Islom karimo nomidagi toshkent davlat


Download 13.21 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi13.21 Kb.
#1744818
Bog'liq
Nabiyev Abdurahmon 6-22 TVM Metrologiya 1-Mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMO NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI QO‘QON FILIALI


MUSTAQIL ISH


Mavzu: UNIVERSAL O'LCHOV VOSITALARI. O'LCHAMLAR VA
CHIZMALARDA QO'LLANILISHI. ETALONLARNING TURLARI VA VAZIFASI

GURUH: 6-22 TVM
STUDENT: NABIYEV ABDURAHMON

O’QITUVCHI: UMMATOV
UNIVERSAL O'LCHOV VOSITALARI. O'LCHAMLAR VA
CHIZMALARDA QO'LLANILISHI. ETALONLARNING TURLARI VA VAZIFASI
REJA :
1. Metrologiya fanining maqsadi va vazifalari.
2. O’lchamlar va ularni chizmalarda ifodalanishi.
3. Etalon va ularning turlari
4.Etalonlarning texnikada va hayotda qo’llanilishi

TAYANCH SO’Z VA IBORLAR : muhandis, malaka, amaliy, magnit, Universal, o’lchash, Etalon, birlamchi, metr, xalqaro, energiya, texnologik, global, hisoblash va hokazo .
Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal rivojlanishi sanoat farmasiyasi yo’nalishi bo’yicha faoliyat yuritadigan muhandis – texnolog hodimlarning nihoyatda yuksak bilim darajasiga ega bo’lshini talab qilmoqda. Bu esa oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash usul-uslubini muttasil takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bunda muhandis - biotexnologlar uchun o’qitiladigan metrologiya fanining ahamiyati juda katta. Metrologiya bu o’lchash, usul vositalar birligi ta’minoti va kerakli aniqlikka yetkazish imkoniyatini belgilovchi fan bo’lib, zamonaviy ilm sohalarida asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Metrologiya fanining maqsadi – injener - texnolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni standartlashtirish asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov- asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli soxalarida, sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.
Metrologiya va standartizasiya fanni o’zlashtirish jarayonida bakalavr:
- elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak.
- metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari shart.
- o’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash sxemalari, texnik tavsiflari, qo’llanilish soqalari va o’lchash texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari kerak.
- asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini bilishlari kerak.
- har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak.
Bular bilan bir qatorda bakalavr:
- o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish;
- o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o’rganish;
- Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni o’rganish va mukammal bilishi kerak.
- metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish
- baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish.
- elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash
- o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni bilish malakalariga ega bo’lishi kerak
Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarishga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi.
Shuning uchun “Metrologiya asoslari” fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha injener-texnik xodimlar uchun asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Chizmada tasvirlangan buyumlar va ularning elementlari kattaligi quyidagicha o’lchamlar soni qiymati bilan aniqlanadi. Chizmaga barcha o’lchamlar soni mumkun qadar kam bo’lishi va shu bilan birga buyumlani yasash va kantrol qilish uchun yetarli bo’lishi lozim. O’lchamlar son qiymatlari chizmaning qanday masshtabda va qannchalik ochiqlik bilan chizishidan qat’iy nazar, tasvirdagi buyumlarning xaqiyqiy o’lchamlarini ifodalash kerak.
Chizmadagi buyum yoki qismlarining katta kichikligi asosan chizmadagi o’lchamga qarab olinishini hisobga olsak, detallarga o’lcham qo’yish juda muhim omil hisoblanadi. Buning uchun quyida berilgan qoidalarni chuqurroq o’rganish talab qilinadi.O’lchamni ko’rsatish uchun ikki tomoni strelkali yoki bir tomoni strelkali o’lcham chiziqlaridan va ayrim hollarda og’ma kesmali o’lcham chiziqlaridan foydalanamiz.
Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi Etalonga solishtiriladi. Etalon birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat Etalonlari, Etalon guvoh, solishtirma Etalon, ishchi Etalon, Etalon nusxalarga boʻlinadi.
Birlamchi Etalon mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa ETALONga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi Etalon qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus Etalon alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi Etalon vazifasini oʻtaydi. Davlat ETALONlari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus ETALONdan iborat.
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli ETALONlari xalqaro va milliy ETALON hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen ETALONlari xalqaro ETALON bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov ETALONlardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda ETALON larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
Umuman, o‘lchashlar birliligini ta‘minlash uchun etalonlar yordamida faqat asosiy birliklarni markazlashtirilgan tarzda kayta tiklash etarli.Hosilaviy birliklarning o‘lchamlari esa maxsus talablarga qattiq rioya qilingan holda bilvosita o‘lchashlar yo‘li bilan olinishi mumkin. Lekin, o‘lchash aniqligining umumiy darajasini ko‘tarish uchun zamonaviy texnologiyalar uchun zarur va birlik o‘lchamlarini uzatish operativligini (tezkorligini) ko‘tarish uchun etalonlar yordamida hosilaviy birliklarni ham qayta tiklash keng qo‘llaniladi. Birlikni qayta tiklash aniqligining darajasi bo‘yicha va metrologik tobeligi bo‘yicha etalonlar birlamchi, ikkilamchi va ishchi etalonlarga bo‘linadi. Birlamchi etalon - birlikni mamlakatda (shu birlikning boshqa etalonlarga nisbatan) eng yuqori aniqliq bilan qayta tiklashini ta‘minlaydigan etalon. Asosiy birliklarning birlamchi etalonlari birliklarni ularning ta‘rifiga muvofiq qayta tiklaydi
Maxsus etalonlar birlikni alohida sharoitlarda qayta tiklanishi uchun yaratiladi (o‘ta past, yuqori, va o‘ta yuqori chastotalar, energiya, xaroratlar, bosim, moddaning alohida xolati, o‘lchashlar diapazonining chekka uchastkalari va shunga o‘xshashlar). Bunday xollarda birlik o‘lchamini mavjud birlamchi etalonlardan to‘g‘ri uzatish texnik jihatdan talab etiladigan aniqlikda amalga oshirilmaydi.
Ikkilamchi etalon - birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon. Ikkilamchi etalonlar qiyoslash ishlarini rasional tashkil etish zarur bo‘lganida va birlamchi etalonni eng kam eyilishini va saqlanganligini ta‘minlash hollarida yaratiladi.
Etalonlar soni doimiy bo‘lmaydi, balki mamlakat xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. O‘lchash ishchi vositalarining doimiy rivojlanishi va o‘lchash vositalari parkini kengayib borishi sababli vaqt o‘tishi bilan etalonlar sonini oshib borishi kuzatiladi. Jahon hamjihatligi mamlakatlari iqtisodining globallashtirilishi va iqtisodiy, savdo va texnologik integrasiyaning keng miqyosda rivojlanishi o‘lchashlar birliligini ta‘minlash bo‘yicha ishlarni global masshtabda o‘tkazish zarurligini anglatadi. Chunki ishonarli o‘lchash informasiyasi sinov natijalarining o‘zaro tan olinishini tasdiqlaydigan va mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini tasdiqlash va jami baholash infrastrukturasini asosi bo‘ladi.

XULOSA


Talabaning mustaqil ishi o’rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlar yig’ish, buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanib, referat, slayd, tahlil natijalarining jadvallari, mavzular bo’yicha informAasion vositalardan olingan adabiyotlar ro’yxati, me’yoriy texnik hujjatlarning nusxalari ko’rinishida bo’lishi mumkin. Mustaqil ishga mo’ljallangan mavzular va topshiriqlar talabaning mustaqil ishini tashkil etish bo’yicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo’llanmalarda keng yoritilgan.

FOYDALANILAYOTGAN ADABIYOTLAR VA SAYTLAR


Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasining dotsenti, t.f.d. K.K. Shodmonov Toshkent – 2016
https://fayllar.org/download/2-amaliy-mashgulot-mavzu-chizmalarda-olchamlar-qoyish-reja-olc.doc
https://yandex.ru/search/?text=etalonlarning+turlari+va+vazifasi+referat&lr=10332&clid=2422918-7&src=suggest_Pers
Download 13.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling