Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Razvedka qilish jarayonida quyidagi geologik, tog‘-texnik, texnologik va iqtisodiy ma’lumotlar yig‘ilishi zarur
K I R I SH
“Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari” fani 5311700 – “Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (qattiq foydali qazilmalar)” bakalavriat ta‟lim yo„nalishi talabalari uchun zarur fanlar qatoriga kirib, fanni o„qitishdan maqsad foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning nazariy asoslarini va usullarini orgatishdir. Bu fan boshqa geologik fanlar orasida eng oxirida o„qitiladigan fan bo„lib, barcha geologik fanlarning bilimiga tayanishi zarur. Bo„lajak geolog, mutaxassis sifatida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishi uchun barcha geologik fanlarni mustahkam egallagan bo„lishi kerak. Umumta‟lim fanlaridan esa matematika va iqtisodiyot alohida ahamiyatga ega. O„zbekiston Respublikasida xalq xo„jaligining turli tarmoqlarida iste‟mol qilinadigan har xil turdagi ma‟danli foydali qazilma turlari mavjud. Respublikamizda foydali qazilma konlarini qidirib topish, ularning zaxirasini hisoblash va o„rganilgan konlarni o„zlashtirishda Davlat geologiya va mineral resurslar qo„mitasi, O„zbekko„mir OAJ, Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK va Olmaliq kon-metallurgiya kombinat AJ xizmat ko„rsatib kelmoqda. Geologlar mehnatining natijasi ochilgan va razvedka qilingan konlardagi foydali qazilma zaxirasidir. Bunda “Qidirish” va “razvedka qilish” vazifalarini bilish zarur. Mukammal razvedka qilingan konlar davlat zaxiralari bo„yicha komissiya tasdig„idan o„tsa, obyekt sifatida sotishga tayyor xisoblanadi. Razvedka qilish jarayonida quyidagi geologik, tog‘-texnik, texnologik va iqtisodiy ma’lumotlar yig‘ilishi zarur: - Foydali qazilma uyumlarining cho„zilishi, yotishi, qalinligi bo„yicha shakli va o„lchamlari; - Foydali qazilma tanalarining yotish elementlari va chuqurligi, ularning fazodagi o„zaro munosabati; - Foydali qazilma tanalarining ichki tuzilishi; - Foydali qazilmaning tarkibi va sifati, shu jumladan uning texnologik va texnik xususiyatlari; - Foydali qazilmalarni o„rab turgan jinslarning tarkibi, ularning tog„-texnik xususiyatlari (zichligi, g„ovakligi, mustahkamligi va h.k.); - Foydali qazilmalarning gidrogeologik sharoitlari (suv gorizontlarining sathi, suvlanganlik darajasi va h.k.); - Konning ochilish va qazib olish tog„-texnik sharoitlari (foydali qazilma va o„rab turuvchi tog„ jinslarining mustahkamligi, hajmiy massasi, maydalanish koeffitsiyenti, gazlar va temperatura rejimlari va h.k.); Yuqoridagi ma‟lumotlarni olish uchun: - to„g„ridan-to„g„ri kuzatishlar, o„lchashlar, tog„ jinslarini, foydali qazilmalarni o„rganish va tahlil qilish ishlari olib borilishi kerak. Lekin tabiatda to„laligicha kuzatish uchun «ochiq», «imkon beruvchi» obyektlar deyarli yo„q. Bundan tashqari hamma qismi bir xil bo„lgan konlar xam mavjud emas. Shuning uchun bir nuqtadan olingan ma‟lumotni boshqa nuqtaga har doim ham tatbiq etib bo„lmaydi. Sanoat uchun esa, o„rtacha (butun - 4 - kon bo„yicha) ma‟lumotlardan tashqari, ularning o„zgarish qonuniyatlari va yo„nalishlarini ham bilish va o„rganish zarur. Geologiya qidiruv ishlari turli masshtabdagi obyektlarda olib boriladi. Bu obyektlarning barchasida ma‟lum miqdordagi va muayyan sifatli foydali qazilma borligi asosiy belgidir. Bunday obyektlarga: minerallashgan nuqta; ma‟dan namoyoni; foydali qazilma; foydali qazilma koni; ma‟danli maydon va ma‟danli provinsiyalar kiradi. Fan doirasida asosiy e‟tibor, yuqoridagi ma‟lumotlarni to„plashda talabalar dalada geologiya qidiruv ishlarini to„g„ri tashkil etishlari va olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq etish bo„yicha ko„nikma hosil qilishlariga qaratiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling