Islom Karimov asarlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya


Download 29.26 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi29.26 Kb.
#1169359
Bog'liq
Sa\'dullayeva G


Islom Karimov asarlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya

O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining ta’lim-tarbiya haqidagi g’oyalari, komil shaxsni voyaga yetkazish muammolari haqidagi g’oyalari bilan uyg’un holda hal etish zarurligini ko’rsatib, biz o’z tarbiyaviy faoliyatimizda xalqimizning boy ma’naviy merosi xotirasida tarixan mavjud bo’lgan milliy fazilatlar, urf-odatlarni qaytadan tiklash, ularni rivojlantirish va bugungi kunimizda xizmat qildirish yo’lidan borishimiz lozimligini ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, milliy ma’naviyatimiz rivojiga kata hissa qo’shgan allomalarimiz , buyuk ma’rifatparvar pedagoglarimizning merosi yosh avlod tarbiyasida bebaho manbadir.


Ammo, I.A.Karimov ta’kidlaganidek, o’tmish ajdodlar merosiga mahliyo bo’lib yurishning o’zi bilan uzoqqa borib bo’lmaydi, biz bu ma’naviy merosimizni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yangi fikrlar bilan boyitishimiz uni ijodiy rivojlantirishga o’z hissamizni qo’shishimiz darkor. Ma’lumki, o’tmishda Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy kabi allomalarimiz komil insonga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlarni asoslab berib, ana shunday shaxslarni tarbiyalab keyingi avlodga yetkazishni orzu qilgan edilar. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ularning bu fikrlarini ijodiy rivojlantirdi: yangi tarixiy sharoitda, mustaqillik davri talablaridan kelib chiqib, komil insonning ma’naviy sifatlarini yangi chizgilar bilan boyitdi; yangicha dunyoqarashga, mustaqillik tafakkuriga ega bo’lish, milliy istiqlol g’oyalarini o’z qalbi, ongiga singdirish, iymon-e’tiqodli, vatanparvar, tadbirkor bo’lish va boshqa fazilatlar ham komil insonga xos sifatlar ekanini, eng muhimi, u o’zining fidokorona faoliyat bilan bobolarimizning komil inson haqidagi orzularini ro’yobga chiqardi. I.A.Karimov ularning bu fikrlarini ijodiy rivojlantirib, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omil ekanini izohlab, ta’lim-tarbiya tizmini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan turib ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmasligini ko’rsatib berdi. U o’z asarlarida bu borada shunday deydi: <> degan chuqur ma’noli so’zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi>>. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan milliy istiqlol g’oyasining tarkibiy qismlari bo’lgan Vatan ravnaqi, yurt tinchligi , komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi tamoyillarning ma’no mohiyatini mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish , ularni yangi bosqichga ko’tarishdek ulkan vazifa esa pedagogika fanining faoliyat doirasini kengaytirdi. Shaxs va jamiyatning ma’naviy yuksalishida ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, odamning kundalik hayoti va faoliyatida uning ma’naviy kamolotida moddiy hamda ma’naviy asoslar bir-biriga nisbatan qanday o’rin tutishi, ularning qaysi biri ustuvorlik kasb etishi haqida turli fikrlar va qarashlar mavjud. O’tmishda yashagan buyuk allomalar bu masalaga oid ko’plab asarlar yaratib qoldirganlar. Ularning birini ustun deb bilib, qandaydir bir yoqlama qarashlarini bayon etdilar, insonning ruhiy olamini mensimasdan uni ikkilamchi o’ringa qo’ydilar, I.A.Karimov shunday deb aytgan: << Qachonki ana shu ikki muhim omil o’zaro uyg’unlashsa, tom ma’nodagi qush qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o’sish-o’zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo’ladi>>. Shu sababli ham istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida ana shu ikki omilning uyg’un tarzda rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Xulosa qilib aytganimizda, O’zbekistonning Birinchi Prezindenti Islom Karimov asarlarining mazmun mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim-tarbiya va boshqa sohalarning yangilanish va rivojlanish jarayonlarida ma’naviy qurol bo’lib xizmat qiladi.
Download 29.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling