Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

11 – AMALIY MASHG‘ULOT 
Shurflarni hujjatlashtirish va ularda namunalash ishlarini rejalashtirish
ularning ko‘rsatkichlari bo‘yicha geologik qirqim tuzish 
Ishning maqsadi: Shurflarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha geologik qirqim 
tuzish. Shurflarni hujjatlashtirish va namunalash ishlarini rejalashtirish, namuna-
ga ishlov berish va tahlil qilish usulini tanlash. 
Nazariy qism: 
Shurf - kvadrat yoki to„g„ri to„rburchakli kesimga ega, katta qalinlikdagi 
cho„kindi hosilalar ostidagi tub tog„ jinslarini yoki ma‟dan tanalarini ochish uchun 
mo„ljallangan tik (vertikal) inshoot bo„lib, u chuqur bo„lmagan 5-10 m.gacha va 
chuqur 10-40 m.gacha bo„ladi. Bundan tashqari shurflarda tog„ jinslarining yotish 
elementlarini aniqlash juda qulay hamda, uning ichida hujjatlashtirish va 
namunalash ishlarini olib borish geologlarga katta qulayliklar yaratadi. Shurf o„tish 
ishlari davomida kesib o„tilgan tog„ jinslarining qattiqligi, mustahkamligi va 
bo„shoqligiga qarab uning devorlari hujjatlastirish va namunalash ishlaridan so„ng 
shurf o„tuvchilar tomonidan mustahkamlab boriladi. Shurf o„tuvchilar ikki yoki 
to„rt kishilik guruhdan iborat bo„ladi. 
Eng ko„p qo„llaniladigan shurf kesimlari: 10-20 m. chuqurlikkacha 1,25 x 1,0 
= 1,25 m
2
., 30-40 m. chuqurlikkacha: 1,60 x 1,0 = 1,50 m
2
. yoki 1,60 x 1,25 = 2 
m
2
.gacha o„tiladi. Shurflar ham tog„ jinslarining qattiqligi va sharoitga qarab 
qo„lda maxsus kavlovchi asbob uskunalar yoki maxsus texnikalar yordamida 
qaziladi. Lozim topilsa portlatish usullari amalga oshiriladi va bunda shurflarga 
shamollatish uskunalari o„rnatiladi. 
Shurflardan olinadigan barcha ma‟lumotlar kelgusida chuqur va chuqur 
bo„lmagan burg„ilash quduqlarini o„tish ishlarini rejalashtirishda zamin yaratadi. 
Shurflarni hujjatlashtirishda bajariladigan ishlar va ularning tartibi ariqchalarni 
hujjatlashtirishdagiga o„xshashdir (11.1-rasm). 
Odatda shurfning foydali qazilma uyumlariga ko„ndalang bitta kengroq, devori 
hujjatlashtiriladi. Lekin ba‟zan shurfning bitta emas, ikkita kesishuvchi yoki to„rtta 
devorining hammasi hujjatlashtirilishi mumkin. Hujjatlashtirish davrida 1:25, 1:50, 
1:100 ba‟zi bir hollarda 1:200 masshtablar tanlanadi. 
Ko„pchilik 
shurflarning 
devorlari 
maxkamlanishi 
tufayli 
ularni 
hujjatlashtirishni qazish jarayonida mayda intervallarga bo„lib olib borish 
maqsadga muvofiqdir. Shurflar yuqoridan pastga qarab hujjatlashtiriladi. Mayda 
shurflar ko„pincha to„liq qazib bo„lingandan keyin hujjatlashtiriladi. 
Bundan tashqari shurfning tubini hujjatlashtirishga alohida e‟tibor beriladi. 
Shurfning chuqurligi har bir metrga chuqurlashib borganda uning tubi 
hujjatlashtiriladi (7.2-rasm). Shurflarni fotosuratlarga olish vaqtida maxsus 
yoritgich asboblardan foydalaniladi. Shurflar hujjatlashtirilganda uning tomonlari 
aniqlangach barcha devorlari chizmasi, olingan namunalar o„rni va intervallari 
hujjatlashtirish jurnalida tasvirlanadi. 
Yer osti tog„ qidiruv inshootlari hujjatlashtirish usullari bo„yicha 2 ta guruhga 
bo„linadi: 



6

1) foydali qazilma tanasini kesib o„tuvchi inshootlar (kvershlag, ort); 
2) foydali qazilma tanasi yo„nalishi bo„yicha o„tiluvchi inshootlar (shtreklar, 
shtolnyalar). 
Shurf № 1 ni hujjatlashtirish 
Masshtab 1:100 
Shurf № 1 ni hujjatlashtirish (boshlanishi) 
Shurf № 1 ni hujjatlashtirish (davomi) 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling