Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

Blokni olib tashlash. Blok sxemadagi keraksiz bloklarni olib tashlash 
uchun ularni ajratib  yoki  klavishalardan birini bosish 
yetarli. Bundan tashqari blok-sxema oynasining Edit menyusidagi Clear 
(Tozalash) yoki Cut (Qirqish) buyruqlaridan ham foydalanish mumkin. 
Agar Cut buyrug‗idan foydalanilgan bo‗lsa, keyinchalik olib tashlangan 
blokning nusxasini Raste buyrug‗i yordamida modelga joylashtirish 
mumkin. 
Blokni uzib qo‘yish. Blokni bog‗lovchi liniyalardan uzib qo‗yish 
uchun    klavishasi bosilgan holda  uni boshqa joyga suriladi.
Blokni burish. Boshlang‗ich holatda blok orqali signal chapdan 
o‗ngga o‗tadi, ya‘ni chap tomonda blokning kirishlari o‗ng tomonda esa 


113 
chiqishlari joylashadi. Blokni burish uchun quyidagi amallarni bajarish 
kerak:  

burish kerak bo‗lgan blok ajratiladi; 

blok sxema oynasining Format (Format) menyusidagi quyidagi 
buyruqlardan biri tanlanadi: Flir Block (Blokni 180 gradusga 
burish) yoki Rotate Block (Blokni soat strelkasi yo‗nalishida 90 
gradusga burish). 
Blokning o‘lchamlarini o‘zgartirishBlok ajratiladi va sichqonchaning 
ko‗rsatkichi blok burchak belgilaridan birining ustiga olib kelinadi. 
Ko‗satkichning shakli ikki tomonga yo‗nalgan strelka ko‗rinishiga 
o‗zgargan momentda sichqonchaning chap tugmasi bosilib kerakli tomonga 
suriladi.
Blokning nomini o‘zgartirish va surish. Blokning nomi yagona va 
kamida bitta simvoldan iborat bo‗lishi kerak. Blokning nomini o‗zgartirish 
uchun uning ustida sichqonchaning chap tugmasi chertiladi (bosib qo‗yib 
yuboriladi) va odatdagi usullar yordamida kerakli o‗zgartirishlar kiritiladi.
Shriftni o‗zgartirish uchun model oynasidagi Format (Format) 
menyusidan Font (Shrift) buyrug‗i chaqiriladi va ochilgan dialog 
oynasidan shrift tanlanadi. Agar blokdan o‗tadigan signalning yo‗nalishi 
chapdan o‗ngga bo‗lsa blokning nomi uning pastida, signalning yo‗nalishi 
o‗ngdan chapga bo‗lsa yuqorisida va pastdan yuqoriga yoki yuqoridan 
pastga bo‗lsa blokning o‗ng tomonida bo‗ladi.
Ajratilgan blok nomining o‗rnini ikki xil usul bilan o‗zgartirish mumkin: 

sichqoncha yordamida blokning qarama-qarshi tomoniga surish; 

model oynasining Format menyusidagi Flir Name buyrug‗idan 
foydalanish – bu usul ham blok nomini qarama – qarshi tomonga 
o‗tkazish imkonini beradi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling