Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «elektronika va avtomatika» fakulteti


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.06.2020
Hajmi0.73 Mb.
#118285
Bog'liq
kurs ishi


O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O‘RTA MAXSUS 

TA’LIM  VAZIRLIGI 

 

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 

TEXNIKA UNIVERSITETI 

 

«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI 

 

«ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI 



AVTOMATLASHTIRISH» KAFEDRASI 

 

«Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari» fanidan 



« 

Oqim sarflarini hisoblagichlarni tanlash usullari

 » 

mavzusida 

 

 



 

 

Bajardi:112-18 guruh talabasi 

Muhammadiyev Johongir 



Rahbar:  PhD. dots. Avazov Yu.Sh. 

 

 

Toshkent – 2020 



KURS ISHI

 


 

 



 

MUNDARIJA 

 

Kirish …………………………………………………...…………2   



 

NAZARIY QISM ……………………………………....………....3 

 

1.1. 


Sarf haqida umumiy tushuncha…………………………………….3 

 

1.2. 



Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o’lchagichlar …………………...…5   

1.3. 


Induksion sarf o’lchagichlar ……………………………………...10   

1.4. 


Tezlik bosimi bo’yicha sarf o’lchagichlar ………………………..14   

               Xulosa.………………………………………………………..…..17 

 

               Adabiyotlar ro‘yxati..…………………………………………..…18 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

KIRISH 


So‘nggi paytda ishlab chiqarish, energetika, kimyo va boshqa sanoat sohalarida 

texnologik jarayonlarning jadal sur'atlar bilan rivojlanishini kuzatmoqdamiz. Ishlab 

chiqarish va issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quvvatlarni oxirgi yillarda 10-

15  marta  oshishi,  texnologik  jarayonlarni  tezligini  ham  oshirmoqda,  ulardagi 

o‘lchanayotgan parametrlar soni ham ortib bormoqda.  

Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy o‘lchash vositalarisiz 

tasavvur  qilish  qiyin.  O‘lchash  texnologik  jarayonlarni,  qurulmalarni  ishonchli 

ishlashini,  ishlab  chiqarish  xavfsizligini,  masalan,  issiqlik  elektr  stansiyalarining 

ob'ektiv  nazoratini  ta'minlaydi.  Ishlab  chiqarish  samaradorligi  va  energiya 

tejamkorligi,  ayniqsa  katta  quvvatli  qurilmalarning  muammolarini  yechishda 

texnologik jarayonlar nazorati muhim ahamiyatga ega.  

Har qanday o‘lchash natijasi, xatoligi, o‘lchash  jarayonining parametrlaridan 

qat'iy  nazar,  o‘lchash  vositasiga  ham  bevosita  bog'liqdir.  Issiqlik  texnikasi 

qurilmalarining  ishlashini,  o‘lchashni  bajarish,  o‘lchash  vositalari  va  usullarini 

bilmasdan  turib  o‘rganish  mumkin  emas.  Turli  o‘lchash  vositalari  mavjudligi 

o‘lchash texnikasini to‘g'ri tanlashni talab qiladi, u berilgan sharoitlarda nazoratni 

kerakli  aniqligi  bilan  ta'minlaydi.  Texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirishda 

o‘lchash  aniqligi  va  o‘lchash  vositalarining  ishonchli  ishlashi  muhim  ahamiyatga 

ega.  

Issiqlik  va  elektr  energiyasini  tejash  masalalariga  bizning  davlatimizda  katta 



ahamiyat berilayotganligi va so‘ngi paytlarda qator davlat ahamiyatiga ega qarorlar 

qabul 


qilinayotganligini  inobatga  olsak, 

ishlab 


chiqarish 

jarayonlarida 

ishlatilayotgan  o‘lchov  asboblari  orasida  harorat  o‘lchash  vositalari  muhim 

ahamiyatga  egaligini  ko‘rishimiz  mumkin  bo‘ladi.  “Sohaning  texnologik 

o‘lchashlari va  asboblari”  fani sanoatda,  jumladan  barcha korxonalarimizda keng 

qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari bo‘lmish harorat, bosim, sarf, sath va gaz tarkibini 

tahlillagich  qurilmalarini  tuzilishi,  ishlash  prinsipi,  ularni  o‘lchash  xatoliklari 

to‘g'risida amaliy va nazariy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi. 



 

 



 

 

I.BOB. NAZARIY QISM. 



1.1. Sarf haqida umumiy tushuncha

 

Sarf bu — vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning vazn 



yoki xajm miqdori. Sarfni oʻlchash tushunchasida ikki xil sarf farqini ajratib olish 

kerak: Xajmli sarf va vaznli sarf. Xajmli sarf oʻlchash usulida odatda suyuqliklar va 

gazlarning vaqti birligi ichida oʻtgan xajmi oʻlchanadi. Vaznli sarf oʻlchashda esa 

moddaning vaqt birligi ichida oʻtgan vazn miqdori oʻlchanadi. Oʻlchash usulini oʻzi 

xam ikki xil turga ega: birinchisida vaqt birligi ichida oʻtgan moddaning vazn midori 

yoki  xajmi,  yaʼni  bu  xolda  sarf  bevosita  xajm  yoki  ogʻirlik  birliklari  bilan 

ifodalanadi;  ikkinchi  usulda  joriy  oqim  tezligiga  koʻra  vaqt  birligi  ichida  qancha 

miqdorda modda oʻtishi, yaʼni oniy (mgnovenniy) sarf oʻlchanadi. 

Sarf o’lchagichlarning eng ko’p tarqalgan quyidagi turlari mavjud: 

  Bosim farqlari o



‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar.  

  Bosim farqlari o’zgarmas sarf o‘lchagichlar.  



  Tezlik bosimli sarf o‘lchagichlar.  

  O’zgaruvchan satxli sarf o‘lchagichlar.  



  Induksion sarf o‘lchagichlar.  

  Ultratovushli sarf o‘lchagichlar.  



  Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar.  

  Ionizatsion sarf o‘lchagichlar  



Sarfi  oʻlchanayotgan  moddaning  agregat  xolatiga  koʻra,  ushbu  modda  uchun 

faqat oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari yuzasidan korreksiya xisobi yuritib boriladi. 

Chunki  texnologik  jarayon  taqozo  etadigan  bosim  va  xaroratga  bogʻliq  xolda 

oʻlchangan sarf bilan standart qabul qilingan sharoitda oʻlchanadigan sarf qiymat 

koʻrsatikich  bir  biridan  katta  farq  qiladi.  Yaʼni  texnologik  jarayonlarda  odatda 

yuqori  xarorat  va  bosim  ositdagi  reaksiyalar  natijasidan  keyingi  xolat  sarfi 

oʻlchanishi  mumkin,  ammo  xar  bir  modda  uchun  uning  solishtirma  zichligi, 

molekulyar  massasi  kabi  xossalari  faqat  oʻziga  xos  va  takrorlanmas  boʻladi. 

Shuningdek xar modda uchun meʼyoriy xarorat va bosim xam aloxida xisoblanishi 


 

 



 

mumkin. Odatda gazlar xarorat oshgan sari xajmi ortib boradi. Bu xolatda xajmiy 

sarf  oʻlchash  jarayonida  chalkashliklar  kelib  chiqishini  oldini  olish  uchun  shu 

gazning  kimyoviy  va  fizik  noyob  xossalaridan  kelib  chiqib,  uning  sarf  xisobini 

meʼyorlanadi. Yaʼni texnologik jarayondagi bosim va xaroratga koʻra oʻlchangan 

sarf,  meʼyoriy  sharoitdagi  sarf  xisobiga  oʻgiriladi.  Odatda  gazlar  uchun  meʼyoriy 

sharoit  deb  bir  atmosfera  bosimi  va  20

S  xarorat  qabul  qilinadi.



 

 

1.2. Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o‘lchagichlar 



Bu  sarf  o‘lchagichlarning  ishlash  usuli  quvurda  moddaning  oqim  yo‘lida 

o‘rnatilgan  qandaydir  toraytirish  qurilmasi  yordamida  hosil  qilinadigan  bosimlar 

farqini  o'lchashga  asoslangan  bo'lib,  suyuqliklar,  gazlar  (bug‘lar)  ning  sarfini 

o‘lchash  vositasi  sifatida  keng  tarqalgan.  Toraytirgichlar  sifatida  asosan  standart 

diafragmalar, soplolar hamda boshqa soplolari ishlatiladi.  

Bosim  kamayishi  o’zgarmas  sarf  o‘lchagichlar  –  rotametrlar  tajriba 

sharoitlarida va sanoatda keng ishlatilib, toza va oz miqdorda ifloslangan bir jinsli 

suyuqlik va  gazlarning  ravon o‘zgaruvchi  hajmli  sarfini o‘lchashga  mo‘ljallangan 

(Davlat  standart  13045-67).  Bular  gaztahlillovchi  va  boshqa  asboblarda  sarf 

indikatori sifatida ham ishlatiladi.

  


 

 



 

                  

                    

 

 



Asbobning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga 

o

‘tishida  konik  naycha  ichiga  joylashgan  qalqovichning  vertikal  siljishiga 



asoslangan. Qalqovichning  holati  o’zgarishi  bilan qalqovich  va  konik  naychaning 

ichki  devorlari  orasidagi  o‘tish  kesimi  o‘zgaradi,  natijada  o‘tish  kesimidagi 

oqimning tezligi o’zgarmaydi. Bosimlar farqi qalqovich ko’ndalang kesimi yuzining 

birligidagi  massaga  tenglashguncha  qalqovich  harakatda  bo’ladi.  Berilgan 

muhitning  har  bir  sarf  kattaligiga  qalqovichning  muayyan  holati  mos  keladi. 

Rotametrlar  bosim  farqi  o‘zgaruvchan  sarf  o‘lchagichlarga  nisbatan  bir  qator 

afzalliklarga  ega:  rotametrlarning  shaklallari  teng  bo’linmali  bo

‘lib,  uncha  katta 

bo

‘lmagan sarflarni o‘lchashga imkon beradi; bosimning yo‘qotilishi kichik va u sarf 



kattaligiga bog’liq emas, rotametrlarning o’lchash diapazoni katta: 

                                                            

 

Asbobning o‘lchash qismi vertikal joylashgan konik naycha va qalqovichdan 



iborat.  

Konik naychadagi xalqaning kesim yuzi balandlikka proporsional o’zgaradi. 

Pastdan yuqoriga o‘tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi qalqovichga kursatilgan kuchlar 

muvozanatlashguncha uni yuqori ko

‘taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich 

ma’lum balandlikda to‘xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko‘rsatadi. Qalqovichning ish 

holatidagi, ya’ni o‘lchanayotgan muhitga batamom cho‘kkan paytdagi og‘irligi 


 

 



 

                                  

 

bu  еrda  G



k

-qalqovichning  og‘irligi,  kg;  V

k

–  qalqovich  hajmi,  m



3

;  j


k

– 

qalqovich tayyorlangan materialning solishtirma og



‘irligi, kg/m

3

; J- o‘lchanayotgan 



muhitning solishtirma og‘irligi, kg/m3.  

Bu  holda  qalqovichning  og‘irlik  kuchi  pastga  qaratilgan.  Qalqovichning 

og‘irligi yuqoriga yo

‘nalgan kuch bilan muvozanatlashadi:  

Muhitning  o‘zgarmas  oqimiga  mos  bo‘lgan  qalqovichning  muvozanat 

holatidagi og

‘irlik va itaruvchi kuchi o‘rtasidagi tenglik quyidagicha:  

                                        V

q

(j

q

-j) =(P

1

-P

2

)f

0

 

U  holda  ishqalanish  kuchi  e’tiborga  olinmaydi;

 

tenglama  asosida 



qalqovichdagi bosimlar farqi: 

                          

 

ΔP – bosimlar farqi, Pa. 



Tepadagi  tenglama  bosimlar  farqi  qalqovichning  hajmi,  kesim  yuzaga, 

qalqovich  va  muhitning  solishtirma  og‘irliklariga,  ya'ni  o‘lchash  jarayonida 

o‘zgarmaydigan kattaliklarga bog‘liqligini ko’rsatadi. Demak, sarf o‘

lchanayotgan 

bosimlar farqi o‘zgarmas. O’lnayotgan muhitning rotametr devorlari va qalqovich 

orasidagi o‘tish tezligi 

 

bu еrda v- o‘tish tezligi, m/s





 

 



 

 

Bu ikki tenglamalarni tenglashtirsak,oraliq oqim tezligiga ega bo‘lamiz; 



 

Oqimning xalqa oralig

‘idagi tezligi va uning yuzasi ma’lum bo‘lgach 

o

‘lchanayotgan muhitning hajmiy sarfini aniqlash mumkin: 



 

bu  еrda  Q

q

  –  o‘lchanayotgan  muhitning  hajmiy  sarfi,  m



3

/soat.  Α  –  sarf 

koeffitsienti, bu eksperimental kattalik bo‘lib, suyuqlikning qalqovichga ishqalanish 

ta’sirini muhit uyurmasi hosil bo‘lgandagi bosim sarfini nazarda tutadi. Ildiz ostidagi 

kattaliklar doimiy bo‘lgani uchun ularni K koeffitsient bilan almashtirish mumkin. 

Unda  


Q

q

=a

·

F

 ·



Bu bog


‘lanish chiziqli bo‘lgani sababli rotametrning shkalasi teng bo‘linmali 

bo

‘ladi. Rotametrlarning α sarf koeffitsienti analitik usulda aniqlash qiyin bo‘lgan 



bir  qator  kattaliklarga  bog‘liq.  Shuning  uchun  har  bir  rotametr  eksperimental 

ravishda  darajalanadi.  Sarf  tenglamasiga  kirgan  barcha  kattaliklar  darajalanish 

shartlariga muvofiq bo

‘lgandagina shkalaning bu tarzda darajalanishi aniq bo’ladi. 

Qalqovichning  ustki  qismi  qiya  kesiklar  tarzida  ishlanadi,  shu  sababli  qalqovich 

vertikal  o

‘q atrofida aylanadi. Qalqovich naycha ichida uning devorlariga tegmay

 

aylanadi, bunda uning sezgirligi oshadi. 



 

 



 

Shisha naychali rotametrning tuzilish sxemasi kursatilgan. Bu asbob korpus 5 

ga ustunlar 4 yordamida urnatilgan konussimon naycha 2 dan iborat. Naycha ichida 

pastdan  yuqoriga  oqadigan  suyuqlik  yoki  gaz  oqimi  ta’sirida  vertikal  harakat 

qiluvchi qalqovich 1 bor. Asbobning shkalasi 3 bevosita naycha ustida darajalanadi. 

Hisoblashlar qalqovichning ustki gorizontal tekisligi bo‟yicha olib boriladi. Shisha 

konik  naychali  rotametrlar  suv  bo

‘yicha  3000  l/soat  va  havo  bo‘yicha  40  m

3

/soat 


o‘lchov chegarasiga; 0,6 MPa (6 kgk/sm

2

) gacha ish bosimiga mo



‘ljalangan. 

 

Shisha idishli rotametrning korinishi 

Rotametrning (bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagich) sxemasi  keltirilgan. 

Asbobning  o

‘lchash  qismi  ichida  qalqovich  yoki  porshen  2  joylahtirilgan  vertical 

shisha  trubka  1  dan  iborat.  Trubka  orqali  o‘tayotgan  o‘lchanayotgan  moddaning 

oqimi  (suyuqlik  yoki  gaz)  qalqovichni  ko

‘taradi.  Qachonki trubka  devorlari bilan 

qalqovich  jismi  orasidagi  oraliq  masofa  ma’lum  o

‘lchamga  etganda,  qalqovichga 

ta’sir  etuvchi  kuchlar  o

‘zaro  tenglashadi.  Qalqovich  esa  sarf  kattaligiga  mos 

keladigan ma’lum balandlikda to‟xtaydi.  

Oqimda qo

‘yilgan qalqovichga o'lchanayotgan mahsulotning itarish kuchi F 

(N) ta


‘sir etib, u quyidagi formula orqali aniqlanadi: 

 

 

 

10 



 

bu yerda: V

- qalqovichning hajmi, m



3

;  


y

q

,y

s

-qalqovich tayyorlangan material va o

‘lchanayotgan mahsulotning 

solishtirma og

‘irligi(N/m

3

); 


F1 kuchga qarama-qarshi yo‘nalgan, oqim harakatidan F2 kuch yuzaga 

keladi: 


 

bu yerda: S

q

 - qalqovichning istalgan joyidagi kesim yuzi, m



2

;  


ΔP - bosimlar farqi. 

Muhitning o‘zgarmas oqimiga mos bo

‘lgan qalqovichning muvozanat holati 

F

1

 va F

2

 kuchlar o'zaro teng, ya'ni F

1

 = F

2

 = const bo

‘lganda ta’minlanadi (bu holda 

ishqalanish  kuchi  hisobga  olinmaydi).  Demak,  qalqovichning  istalgan  joyining 

kesim yuzi o

‘zgarmas ekan, unda bosimlar farqi ham doimiy bo‘ladi. Shuning uchun 

ham rotometrlar bosimlar farqi o'zgarmas sarf o'lchagichlar deb nom olgan.  

Sarf o

‘lchagich orqali oqib o‘tayotgan mahsulotning sarfi (m



3

/s) quyidagi 

formula bo

‘yicha aniqlanadi: 

 

 

 bu yerda: α - mahsulotning sarf koeffitsiyenti;  



S

T

  -  qalqovich  ko



‘tarilgan  ma’lum  balandlikka  to‘g‘ri  keladigan  trubkaning 

ko

‘ndalang kesim yuzi;  



ρ - o'lchanayotgan moddaning zichligi, kg/m

3



1.3. Induksion sarf o

‘lchagichlar 

Induksion sarf o‘lchagichlarning ishlash usuli tashqi magnit maydoni ta’sirida 

elektr  o‘tkazuvchi  suyuqlik  oqimining  induksiyalanishi  natijasida  hosil  bo‘lgan 

EYUK  ni  o‘lchashga  asoslangan.Induksion  sarf  o

‘lchagichlarning  sxemasi 

keltirilgan.  Nomagnit  materialdan  tayyorlangan  quvur  1  dan  oqib  o

‘tayotgan 



 

 

11 



 

suyuqlik  elektromagnit  2  tomonidan  yuzaga  kelgan  magnit  maydon  kuch 

chiziqlarini  kesib  o‘tadi.  Magnit  maydon  ta’sirida  suyuqlik  oqimining  o

‘rtacha 


tezligiga  proporsional  ravishda  elektr  yurituvchi  kuch  hosil  bo‘ladi.  Bu  yerda 

suyuqlik oqayotgan quvurning kesimi o

‘zgarmaydi (doimiy bo'ladi).  

Induksiyalangan EYUK quvurning bir xil yo‘nalishdagi ko'ndalang kesimida 

o'rnatilgan  elektrodlar  3  yordamida  qabul  qilinadi,  EYUK  kattaligi  kuchaytirilib, 

ikkilamchi  asbob  yordamida  o‘lchanadi.  Sarf  o‘lchagichda  ADS  (absoblar  davlat 

sistemasi)  dagi  har  qanday  bloklarni  o‘lchash  imkoniyatiga  ega  bo‘lib,  chiqish 

signali  0-5  mA  tok  kuchiga  va  0,02-0,1  MPa  ga  teng  bo

‘lgan siqilgan havo bilan 

ishlaydi. 



 

Induksion sarf o’lchagich. 

Induksion sarf o

‘lchagichlar bir qator qulayliklarga ega. Sezgir elementning 

o

‘lchanayotgan  mahsulot  bilan  kontaktda  bo'lmasligi  uni  mahsulot  bilan  yuzaga 



keladigan  kimyoviy  o‘zgarishlardan  saqlaydi.  Bu  esa  Kimyo  va  oziq-ovqat 

sanoatida  muhim  ahamiyatga  ega.  Asbob  inersiyasiz  hisoblanib,  uni  avtomatik 

rostlash  sistemalarida  qo‘llash  foydalidir.  Asbobning  ko

‘rsatishi  suyuqlikning 

zichligiga,  qovushoqligiga  va  oqimning  xarakteriga  (turg

‘un,  turg‘un  bo'lmagan) 

bog

‘liq emas.  



Induksion  sarf  o

‘lchagichlar  bir  qancha  Kimyo  va  oziq-ovqat  mahsulotlarining 

sarfini o

‘lchash uchun qo‘llaniladi.  

Sarf  o'lchagich  ichki  diametri  3  dan  1000  mm  gacha  bo'lgan  quvurlarda  1-

2500 m


3

 soat sarflarni o‘lchashni ta’minlaydi, xatoligi 5 % dan oshmaydi.  



 

 

12 



 

Suyuqlik  va  gazsimon  moddalar  miqdorini  o

‘lchash  uchun  ishlatiladigan 

hisoblagichlar ishlash usuliga ko'ra tezlik, hajm va vazn hisoblagichlariga bo'linadi. 

Ishlab  chiqarishda  ko

‘proq  tezlik  va  hajm  hisoblagichlari  ishlatiladi.  Gazlar 

miqdorini o

‘lchashda esa hajmiy usuldan foydalaniladi. 

Induksion  sarf  o

‘lchagichlarning  ishlash  prinsipi  tashqi  magnit  maydon 

ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan EYK ni o‘lchashga 

asoslangan.  Magnitning  N  va  S  qutblari  orasida  magnit  maydoni  kuch  chiziqlari 

yo

‘nalishiga  perpendikulyar  ravishda  suyuqlik  oqadigan  quvurdan  o‘tadi.  Magnit 



maydonidan  o

‘tadigan  quvorning  qismi  nomagnit  material  (ftoroplast,  ebonit  va 

boshqalar) dan tayyorlanadi. Quvur devorlarida bir-biriga diametrlar qarama-qarshi 

yo

‘nalgan o‘lchash elektrodlar  o‘rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi 



ionlar harakatga keladi va o

‘z zaryadlarini o‘lchash elektrodlariga berib, ularda EYK 

hosil qiladi. EYK suyuqlik oqimi tezligiga proporsional EYKning miqdori, magnit 

maydoni doimiy bo

‘lganda, elektr magnit induksiyasining asosiy tenglamasi orqali 

aniqlanadi. 

 

bu еrda В – magnit qutblari oralig



‘ida hosil bo‟lgan elektr magnit 

induktsiya, ; D-quvorning ichki diametri (elektrodlar orasidagi masofa), m; v



урт

oqimning o



‘rtacha tezligi, m/s. 

Tezlikni Q hajmiy sarf orqali ifodalasak, 

 

bu formuladan bir jinsli magnit maydonida EYKning miqdoriy hajmi sarfga 



to

‘g‘ri  proporsional  ekanligi  kelib  chiqadi.  Hozirgi  paytda  induksion  sarf 

o

‘lchagichlar  elektr  o‘tkazish  qobiliyati  10-3…10-5  sm/m  dan  kam  bo‘lmagan 



 

 

13 



 

suyuqliklarda  ishlatiladi.  Doimiy  magnit  maydonga  ega  bo

‘lgan  suyuqliklarda 

ishlatiladi. Doimiy magnit maydonga ega bo

‘lgan induksion sarf o‘lchagichlarning 

asosiy  kamchiligi  –  EYK  elektrodlarida  qutblanish  va  galvanik  EYKning  paydo 

bo

‘lishidadir. 



         

              

 

Bu  kamchiliklar  harakatdagi  suyuqlikda  magnit  maydon  tomonidan 



induksiyalangan  EYKni  to‘g‘ri  o‘lchashga  yo

‘l  qo‘ymaydi  yoki  qiyinlashtiradi. 

Shuning  uchun  doimiy  magnit  maydoniga  ega  bo

‘lgan  sarf  o‘lchagichlar  suyuq 

metallar,  suyuqlikning  pulslanuvchi  oqimi  sarfini  o

‘lchashda  va  qutblanish  o‘z 

ta’sirini  ko‘rsatishga  ulgurmaydigan  qisqa  vaqtli  o‘lchovlarda  ishlatiladi.  Hozirgi 

paytda  induksion  sarf  o‘lchagichlarning  ko‘pchiligida  o

‘zgaruvchan  magnit 

maydonidan foydalaniladi. Agar magnit maydon τ – vaqtda f chastota bilan o

‘zgarsa, 

EYK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 

 

bu yerda 



-induksiyaning amplituda qiymati. 

O

‘zgaruvchan  magnit  maydonida  elektr  kimyoviy  jarayonlar  doimiy 



maydonga  qaraganda  kamroq  ta’sir  ko‘rsatadi.  Chizmada  quyidagi  belgilar  qabul 

 

 

14 



 

qilingan: SBEO‟ – O‘zgaruvchan magnit maydonli sarfning birlamchi elektr magnit 

o‘zgartkichi.  Magnit  maydon  elektr  magnmit  4  yordamida  hosil  bo‘ladi,  OK  – 

oraliqdagi  o‘lchash  kuchaytirgichi  0…5  mA  doimiy  tok  chiqish  signaliga  ega 

bo‟lgan  o‘zgartkich,  Rn  -  tashqi  yuk  qarshiligi,  masalan.  Ikkilamchi  asbob. 

Integrator va hakozo. R - qarshilik.  

Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator afzalliklarga ega. Bu asboblar inertsion 

emas,  bu  hol  tez  o‘zgaruvchan  sarflarni  o‘lchashda  va  ularni  avtomatik  rostlash 

tizimlarida  ishlatishda  juda  ahamiyatli.  O‘lchash  natijalariga  suyuqlikdagi 

zarrachalar  va  gaz  pufakchalari  ta’sir  qilmaydi.  Sarf  o‘lchagichning  ko‘rsatishlari 

o‘lchanayotgan suyuqlik xususiyatlariga va oqim tavsifga bog‘liq emas.  

Materiallar  muvofiq  tanlanib,  zanglashga  qarshi  qoplamalar  ishlatilsa, 

induksion  sarf  o‘lchagichlar  tajovuz  suyuqliklar  va  abraziv  xususiyatli  suyuqlik 

hamda  pastlar  sarfini  o‘lchashda  ishlatilishi  mumkin.  Paydo  bo‘lgan  EYK  sarfga 

chiziqli bog‘liq bo‘lgani sababli, ikkilamchi asbob shkalasi ham chiziqlidir.  

Induksion  sarf  o‘lchagichlar  1…2500m

3

/soat  va  undan  katta  diapazonda, 



diametri  3…1000  mm  va  undan  katta  quvurlarda,  suyuqlikning  chiziqli  tezligi 

0,6…10  m/s  gacha  bo‘lganda,  sarf  o‘lchovlarini  ta’minlay  oladi.  Asboblarning 

aniqlik sinfi 0,6, 1, 1,5. 

1.4. Tezlik bosimi bo‘yicha sarf o‘lchagichlar 

Tezlik  bosimi  bo‘yicha  sarfni  o‘lchash  dinamik  bosimning  o‘lchanayotgan  muhit 

oqimi  tezligiga  bog‘liqligiga  asoslangan. Bernulli  tenglamasiga  muvofiq  to‘liq  va 

statik bosimlar ayirmasi 

 

 



 

 

15 



 

     


 

 

 



Bundan 

 

bu еrda v -o‘lchanayotgan muhit harakatining tezligi, m/s; R



T

 – to‘liq bosim, 

Pa; РС– statik bosim, Pa; R



v

 - dinamik bosim, Pa; p -o‘lchanayotgan muhit zichligi, 

kg/m


3

Shunday  qilib  dinamik  bosimni,  binobarin.  Suyuqlik  yoki  gaz  harakatining 



tezligini aniqlash uchun to‘liq va statik bosimlar ayirmasini o‘lchash lozim. To‘liq 

va  statik  bosimlar  ayirmasini  quvurga  ochiq  naycha  1  va  difmanometrlar  2  ni 

ko‘rsatilganidek  o‘rnatish  yo‘li  bilan  o‘lchash  mumkin.  Difmanometr  bilan 

o‘lchangan dinamik bosim 

 

bu  еrda  h  –  difmanometrdagi  suyuqlik  sathining  farqi,  m;  g  –  og‘irlik 



kuchining tezlanishi, m/s

2

p



1

- difmanometrdagi ishchi suyuqlikning zichligi, kg/m

3



 

 

16 



 

 

 



v

урт

- oqimning o‘rtacha tezligi; v



max

 - оqimning quvur o‘qi bo‘yicha maksimal 

tezligi; Re – quvur diametriga oid Reynolds soni. 

 

O‘lchanayotgan  muhit  toza  bo‘lib,  uning  tarkibida  qattiq  zarrachalar 



bo‘lmasligi  lozim.  Tezlik  naychalari  ishlatilganda  deyarli  bosim  yo‘qotilishi 

kuzatilmaydi. Bu esa ushbu uslubning afzalligidir. 

 

 

 



 

 

 

17 



 

XULOSA 


Ushbu  kurs  ishini  bajarish  mobaynida,  oqim  sarf  hisoblagichlari  haqida  o‘z 

bilimlarimni  mustahkamlash  bilan  birgalikda,  ularning  ko‘pgina  turlari  turli 

maqsadlarda qo‘llanishligini bilib oldim. Sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsiplari, 

tuzilishi,  o‘lchash  chegaralari  va  tarkibiy  qismlariga  qo‘yiladgan  talablar  haqida 

chuqurroq bilib oldim. Bu hisoblagichlarni ishlash davomiyligi, aniqlik sinflari va 

yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini o‘rgandim. Shu bilan bir qatorda shiddat 

bilan  rivojlanayotgan  texnika  va  texnologiyalar  zamonida  sarf  o‘lchagichlar  ham, 

ishlab  chiqarish  sohasida  munosib  o‘rin  egallab  turganini  takidlash  lozim.  Sarf 

hisoblagichlarni  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  ko‘pgina  topiladi,  shular  orasidan 

eng  ishonchlisini  tanlash  va  ishlab  chiqarishda  joriy  etish  ham  bizlardan  chuqur 

bilim talab etadi. Shu sababdan ham, bu kurs ishini bajarishda davomida olgan bilim 

va  ko‘nikmalarim  kelgusidagi  o‘qish  va  ish  faoliyatimda  menga  katta  yordam 

berishiga ishonaman.   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

18 



 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR  

1. Alan  S.  Moris,  Reza  Langari.  Measurement  and  Instrumentation.  -UK: 

Academic Press, 2016. -697p. 

2. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G‘ulomov Sh.M. Техnologik jarayonlarni 

nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Тоshkent: O‘qituvchi, 2011. -576 b. 

3. Юсупбеков Н.Р., Мухамедов Б.Э., Ғуломов Ш.М. Технологик жараёнларни 

бошқариш системалари. –Тошкент: Ўқитувчи. 1997. -704 б. 

4. Зайцев  С.А.,  Грибанов  Д.Д.,  Толстов  А.Н.,  Меркулов  Р.В.  Контрольно-

измерительные приборы и инструменты. –М.: Академия, 2002. -464с. 

5. Иванова Г.М., Кузнецов Н.Д., Чистяков В.С. Теплотеxнические измерения 

и приборы. –М.: МЭИ, 2005. -460с. 

6. ГОСТ  8.563.1-1997.  Измерение  расхода  и  количества  жидкостей  и  газов 

методом  переменного  перепада  давления.  М.:  ИПК  Издательство 

стандартов, 1999. 

Internet saytlar ro‘yxati 

  Aim.uz 



  Arxiv.uz 



  Library.ziyonet.uz 



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling