Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

 
13.7 – rasm. I – I Yo‘nalish chizig‘i (profil) bo‘yicha geologik qirqim 
Ishni rasmiylashtirish: 
Stratigrafik tabaqalar va tog„ jinslarining kesmadagi nomlarini ularga mos 
keladigan indekslar bilan belgilash, tog„ jinslarining shartli belgilarini tushirish va 
shu yosh uchun qabul qilingan rang bilan bo„yash. 
Nazorat savollari: 
 
1. Geologik qirqimlar qachon va nima maqsadda olinadi? 
2. Topografik profil tuzish necha usulda bajariladi va ularni ayting? 
3. Kesmani geologik axborotga o‘tkazish deganda nimani tushunasiz? 
4. Geologik chegaralar qanday ketma-ketlikda tushiriladi? 
5. Geologik kesma tuzishda nimalarni yodda tutish lozim? 



23

14 – AMALIY MASHG‘ULOT 
Geologik qirqimlar asosida kameral sharoitda tog‘ jinslari va qatlamlarning 
yotish elementlarini aniqlash 
 
Ishning maqsadi: Qidirish chiziqlari (profil) bo‘yicha olingan geologik 
qirqimlar asosida kameral sharoitda o‘zaro chegaralangan tog‘ jinslari va 
qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash. 
 
Nazariy qism: 
Qidirish ishlari olib borilayotgan obyektda tog„ jinslari va qatlamlarning yotish 
elementlarini aniqlashdan asosiy maqsad dastlab qidiruv chiziqlari (profil) 
yo„nalishini tanlash va uni o„rnatishdan iborat. So„ngra o„rnatilgan qidiruv 
chiziqlarida geologiya qidiruv ishlarining bosqichlaridan kelib chiqib, ya‟ni qaysi 
bosqichda ish olib borilayotganiga qarab marshrutlar o„tish va qidirishning texnik 
vositalarini joylashtirishdan iborat. Bu jarayonda asosiy e‟tibor qidirilayotgan 
foydali qazilmaning yotish elementiga qaratiladi. 
Qatlamlar yoki tog„ jinslarining yotish elementlari dalada tog„ jinslarining yer 
yuzida yaxshi ochilgan qismidan, kanava, shurf va yer osti kon qidiruv 
inshootlarida ularning devorlaridan, burg„ilash quduqlarida ulardan olingan kern 
namunalaridan tog„ geologik kompasi yordamida, kameral sharoitda esa xaritadan 
olingan geologik qirqimlardan transpartyor yordamida o„lchanadi. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling