivojlanib borayotgan zamonaviy yo‘nalishlanri tahlil qilish;
- mamlakat moliya bozorini rivojlantirishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
2.2. Sektor quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalariga muvofiq, analitik,uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- Markaz raxbariyati topshirig‘iga binoan, vazirlik, idoralar, korxonalar, xorijiy moliya institutlari, muassasa va tashkilotlar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalarini amalga oshirish;
- moliya tizimini funksional tahlil qilishda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ma'lumotlar bazasini shakllantirsh;
- moliya tizimini tartibga solishga doir normativ, xuquqiy xujjatlar bazasini to‘plash va tahlil qilish;
- moliya tizimi doirasida jaxon tajribasini o‘rganish va ilmiy nashrlarni monitoring qilish;
- moliya tizimidagi eng dolzarb muammolar bo‘yicha tahliliy sharxlar tayyorlash va taqdim etish;
- Markazda ilmiy konferensiyalar, seminarlar, davra suxbatlari va ilmiy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish;
- Ilmiy materiallarni nashr etishga tayyorlash; monografiyalar, maqolalar, hisobotlar, ma'ruzalar va x.k.z. Sektorning tadqiqot yo‘nalishi doirasida xorijiy nashrlarda maqolalar chop etish;
- Sektorning ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha ilmiy va tahliliy hisobotlarni tayyorlash;
- Sektor vakolati doirasida loyihalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda qatnashish;
- Markaz yosh xodimlarini iqtisodiyotni ekonometrik modellar va prognozlashtirishga doir zamonaviy yondashuvlarni o‘rgattish bo‘yicha kurslarni tashkil etish;
- Sektor ilmiy faoliyatiga yosh olim, doktorant va talabalarni jalb qilish.
2.3. Sektor shuningdek quyidagilarni amalga oshiradi:
-Sektor tadqiqoti yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligiga amaliy, innovasion loyihalarni taqdim etish;
- Banklarda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va banklarni transformasiyalash doirasida sektor tarkibida kichik ishchi guruhlarni tashkil etish;
- 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida tegishli tashkilotlarga tahliliy sharhlar taqdim etish;
- Sektorda oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida 08.00.07- Moliya, pul va kredit, 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi yo‘nalishida tadqiqotchi va izlanuvchilarni qabul qilish;
- Sektor tadqiqoti doirasida xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida xalqaro grantlarni jalb etish va loyihalarda ishtirok etish;

3. Boshqaruv


3.1 Sektor faoliyati Markaz direktori tomonidan muvofiqlashtiriladi.
3.2 Sektorning faoliyati sektor mudiri tomonidan boshqariladi.
3.3 Sektor mudiri Markaz direktori buyrug‘i asosida ishga qabul qilinadi va ozod etiladi.
3.4 Sektor mudiri o‘z faoliyatini sektor mudirlarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma asosida tashkil etadi;
3.5 Sektor o‘z ishini:
- Markazning boshqa sektorlari;
- vazirlik, idora, tashkilotlar bilan o‘z vakolati doirasida tuzilgan shartnomalar asosida faoliyat yuritadi.
4. Tashkiliy tuzilma va logistika.
4.1 Sektor xodimlari Sektor mudiri, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, kichik ilmiy xodim, stajor tadqiqotchi lavozimlarida ish faoliyatini olib boradi.
4.2 Belgilangan funksiya va vazifalarni amalga oshirishda sektorning ish xonasi, kutubxona fondi, ofis jixozlari va boshqa tashkiliy texnik vositalardan foydalanadi.

5. Yakunlovchi qoida


5.1. Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
5.2. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ilmiy-tadqiqot markazi nizomi shularni tashkil etadi. Amaliyot davomida markazda juda ham salohiyatli ilmiy xodimlar ishlashligiga guvoh bo’ldim.
2017-2020 yillar mobaynida Markaz xodimlari hamda oliy ta'limdan integratsiya doirasida jalb etilgan xodimlari tomonidan:
37 ta ilmiy, o‘quv-metodik adabiyoti, xususan 7 ta darslik, 25ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya tayyorlanib chop etildi;
magistratura o‘quv dasturlarini shakllantirish, amaliyotni tashkil qilish va magistrlik dissertasiyalarini yo‘nalishlarini shakllantirshda markaz ilmiy faoliyatini hisobga olgan holda namunaviy mavzulari bo‘yicha tavsiyanomalar berildi;
252 ta ilmiy maqola va tezislar, xususan 119 tasi sektor asosiy shtatidagi xodimlari, 133 tasi jalb etilgan OTMlar xodimlari tomonidan chop etilgan, 49 ta xorijiy jurnallarda, 26 ta OAK jurnallarida, 68 xalqaro konferensiyalarida, 109 ta Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda chop etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, moliya vazirliklari va boshqa tashkilotlarga analitik ishlanmalar 18 ta, 2018 yil 4 ta, 2019 yil 9 ta, 2020 yil 5 ta tayyorlangan; 100 dan ortiq ilmiy va o‘quv-metodik jarayonlariga tadqiq etilganligi haqidagi dalolatnomalar va boshqalar mavjud.
Markazda doktorantura va mustaqil izlanuvchilar instituti faoliyati. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 14 sentyabrdagi 660-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida Markazda doktorantura faoliyati 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”; 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”; 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti”; 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosliklar bo‘yicha faoliyati tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan “Iqtisodiyot va ta'lim” jurnalini tayyorlash va nashr qilish Markazga o‘tkazilgan. Yil davomida jurnalning 6ta soni chop etiladi.
2023 yil 5 aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida “Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtrilgan bo‘lib, unda yurtimizning qator ilmiy izlanish qilayotgan kadrlari va nufuzli ta’lim muassasalari professorlari, shuningdek, xalqaro miqiyosdagi kompaniyalar rahbarlari Respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish yo‘lidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarini konferensiya qatnashuvchilari bilan o‘rtoqlashishdi. Respublika miqiyosidagi ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash doirasida bir qancha maqsadlar qo‘yilgan bo‘lib, uni amalga oshirish avvalo milliy moliya bozorini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Hozirda jahon moliya bozori arxitekturasida yuz berayotgan global beqarorliklarning milliy moliya bozorimizga ta’sirini kamaytirish maqsadida professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, ilmiy xodimlar, izlanuvchilar o‘z ilmiy-amaliy takliflari bilan ishtirok etib, milliy moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini oshirish muammosi, iqtisodiyotni modernizasiyalash, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, inflyasiyani pasaytirish maqsadida investisiyalarni jalb qilish zarurligiga alohida urg‘u berib o‘tildi. Bu muammolarning samarali yechimi moliya bozorining raqobatbardoshligi va xavfsizligi, barqarorligi va likvidligi, investorlar uchun jozibadorligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Ushbu konferensiyada ham ishtirokchilar tomonidan ma’lum bir ma’noda moliya bozoridagi muammolarni yechishga qaratilgan nazariy xulosa va amaliy takliflar berilib, ularni amaliyotda tadbiq etish masalalari borasida o‘zaro kelishuv va tashkiliy ishlarga oid yo‘l xaritalari tuzib olindi.
Ma’lumot sifatida konferensiya uchun 400 ga yaqin materiallar kelib tushgan bo‘lib, undan 150 tasi saralab olingan. 9-15 aprel kunlari maqolalar indeksatsiya qilindi va bu jarayonda men bevosita ishtrok etdim.
Download 22.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling