Vafoti
Asosiy maqola: Islom Karimov vafoti
Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.[6]
Oilasi
Otasi — Abdugʻani Karimov, Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.[7]
Onasi — Sanobar Karimova, Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.
1965-yilda millati ukrain boʻlgan Natalya Petrovna Kuchmaga uylangan. 1970-yilda ajrashgan. Bu nikohdan Pyor ismli oʻgʻli bor.[8]
Akasi — Karimov Ibod Gʻaniyevich, professor.
Akasi — Karimov Quddus Gʻaniyevich, professor.
1971-yildan Tatyana Akbarovna Karimova bilan nikohda.
Qizi — Gulnora Karimova, diplomat. 2015-yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 5 yilga qamalgan. Turmush oʻrtogʻi Mansur Maqsudiy, tadbirkor. 2 nafar farzandi bor: oʻgʻli Islom va qizi Imon.
Qizi — Lola Karimova-Tillayeva, diplomat. Oʻzbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili sifatida ishlagan. Turmush oʻrtogʻi — Tillayev Timur Hakimovich, tadbirkor. 3 nafar farzandi bor: oʻgʻli Umar, qizlari Maryam va Safiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |